Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​Yuz terisi parvarishining bahorgi 8 qoidasi!
​Yuz terisi parvarishining bahorgi 8 qoidasi!

​Yuz terisi parvarishining bahorgi 8 qoidasi!

​Yuz terisi parvarishining bahorgi 8 qoidasi!
Qish fasli yuz terisi uchun og`ir mavsum sanaladi. Biroq izg`irinli kunlar qoldirgan izlarni bahorda yo`qqa chiqarish imkoniyati yo`q emas. Bu borada sizga taqdim etayotgan 8 maslahatimiz asqotishi shubhasiz.

1-maslahat: Taomnomaga e`tiborli bo`ling!

Teri salomatligi va go`zalligining asoslaridan biri taomnomamizdir. Qishdan toliqib chiqqan organizmga sabzavot, meva hamda ko`katlarga boy parhez bilan osongina kuch-quvvat bahsh etish mumkin. Bu eguliklar tarkibidagi vitamin va minerallar immunitetni ko`tarish bilan birga, terining ko`rinishini ham yaxshilaydi. Biroq me`yorni aniq olmasangiz, allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Shuningdek, tuz, shirinlik va qovurilgan mahsulotlardan uzoqroq bo`ling. Erta tongda bir stakan iliq suv ichish yodingizdan chiqmasin, yana kun davomida iste`mol qiladigan suyuqliklar miqdori 2 litrdan kam bo`lmasligiga ham ahamiyat bering.

2-maslahat: Quyoshdan himoyalaning

Terimiz bahorda ultrabinafsha nurlariga sezuvchan bo`ladi. Uzoq muddat ko`klam quyoshida yursangiz, teri kuyishi, suvsizlanishi, ajin tushishi kabi salbiy oqibatlar kelib chiqishi mumkin. Shu bois quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalaning. Odatda bahor fasliga SPF 15–30 kremlari tavsiya etiladi. Yuzida sepkili borlarga esa SPF 50 kremlardan foydalanishni maslahat beramiz.

3-maslahat: Tozalik muhim!

Yuz terisini tozalash yilning har qaysi faslida ham parvarishlashning muhim bosqichi sanaladi. Bahorda buning uchun molochko, gel, tonik va losonlardan foydalangan ma`qul. Kosmetik pardoz vositalarini qo`llaysizmi-yo`qmi, baribir, kuniga ikki mahal yuzni yuvish lozim. Oddiy suvdan ko`ra, shifobahsh o`tlar damlamasi yoki mineral suvda chayish tavsiya etiladi. Shuningdek, yuz tarangligini oshirishga ertalab yuzni muz bo`lakchalari bilan uqalash yordam beradi.

4-maslahat: Namlantirishni unutmang!

Qish ob-havosi yuz terisini quritadi. Teri qavat-qavat bo`lib ko`cha boshlaydi. Yuzni sog`lom ko`rinishga keltirish uchun turli kremlardan foydalansa bo`ladi. Shuningdek, uy sharoitida ham tabiiy namlantiruvchi vositalar tayyorlash mumkin. Eng oson samaralisini sizga taklif etamiz: 1 osh qoshiq quritilgan moychechak gulini 200 ml qaynagan suvga damlab, tindiring. So`ng dokadan o`tkazib, paxtali tampon yordamida yuzni arting. Terini tinchlantirish va yumshatish xususiyatiga ega mazkur niqobni bir xaftada 2-3 marta tayyorlash mumkin.

5-maslahat: Sepkil va dog`larni yashiring

Bahorning quyoshi yuzdagi sepkil hamda dog`larni yanada to`qroq ko`rinishiga sabab bo`ladi. Ayrim hollarda esa kattalashib yoki ko`payadi ham. Yaxshisi quyoshining nuri terini kuydirmasidan avval quyidagi muolaja bajaring. Niqobni tayyorlash uchun 100 gr er qalampir (xren) ildizini issiq suvda yuvib, so`ng go`sht qiymalagichdan chiqaring. 1 choy qoshiq un bilan aralashtirib, yuzingizga yupqa qilib surting. 15-20 daqiqadan so`ng iliq suvda chaying. Bu muolajani haftasiga 2 marta kechki payt takrorlang.

6-maslahat: Muntazam oziqlantiring

Har qaysi turdagi yuz terisi uchun mos keladigan oddiy niqobdan foydalanib ko`ring. Yarimta bananni sanchqida ezib, namlangan yuz terisiga surting. 15 daqiqadan so`ng iliq suvda chayib oling. Mazkur niqob yuz terisini oziqlantirib, namlantiradi. Undan bir haftada 2 marotaba foydalanish yodingizdan chiqmasin.

7-maslahat: Dam oling

Hordiq chiqarish, to`liq uyqu va toza havoda sayr qilish nafaqat butun organizmga, balki yuz terisining go`zal ko`rinishi uchun ham muhim sanaladi. Bo`sh vaqtingiz paydo bo`ldimi, undan unumli foydalaning. Sut, ko`k choy bilan yuzni artish, bodringli niqob ko`p ham vaqtingizni olmasligi aniq.

8-maslahat: Vitaminlar qabul qiling

Buning uchun avval kosmetolog-dermatolog va terapevt ko`rigidan o`tish tavsiya etiladi. Bahorda teri uchun A (terini yumshatib, tinchlantiradi), D (teri rangini tiniqlashtiradi), S, E va PP (teri qarishini oldini oluvchi antioksidantlar) darmondorilarini qabul qilish tavsiya etiladi. E vitamin esa pigment dog`lar va sepkillar paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaydi. Biroq ularni qabul qilish uchun shifokoringiz ruxsat berishi lozim.

Dilnoza tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: