Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​YuZDAGI DOG`LAR JIGAR KASALLIKLARIDAN DARAKMI?
​YuZDAGI DOG`LAR JIGAR KASALLIKLARIDAN DARAKMI?

​YuZDAGI DOG`LAR JIGAR KASALLIKLARIDAN DARAKMI?

​YuZDAGI DOG`LAR JIGAR KASALLIKLARIDAN DARAKMI?
Yoshim 38 da. Yuzimda katta – kichik jigarrang dog`lar paydo bo`layapti. U qadar ko`zga tashlanmasada, pardoz qilayotganimda seziladi. Dog`lar o`ng qo`l kaftimda ham bor. Dugonalarimdan biri bu jigar faoliyati bilan bog`liq o`zgarish dedi, ayting-chi shu rostmi?

Hilola Sattarova, Navoiy viloyati

Savolga oliy toifali shifokor – terapevt Nodira HAMROEVA javob beradi:
Noto`g`ri ovqatlanish, nosog`lom turmush tarzi, dori preparatlarini ko`p miqdorda va pala – partish qabul qilish, zararli odatlar va ekologiya ta`siri jigarni xastalantiradi. Organizmning filtri hisoblangan a`zodagi o`zgarishlar esa dastlab tashqi taraflama ayonlik beradi, ammo ko`pchilik buni payqamaydi. Jigar faoliyatidagi buzilishlarga ishora qiladi:
Peshonadagi chuqur joylashgan ajinlar, ular qanchalik keng va yaqqol ko`zga tashlanadigan darajada bo`lsa jigar disfunksiyasiga ishora deb biling;
Jigarda bir qancha biokimyoviy jarayonlar sodir bo`ladi. Xususan, teri rangi uchun javobgar melanin pigmenti almashinuvini ham. Ushbu hodisa terida jigarrang va yashilsimon pigment dog`larning paydo bo`lishi bilan kechadi. Odatda dog`lar oqartiruvchi muolajalarga bo`y bermaydi, shundan ham bilish mumkinki, bu jigarning ishi;
Yuqorida jigarni inson organizmining filtri dedik, mana shu filtr zararli toksinlar hamda chiqit moddalarning tashqariga chiqishi uchun xizmat qiladi. Agar jarayonda nosozlik kelib chiqsa, organizmning keraksiz «xom-ashyo» si teri yog` bezlarida to`planadi va teringizning yog`lilik darajasi oshishi mumkin. Anglaganingizdek, terining haddan ortiq yog`lanishi ham jigar faoliyatidagi o`zgarishlardan darak berishi mumkin;
Jigar funksiyasining buzilishi organizmda oziq moddalarning qabul qilinishini sekinlashtiradi. Bu esa dastlab soch tuzilishida aks etadi. Erta soch oqarishining sabablaridan biri deya jigar kasalliklari aytilishi bejizga emas;
Ko`zguga boqing-da, ko`z oq pardasining rangiga ahamiyat bering. Aksariyat jigar xastaliklarida oq parda sarg`imtir tus oladi;
Til ustki qismi rangining o`zgarishi, milklar yallig`lanishi va og`iz bo`shlig`i kasalliklari ham jigardagi o`zgarishlar tufayli kelib chiqishi mumkin.
Guvohi bo`lganingizdek, jigardagi o`zgarishlardan darak beruvchi alomatlar ko`p. Sizda qay biri kuzatilayotganiga qarab, albatta shifokorga murojaat qiling. O`z vaqtida bajarilgan davo choralari, keyingi asoratlarning oldini olishda muhimdir.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: