Главная » Статьи » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar

Yong`oq saratonning oldini oladi

Yong`oq bilan to`yintirilgan parhez yurak-qon tomirlari tizimi salomatligini asrash, modda almashish jarayonini normallashtirish, bir qator, xususan yo`g`on va to`g`ri ichak saratonining bir necha turlariga chalinish xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Bunday xulosaga AQShning Illinoys shtati universiteti olimlari tomonidan olib borilgan izlanishlar yakunida kelindi.

Aniqlanishicha, yong`oq tarkibida turli mikroelementlar va oziqlantiruvchi moddalardan tashqari ko`plab to`qimalar, ya`ni ichakdagi bakteriyalarni to`yintiruvchi ozuqa manbai mavjud.

Tadqiqotlarda o`rtacha 53 yoshda bo`lgan 18 nafar erkak va ayol ishtirok etdi. Ularning bir qismi uch haftalik davrda (bir haftalik tanaffus bilan) har kuni 42 grammdan yong`oq iste`mol qilib borgan bo`lsa, ikkinchi guruhiga mag`iz berilmadi.

Har bir davrning boshi va oxirida yong`oq ichak mikroflorasi hamda modda almashinuviga qanday ta`sir ko`rsatayotganini tekshirish maqsadida ularning qoni tahlildan o`tkazilib turildi.

Yakunda yong`oq iste`moli ichakda yashaydigan mikroorganizmlar tarkibini o`zgartirishga, xususan, “Faecalibacterium”, “Roseburia” va “Clostridium” kabi bakteriyalar miqdorini oshirishga olib kelgan. Bunday bakteriyalar esa yo`g`on va to`g`ri ichak sog`lomligini asraydigan modda almashinuvi mahsulini ishlab chiqaradi, ichakda shamollash xavfini pasaytirishga turtki beradi. Shuningdek, yong`oqni muntazam tanovvul qilish organizmda ikkilamchi safro kislotasi va qondagi “yomon” xoltesterin miqdorini kamaytirishga xizmat qiladi.

“Demak, yong`oqning organizmga beradigan asosiy foydasi ichak bakteriyalari tarkibi va funksiyasini ijobiy tomonga o`zgartirishidadir”, deb xulosa qiladi olimlar.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar | Добавил: Админ (09 Май 2018)
Просмотров:   | Комментарии: 0 | Теги: Yongoq saratonning oldini oladi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]