Главная » Hikoyalar » Bahtli muhabbat qissasi
Bahtli muhabbat qissasi

Bahtli muhabbat qissasi

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Bahtli muhabbat qissasi
  • Дата релиза: 12-06-14, 17:23
Bahtli muhabbat qissasi
Sevgan qizimga sovchilar kela
boshladi. Kelishib birma-bir
hammasini qaytara boshladik.
Lekin uning ammasidan ham
sovchilar keldi. Dadasi opasini
yuzidan o‘ta olmay rozi
bo‘lgandek bo‘ldi. Meni esa
boshim qotdi. To‘y qilishga
umuman pulim qolmagan;
yaqindagina o‘qish shartnoma
pulini to‘lagan, endigina bitta
ho‘kiz olgan paytim edi. Sal
avvalroq olgan "Jiguli” rusumli
mashinamda kira qilib pul topar
edim. Sevgan qizim haqida ikki
yil avval oyimga aytgan edim.
Oyim ham u qizni ko‘rib yoqtirib
qolgan edilar. O‘qishingni
bitirishing bilan uylab qo‘yamiz,
degandilar. Shu sababli nima
qilishga boshim qotib, oxiri
oyimga bor vaziyatni
tushuntirdim; o‘sha qiz yo‘q
desa ham ammasi holi joniga
qo‘ymayotganini, oyisi biror kim
bilan sevishgan bo‘lsang ayt,
sovchilarini yuborsin,
deyayotganini oyimga aytdim.
Oyim biroz o‘ylanib: "Qiz menga
ham yoqadi. Lekin, o‘zing bilasan
akangni yangi hovliga
chiqaramiz desak hali bitmagan.
Birovga sovchilikka borgandan
so‘ng uch oyda to‘y qilinmasa
gap so‘z ko‘payadi”, dedilar. Men
esa qaysarlik qilib hech bo‘lmasa
bir marta borishlarini so‘radim.
Ungacha ishlagan pullarimni
yig‘amiz, do‘stlarim ham yaxshi
bolalar, qarab turishmaydi,
dedim… O‘sha payt dadam dam
olgani ketgan edilar. Oyim ham
ertaga dadang kelsinlarchi,
birgalashib gaplashib ko‘ramiz,
dedilar. Bir kunni bir asr kutdim
shekilli… Dadam keldilar, oyim
bor gapni tushuntirdilar. Dadam
ham: –To‘g‘ri-da, 23ga kirdi.
Yuraveradimi shunaqa. Sen
chiqib urf-odatini qilib kel.
Buyog‘ini ota- bola boplaymiz.
O‘g‘lim, qizini rozi qilgan
bo‘lsang bo‘ldi. Otasini o‘zim rozi
qilaman! – dedilar. Yelkamdan
tog‘ ag‘anadi. Oyim sovchilikka
bordilar. Boshqa sovchilar
kelganda xonasidan chiqmay
qamalib o‘tiradigan qiz choy-
nonlarni qilib, o‘zi ovqatlarni
suzib kiribdi. Xullas, ular rozi
bo‘lishdi. Fotihamizni
nishonlagani aylanishga chiqdik.
Meni qitmirligim tutib, u bilan
hazillashishni boshladim: –Men
xizmatdalik paytim o‘zimdan
katta bir qiz bilan yurganman. U
farzandli bo‘libdi, tekshirtirdim,
mendan ekan. U dovdirashni
boshladi. Yana davom etdim: –
Meni kechir, men senga uylana
olmayman, dedim. U esa yig‘lab
yubordi. Keyin: –Sizlarning
gunohingizga bola aybdor
emas! Uni tirik yetim qilmang, u
ayolga uylaning, men o‘z yo‘limni
topib olaman, deb shart burildi-
da ketib yubordi. Ham kulgim
kelib, ham qilgan ishimdan
vijdonim qiynalib uning ortidan
yugurib bordim-da bu
gaplarimning bari hazil
ekanligini aytdim. U hafa bo‘ldi,
2-3 kun gaplashmadik. Kattalar –
ikki yosh bir yil yurmasin, deb
to‘yni tezlatishdi; Uyni ta’mirlash,
to‘yga, to‘yxonaga, mashinaga,
hali unga, hali bunga pul yig‘ish,
pul sarflash boshlandi. Tibbiy
tekshiruvdan o‘tish paytimizda u
negadir hafa bo‘lib chiqdi. Uni
ko‘rib: –Nega hafasan? –desam. –
Biror joyga borib o‘tiraylik, aytib
beraman, dedi. Nafasim ichimga
tushib ketdi. Borib o‘tirdik: –
Nima bo‘ldi? – dedim. –To‘yni
qoldiramiz. Menda shamollash
bor ekan, davolanmasam
farzand ko‘ra olmas ekanman,
dedi. –Ho‘p nima qilibdi? To‘y
bo‘ladi, to‘ydan keyin ham
davolanaverasan – dedim. U ham
ho‘p degandek bosh qimirlatib,
muzqaymoq olib bersangiz yana
bitta gapim bor dedi… Qo‘rqib
ketdim. Tomog‘imdan
muzqaymoq ham o‘tmadi. U gap
boshladi: –Faqat jahlingiz
chiqmasin, haligi gaplarim
hammasi hazil edi, o‘sha kungi
yig‘latganingiz uchun hisob 1:1,
dedi… Kulib yubordim-da yana
bitta muzaqaymoq olib berdim…
Xullas to‘yimiz orzu
qilganimizdan ham zo‘r o‘tdi.
Mehmonlar to‘lib- toshgan,
oshna- og‘aynilar o‘ynab, kulib
to‘yni qizdirishgan… Hamma
bizni to‘yimizga havas qildi.
To‘ydan keyin yana "Jiguli” sotib
oldim. O‘qishimni ham bitirib
yaqinda bakalavr darajasini
egalladim. To‘rt oy oldin
shiringina qizchamiz ham
tug‘ildi. Sevgimiz va baxtimiz
yana ham mustahkamlandi...

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: