Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Yuzdagi «to`r»lardan qanday xalos bo`lish mumkin
Yuzdagi «to`r»lardan qanday xalos bo`lish mumkin

Yuzdagi «to`r»lardan qanday xalos bo`lish mumkin

Yuzdagi «to`r»lardan qanday xalos bo`lish mumkin
Kapillyar «to`r»lar yuz terisi quruqligi va mayda tomirchalar teriga yaqin joylashganidan, quyosh ta`siri, harroratning keskin o`zgarishi va kosmetika vositalari tarkibidagi spirt sabab yuzaga keladi. Ular husningizga soya solishi zahoti uy sharoitida ushbu choralarni qo`llang.

Tomirlari kengaygan sezuvchan va yupqa yuz terilari uchun 4 choy qoshiq quruq mavrak o`tini 1 stakan qaynatilgan suvda damlang. 10 daqiqadan keyin suzgichdan o`tkazib, yana shuncha sut qo`shing. Yuzingizni shu suyuqlik bilan yaxshilab artib, 20-30 daqiqadan keyin yog`li krem surtib, qolgani bilan yuzingizni yuvib tashlang.
Qariqiz (lopux) ildizining kukuniga 1 choy qoshiq asal, limon soki, gliserin, tuxum sarig`i aralashmasi, 10 tomchi chakanda moyidan tomizing. Yaxshilab aralashtirgach, uyquga yotishdan avval yuzingizga surting. Ertalab 1 stakan suvga 1 choy qoshiq limon sharbati solib, yuzingizni chaying.
1 osh qoshiq sariyog`ni yarimta olma va tuxum sarig`ining qirindisi bilan aralashtiring. Unga 1 choy qoshiq asal soling. Bu niqobni yuzga surtib, 20 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuvib tashlash kerak.
Karamni go`shtmaydalagichdan o`tkazib, tayyor bo`lgan bo`tqani yuzga surtib, 20 daqiqadan keyin uy haroratidagi suv bilan yuving.
Bananni ezib, unga 2 osh qoshiq qaymoq, 1 osh qoshiq asal solib, ko`pirtiring. Tayyor bo`lgan kremni darrov yuz, bo`yin, dekolte sohasiga surtib, 20-30 daqiqa qoldiramiz. Niqobni kosmetik salfetka bilan tozalang.
Qirg`ichning mayda tishidan 2 ta qizil sabzini o`tkazing. Tayyor bo`lgan sabzi bo`tqasiga 1 dona tuxum sarig`i va 1 choy qoshiq o`simlik yog`ini qo`shing. Yuz tersiga surtib, 20 daqiqadan so`ng yuving.
2 dona xom kartoshkani qirg`ichdan o`tkazib, unga bitta tuxum sarig`i va 1 osh qoshiq sut qo`shing. U nafaqat yuzning qurishi va teri ko`chishidan, balki shishishdan va «to`r»lar paydo bo`lishidan ham asraydi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: