Главная » Hikoyalar » "Akamni ko'rgani ko'zim yo'q!"
"Akamni ko'rgani ko'zim yo'q!"

"Akamni ko'rgani ko'zim yo'q!"

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: "Akamni ko'rgani ko'zim yo'q!"
  • Дата релиза: 28-05-14, 12:08
"Akamni ko'rgani ko'zim yo'q!"
- Akam bilan devor-darmiyon
qo'shnimiz. Aniqrog'i, otamning
sakkiz sotixli hovlisini o'rtadan
bo'lib olganmiz. Aslida, bu hovli
menga tegishi kerak edi. Ammo
akamning dangasaligi,
ishyoqmasligi va tekinxo'rligi
tufayli otam hovlini ikkiga bo'lib
berishga majbur bo'ldi. Akam
mening mulkimga sherik
bo'lgani yetmagandek, endi
arzimagan narsalardan bahona
axtarib, janjal qilishni
qo'ymaydi.
Otam bilan onam rahmatli bo'lib
ketishgan. Bittayu-bitta singlim
ham sevishib, uzoq viloyatga
turmushga chiqib ketdi. Jon-
jigar bo'lib akam ikkimiz qolgan
bo'lsak-da, u kishi menga
yomonlik qilishni qo'ymaydi. Bir
kuni hovlisiga tovug'imiz o'tgan
ekan, yangam ushlab olib,
bo'ynini uzibdi-da, qaytarib
hovlimizga otibdi. Tovuqni
ko'tarib, akamning oldiga
bordim. "Xotiningizni qilig'ini
qarang", desam, "Tovug'ingni
yig'ishtir-da, ekinlarimizni
payhon qilgandan keyin jazosi
shu", deydi. Aka-uka ko'chada
aytishib qoldik. Qo'ni-qo'shnilar
ajratishmaganda
yoqalashishimiz ham hech gap
emas edi. Xullas, akamdan bezor
bo'ldim. Nima qilsam bo'ladi?
Ro'zimuhammad
Jizzax viloyati
- E'tirozlaringiz o'rinli. Har bir
inson yaxshi yashashni, bolalari
to'kin-sochinlikda o'sib
ulg'ayishini istaydi. Tejamkorlik
yaxshi xislat. Ammo me'yoridan
oshib ketsa, xasislikka aylanadi.
Qaynona-qaynotangiz bu
odatga ancha yillardan buyon
ko'nikib qolishgan. Ularning
qon-qoniga singib ketgan
bunday tushunchani birdaniga
o'zgartirishingiz ancha
mushkul. Siz, yaxshisi, asta-
sekinlik bilan ularning salbiy fe'l-
atvoridagi salbiy jihatlarni
tuzatib boring. Bu ishda, avvalo,
turmush o'rtog'ingiz sizga
yaqin ko'makchi bo'lishi kerak.
Aniqrog'i, turmush o'rtog'ingiz
oila boshqaruvini o'z zimmasiga
olishi lozim. Shundan so'ng
iqtisodiy masalalarni hal qilsa
bo'ladi. Chunki ro'zg'or uchun
mas'ul bo'lgan oila boshlig'ining
qilgan hatti-harakatlari barcha
uchun tabiiy jarayon bo'lib
tuyiladi. Bolalaringiz muhtojlik
bilan yashayotgan bo'lsa-da,
kattalarga hurmat va itoatni
ko'rib ulg'ayishyapti. Bunday
tarbiya kelajakda o'zingizga
yaxshilik bo'lib qaytishi aniq.
Chunki ota-onasi, buviyu-
bobosini e'zozlagan farzandlar
kelajakda ota-onasini ham ana
shunday izzat-ikrom taxtiga
o'tqizishadi.
Sizga birinchi maslahatimiz,
maoshingizni keksalarga
berayotganingizda ma'lum bir
qismini bolalarga yeguliklar olib
berish uchun qoldirganingizni
e'tirozga o'rin qoldirmaydigan
tarzda ayting. Unutmang,
muomalayu-murosada hikmat
katta.
Inson, avvalo, aybni o'zidan
qidirishni bilganida edi, yon-
atrofdagi odamlar uning ko'ziga
bunchalar yomon ko'rinmagan
bo'lardi. Gapingizni akangizni
haqorat qilishdan
boshlaganingizni o'ziyoq unga
nisbatan o'zingizni haq deb
bilishingizni anglatib turibdi.
Akangizni "tekinxo'r, dangasa",
debsiz. Xo'sh, o'zingiz-chi?
O'zingiz ham mehnat qilib, mol-
mulkka ega bo'lmabsiz-ku!
Otangizning tayyor mulkiga
egalik qilib, o'z jigaringizni
dangasa va tekinxo'rlikda
ayblashingiz kulgili emasmi?!
Agar siz mehnatkash bo'lsangiz,
nega otangizdan qolgan hovli-
joyni akangizga qoldirib,
o'zingiz boshqa yoqdan uy qilib
qo'ya qolmaysiz? Axir
mehnatkash, uddaburon
odamlar uchun dang'illama
hovli qurish cho't emas-ku!
O'ylanib qoldingizmi? Demak,
o'zingizda salbiy qusurlar bo'la
turib, o'z jigaringizdan xato va
kamchiliklar izlashga eng katta
xatolarning boshlanishidir.
Jon-jigar bo'lib, ikkita aka-uka
qolganingizni bilyapsizmi,
demak, qalbingizda akangizga
nisbatan mehr, oqibat va
qadrdonlik rishtasi bor. Eng
birinchi navbatda, mana shu
rishtalarning uzulib ketishiga
yo'l qo'ymang. Siz kichiksiz,
akangizning ostonasiga necha
marta bosh urib borsangiz ham,
ayb sanalmaydi. Aksincha,
buning savobini hech narsa
bilan o'lchab bo'lmaydi.
Akangizning ko'nglida ham siz
bilan qadrdon bo'lib yashash
istagi bor. Faqat sizdan katta
bo'lganligi bois ilk qadamni
tashlashni o'zi uchun or deb
bilyapti. Chunki kattalar har
doim kichiklarni kechirishga
tayyor bo'ladi. voydodshou.net

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: