Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Yangi uzilgan gullar umrini uzaytiramiz
Yangi uzilgan gullar umrini uzaytiramiz

Yangi uzilgan gullar umrini uzaytiramiz

Yangi uzilgan gullar umrini uzaytiramiz
Uzilgan gullar to‘g‘ri parvarish qilinsa uzoqroq turadi. Gullarning umr ko‘rish uzunligi qisqa bo‘lsa ham, ba’zi amallarni bilsangiz, ularning umrini bir-ikki kunga uzaytirishingiz mumkin.

Gullarni keraklicha uzunlikda kesing. Gullar xiliga qarab turlicha kesiladi. Har bir shoxida bir necha g‘unchalari bo‘lgan – delfiniya va nastarin kabi gullarni ularning hech bo‘lmasa bitta g‘unchasi ochilgandan so‘ng kesish zarur. Gulijavhar va kungaboqar kabi shoxida faqat bitta guli bo‘lgan o‘simliklarni gullari to‘liq ochilgandan so‘ng kesgan ma’qulroq.

Gullarni iloji boricha erta tongda kessangiz, ular uzoqroq yashaydi.

Gullarni katta va toza idishga joylashtiring. Har doim bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar paydo bo‘lish xavfining oldini olish uchun toza idishdan foydalaning.

Yangi uzilgan gullarni 43,5ºC darajali issiq suvga solib bir-ikki soat salqin joyga qo‘ying. Issiq suv molekulalari shoxlar bo‘ylab tezroq harakat qiladi va salqin havo ta’sirida gullar namlikni kamroq yo‘qotadi. Shu tufayli ular uzoqroq yashaydi.

Barglarini olib tashlang. Gullar uzoqroq turishi uchun suv ichida turgan barglarning hammasini olib tashlang. Suv ichidagi barglar bakteriyalar uchun ozuqa bo‘ladigan chirindiga aylana boshlaydi va o‘z navbatida ular o‘simlikning boshqa qismiga ham zarar yetkazadi.

Suvni almashtiring. Gullar yangi turishi uchun har kuni suvini almashtiring. Toza suv quyishdan oldin idishdagi hamma chiqindilarni olib tashlang. Bu infeksiya paydo bo‘lishining oldini oladi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: