Главная » Hikoyalar » Birinchi muhabbatim
Birinchi muhabbatim

Birinchi muhabbatim

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Birinchi muhabbatim
  • Дата релиза: 18-07-14, 01:46
Birinchi muhabbatim
Uning munis chehrasi ko‘z
oldimga kelganda, o‘zimni
aybdor his qila boshlayman.
Qanchalar yosh, sodda edi u.
Men qanchalik sevardim uni.
Shunchalar sevardimki,
shamolni ham ravo ko‘rmasdim.
Ko‘zlari yoshlanishini, ko‘ngli
qayg‘u nimaligini bilishini
istamasdim. Lablarida hamisha
tabassum bo‘lishini xohlardim.
Ammo u negadir doim g‘amgin
yurardi. Ko‘zlari ma’yus boqardi
menga. Nega bunchalik tushkun
yurishi sababini
tushunolmasdim. Sababini
so‘raganimda, mahzun jilmayish
bilan kifoyalanardi, dardini
aytishni istamasdi sira.
Qanchalik qistamay, tayinli
javob ololmasdim. Bundan ko‘p
siqilardim, lekin unga qattiq
gapirolmasdim.
Bir kuni uning kasalxonada
yotganidan xabar topdim-u,
ko‘nglim yomon xijil bo‘ldi.
Yomon hodisa yuz beradigandek
yuragimga g‘ulg‘ula tushdi.
Imkon topishim bilan
kasalxonaga yugurib bordim.
Uning ahvoli og‘ir ekan.
Doktorlardan so‘rab-surishtirib
jigar tsirroziga yo‘liqqanini
bildim. Anchadan beri
og‘riyotgan ekan. Shuning
uchun tez-tez davolanib
turarkan. Lekin bu davolanishlar
samarali emas ekan...
Palataga kirganimda, rangi-ro‘yi
bir ahvolda yotganini ko‘rib,
yig‘lab yuborishdan o‘zimni
zo‘rg‘a tiydim. Meni ko‘rishi
bilan o‘rnidan turishga
chog‘landi.
— Yotaver, yotaver... — yoniga
cho‘kkalab, sochlarini
silarkanman, nima deyarimni
bilmasdim.
— Nimaga xafasiz? — so‘radi u
quvnoq ohangda gapirishga
urinib.
— Menga ishonmaganing
uchun... Nega shu paytgacha
aytmaganding? — men undan
chindan ham xafa edim.
— Sizga ishonmaganim
uchunmas, xafa qilishni
istamaganim uchun
aytmagandim... — uning ovozi
juda past eshitildi. Ko‘zlaridan
duvillab yosh quyildi. — Meni
kechiring...
— Kechirim so‘rama, — o‘zim
ham yig‘lab yuborishga tayyor
edim. Lekin uning yonida
kuchliroq bo‘lishim kerakligini
tushunardim. — Seni tushunib
turibman. Shuni deb
tushkunlikka tushishing
yaxshimas. Menga avvalroq
aytishing kerak edi...
— Foydasi yo‘q... — u ayanchli
iljaydi. — Avvalroq aytganimda
ham, hech nima o‘zgarmasdi.
Buni hech kim o‘zgartirolmaydi.
— Hamma dardning davosi
bor...
— Ajalning davosi yo‘q...
— Bo‘lmag‘ur gaplarni qo‘y! —
baqirib yubordim o‘zimni
tutolmay. — Nega hozirdan
bunchalik tushkunlikka tushib
qolding?! Aytyapman-ku,
hamma dardning davosi bo‘ladi.
Faqat astoydil harakat qilish
kerak...
— Oyim bilan adam ko‘p
harakat qilishdi... — uning ko‘z
yoshlari tingan, ammo ko‘zlari
juda-juda qayg‘uli edi. — Natija
bo‘lmadi shu paytgacha. Qancha
tabiblarga olib borishdi,
davolatishdi... Ahvolim
yaxshilangandek bo‘ladi-yu,
yana...
— Iltimos, unday dema, —
uning gaplariga ishonishni,
haqiqatni tan olishni
istamasdim. — Hali ko‘p
yashaysan, bunga ishonchim
komil. Faqat umidingni
uzmasliging kerak. Dardni
bergan Alloh davosini ham
beradi.
— Koshkiydi... — u yana
boyagidek mahzun kulib qo‘ydi.
Shu ma’yus tabassumi
yuragimni yomon o‘rtab
yubordi. Hoziroq undan ajralib
qoladigandek qo‘rqib ketdim.
Tanishganimizdan beri ilk bor
jur’at qilib uning lablaridan
o‘pdim. U qarshilik qilmadi...
O‘shanda bu bo‘sa birinchisi va
oxirgisi bo‘lib qolishini
o‘ylamagandim...
Uning ahvoli yaxshilanganday
bo‘ldi. Lekin bu holat uzoqqa
cho‘zilmadi. Bir haftadan so‘ng
yana kasalxonaga yotqizishdi.
Bu safar o‘zim ham umidsizlikka
tushdim. Uning ahvoli juda og‘ir
edi. Erta-indin o‘lishiga shubha
qilmasdi. Gap-so‘zlaridan ham
umidsizlik hidi kelardi. Eng
yomoni, men unga qanday
dalda berishni, nima deb
umidlantirishni bilmasdim.
Hamisha burro tilim taskin bera
oladigan so‘z topishga kelganda
ojizlik qilardi...
Yana ikki hafta o‘tdi. Uning
ahvoli yaxshilanmadi. Kundan-
kun so‘lib boraverdi. Buni ko‘rish
menga og‘ir edi. Qo‘limdan hech
nima kelmasligini o‘ylab, ich-
etimni yerdim. Ammo...
Uning o‘lganini eshitganimda,
dunyo ko‘zimga qorong‘i
ko‘rinib ketdi. Yashagim kelmay
qoldi. O‘sha paytda o‘lishga ham
tayyor edim. Usiz yashay
olishimga ishonmasdim...
Yillar o‘tdi. Ayriliq azobi hozir
o‘sha kungiday emas, ammo uni
eslaganimda, o‘zimni aybdorday
sezaman. Uning o‘limida
mening ham aybim borday
tuyiladi...

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: