Главная » Hikoyalar » Aliment to`laysizmi, dada?

Aliment to`laysizmi, dada?

Xayriniso og`irgina maktab sumkasini elkasiga osib olgan qiziga qarab, chuqur uh tortdi.

— Kiyimlaringni ham oldingmi? — dedi uning mo`ltirab turishidan jig`ibiyron bo`lib.

— Bugun jismoniy tarbiya yo`q, — Mahliyo o`zini yo`qotmasdan egilgancha kecha yaltiratib artgan tuflisini kiyish uchun egildi.

— Men uy kiyimlaringni aytayapman, olib ol devdim-ku.

— Nega? — o`zini eslolmaslikka soldi Mahliyo.

— Dadamga aytgansiz-a? — Mahliyo negadir bugun maktabda qolib ketadigandek so`radi.

— Aytdim, lekin dadangni bilasan-ku, — Xayriniso shunday deya endi diydiyoni boshlamoqchi edi, kutayotgan avtobuslari bekatga kelib to`xtadi.

— Bittayu bitta qizimni begona joyga ishonib yubora olmayman, — degandi Xayriniso qizining qo`lidan o`zi tomon tortib.

— Voy, nega begona joy bo`larkan? Borsa, o`z ammasining uyiga boradi, — onasining tund qiyofasidan ta`sirlanmagandek ammasi tabassum bilan gapirgandi.

— Endi, o`z otasi begonalashib ketayotganda, siz… — hartugul Xayriniso gapini davom ettirmadi.

— Nega uning qo`l-oyog`ini chirmab bog`lab qo`yibsizlar?

— Oyoq-qo`li to`g`ri o`sishi uchun, — u tomonga qarab javob berdi Sabohat.

— Olib ketishga keldingizmi? — dedi qizaloq dadasining yuzlariga yuzini bosib.

— Ha... Oying aytgandi. — G`ayrat shunday deya qizini mashinasi tomon etakladi.

Onasi kecha achchiq ustida gapirayotgandi-da. Odatda, bir kun o`tib sovirdi, hovuridan tushardi. Uh tortsa ham, uf desa ham, noiloj ko`nardi. Kechagi qarorni o`zgartirish umidida Mahliyo onasiga iltijoli nigohlarini tikdi. Keyin unga alam va jahl bilan boqib turgan ko`zlar ta`qibidan qochib, erga qarab oldi. Hech bo`lmasa, aybini tan olgani ish berar.

— Ketgim kelmayapti, — dedi yig`lagudek bo`lib.

Xayriniso qizining iltijosini eshitmaganlikka, uning xafa bo`lib turganini ko`rmaganlikka oldi-da, uy ichiga kirib ketdi. Qizining ko`ylagini olarkan, kunlar sovib qolgani esiga tushdi. Nimcha bilan paypoqlarni ham qo`liga oldi-yu o`ylab qoldi. «Buvisimi, dadasimi bolasiga rahmi kelib issiq kiyim olib berar». Shu o`y uni yo`ldan urdi. Ularni javonga qayta soldi. Hovliga chiqarkan jussalari kichkinagina qiziga ichi kuydi. Ortiga qaytib, issiq kiyimlarni ham sumkaga soldi.

— Kelib olib ketishmasa, nima qilay? O`zim uyga kelaveraymi? — Mahliyo umid bilan onasidan so`radi.

Uning dadasinikiga hech borgisi yo`q. Yozning boshida onasi tug`ilib atak-chechak qilgan uyining darvozasi oldiga tashlab kelgandi. Buvisi obdon savol berib rosa qiynagan o`ziyam: «Onang nima qilayapti?» «Uyimizgacha kelibdi-yu, uyga kirishni ep bilmabdi-da o`ziga?» «Tog`ang qattiq gapirmaydimi?» «Kelinoying onang bilan urishmayaptimi?» «Buving rosa meni yomonlasa kerak-a?» Mahliyo hamma savollarga yo`q deya javob bera-bera charchagandi. Sharofat buvisi uning yo`q-yo`qlaridan asabiylashgandi. Labini bir tomonga burib (shunda Mahliyo kulib yuborishiga bir bahya qolgan), «Onang gapirma deb rosa uqtiribdi-da», degandi.

— O`qituvchingga ayt, menga qo`ng`iroq qiladi, keyin o`zim olib borib kelaman, — tez-tez qadam tashlayotgan onasi bunday bo`lishini ich-ichidan istamay so`zladi.

Deraza oldidagi o`rindiqqa o`rnashib olgan qizaloq sumkalarini oldiga qo`yib, yoshiga yarashmagan tarzda chuqur o`yga cho`mdi.

U dadasi haqida nimalarni biladi?

Mahliyo quyib qo`ygandek otasiga o`xshaydi. Ammasi «Xuddi ukamning bolaligi», deya erkalab, lo`ppi yuzlaridan cho`lp-cho`lp o`pardi. O`tgan oy ko`chada ko`rishib qolishdi, qiz ammasining bag`riga otildi. Bu gal ham Lola jiyanining yuzlaridan o`pdi-yu, dadasiga o`xshashini aytmadi. Lekin shu kuni uni o`zi bilan olib ketmoqchi bo`ldi. «Birortasi qizimning xabarini tutmaydi», deya noliydigan Xayriniso ruxsat bermadi.

Ammasi ham ortiq qistash noo`rinligini tushundi chog`i, qizaloqning yuzlaridan o`pib, qayta-qayta bag`riga bosdi-da, xayrlashdi.

Mahliyo xayoli ammasiga chalg`ib ketganini o`ylab, yana dadasini ko`z oldiga keltirdi. Ular mana uch yildirki, birga yashashmaydi. Negaligini Mahliyo bilmaydi. Bilgani onasi dadasi va buvisini yomon ko`radi, buvisi onasini yoqtirmaydi, dadasi esa… kimni yomon ko`radi bilmaydi. Balki Mahliyoni yoqtirmas. Chunki ikki-uch oyda bir uchrashishsa ham ko`p gapirmaydi.

Aytgancha, dadasining yana bir bolasi bor — hali chaqaloq. Yozda borganida oppoq, ustida mayda ko`k gullari bor yo`rgakka oyoq-qo`lini mahkam bog`lab o`rab qo`yishgandi. Kattalar ham qiziq degan fikr o`tgandi qizaloqning xayolidan o`shandi. Yurishni bilmaydigan bola, qaerga ham qochib ketardi, bunchalik o`rab-chirmab qo`yishlari nimasi? Buvisidan bu haqda so`ramoqchi bo`ldi-yu, yana bir dunyo savollarga ko`milib qolishini o`ylab, indamay qo`ya qoldi. Kechga tomon chaqaloqni yo`rgaklayotgan chiroylikkina kelinchakka savol berdi:

Kelinchak u tomonga o`girilib so`zlaganida yuzidagi kulgichlari yaqqol ko`zga tashlandi. Bu birinchi bor Mahliyoga kulib qarashi edi. Mahliyo onasi Sabohat haqida so`raganida «Chiroyli ekan» deb bir marta baloga qolgandi, shunga bu gal kulgichlar haqida so`z ochmadi.

Yana chalg`ib ketdi. Dadasi o`zi shunaqa indamas bo`lsa kerak. Chaqaloqqa ham gapirganini ko`rmagan.

Mahliyo maktabga borguncha dadasi haqida juda kam narsani bilishiga amin bo`ldi. Bankda ishlashi aniq. Chunki Xolida buvisi ikki hafta onasiga «O`zi bankda ishlasa, pul degan shunda bo`lsa, pul bermay qo`ygani nimasi endi. G`ayrat ham hamma qatori aliment to`lashi kerak edi», degandi.

«Siz ham hech narsa olib bermay o`tiravering, opa, bir-ikki kun eski kiyimda maktabga borsa, hech narsa qilmaydi. Bo`lmasa, dadasi ana onasi pul topib etkazayapti bolaning xarajatlariga deb erkalanib ketadi», deya kelinoyisi ham gapga qo`shilgandi.

Uch ayolning suhbati natijasida Mahliyo eski kiyimlarida maktabga borayapti. U shunga ham rozi. Mayli, yangi kiyim kiymasin. Onasi uni dadasinikiga tashlab kelmasa bo`ldi. U uyda o`zini bemalol his qilolmaydi. Chaqaloqni o`ynatgisi keladi, ammo buvisi darrov urishib beradi. Hatto, Sabohatga ham tanbeh bergan:

— Ehtiyot bo`ling, bolaga nimadir qilib qo`ymasin!

Dars boshlansa ham, Mahliyoni xayollari tinch qo`ymasdi. U dadasi bilan nega uchrashgisi kelmayapti? Tug`ilgan kunidagi voqea sabab.

***

Iyul bo`lishiga qaramay shu kuni peshindan keyin yomg`ir yog`di, kechga tomon shamol turdi, ko`z ochib yumguncha yomg`ir do`lga aylandi. Dadasining tabrigini kutgan qizga hech narsa tatimadi. Derazadan hovlilari oldida mashina kelib to`xtaganini ko`rdi-yu, eshik tomon chopdi. Onasi qo`lidan tutib ushlab qoldi.

— Chiqmaysan, ko`chada do`l yog`ayapti.

Dadasi esa qizining chiqishini kutdi. Ostona hatlay olmadi. Onasi esa uni qo`yib yubormadi. Negaligini Mahliyo bilmaydi.

Shu-shu, mana, dadasi undan xabar olmaydi. Maktab forma uchun ham pul bermadi. Onasining shundan achchig`i chiqqan. Qanaqadir alimentga topshiraman degani-degan. Kecha esa Mahliyoni dadasinikiga olib borishini aytdi:

— Ular ham boqsin, o`qitsin!

Bugun vaqt yugurib o`tgandek bo`ldi. Oxirgi qo`ng`iroq chalinganda deraza osha maktab hovlisiga qaradi. Dadasining mashinasi ko`rinmasdi. Og`ir sumkasini elkasiga osib, kiyimlari solinganini qo`liga tutgancha tashqariga chiqdi. Maktab hovlisidagi barglari to`kilgan o`rindiqqa o`tirib, bir-biri bilan shodon gaplashib ketayotgan, ota va onasi birga yashaydigan bolalarga havasi keldi.

Yana yarim soatcha kutadi, keyin o`qituvchining yoniga boradi, so`ngra onasiga qo`ng`iroq qilishadi, qarabsizki, zumda onasi yo`l mashinada etib keladi-yu, uni dadasining uyi ostonasiga tashlab qo`yadi. Eshikni Mahliyoni ko`rishi bilan sobiq kelinini ko`rgandek afti burishadigan ayol ochadi. Ichkariga kirib-kirmayoq tergov boshlanadi.

Elkasini og`ir yuk bosib turgan to`qqiz yashar qizaloq bitta sarg`aygan yaproqni qo`liga olgancha o`qituvchilar xonasi tomon yo`l oldi. Istasa-istamasa shu, onasining gapi — qonun.

— Mahliyo....

Dadasining ovozini eshitgan Mahliyo ortiga o`girildi. Yugurib borib otasini quchib oldi. Odatda ular bunday ko`rishishmasdi. G`ayrat ham jigarbandini sog`ingan chog`i, bag`riga qattiq bosdi.

Mahliyo dadasidan aliment to`lashini so`ramoqchi bo`ldi. Onasi ertalab so`rashini tayinlagandi. Ammo o`zi ham yaxshi tushunmagan aliment deganlari mashina boshqara turib uning sochlarini silab erkalab qo`yishni unutmagan dadasining dilini xira qilishini o`ylab bu haqda so`z ochmadi.

— Aziz katta bo`lib qoldimi? Men bilan o`ynaydimi? — dedi ota mehrini sog`inib his qilgan qizaloq.

Shoira VAFOEVA
Manba: Darakchi.uz



«Aliment to`laysizmi, dada?»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]