Главная » Hikoyalar » Bolakay buvisining xat yozayotganini ko‘rib undan so‘raydi:
Bolakay buvisining xat yozayotganini ko‘rib undan so‘raydi:

Bolakay buvisining xat yozayotganini ko‘rib undan so‘raydi:

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Bolakay buvisining xat yozayotganini ko‘rib undan so‘raydi:
  • Дата релиза: 22-07-14, 00:45
Bolakay buvisining xat yozayotganini ko‘rib undan so‘raydi:
–Siz men haqimda yozyapsizmi?
Buvisi yozishni to‘xtatadi, kulib nevarasiga:
–Topding, men sen haqingda yozyapman. Lekin…
Muhimi nima yozayotganim emas, balki nima
bilan yozayotganimdir. Katta bo‘lganingda xuddi
shu qalamday bo‘lishingni xohlardim…
Bolakay qalamga zo‘r qiziqish bilan qaraydi,
lekin hech narsani anglamaydi.
–Bu qalamni boshqa qalamlardan farqi yo‘qku!
–Hamma gap, narsalarga qanday qarashingga
bog‘liq. Bu qalam beshta sifatga ega, Qayerda
bo‘lishingdan qat’iy nazar baxtli yashashni
xohlasang shu besh sifat senga as qotadi.
Birinchidan, sen aqlli bo‘lishing mumkin lekin
hech qachon yuqoridan seni boshqaradigan kuch
borligini esdan chiqarma. Uni o‘rgan va his qil.
Ikkinchidan, yozish uchun men qalamning uchini
chiqarishim kerak. Bu jarayon qalam uchun
og‘riqli, lekin shundan keyin qalam yaxshiroq
yozishni boshlaydi. Xuddi shunday, og‘riqqa
chidamli bo‘l, chunki bu seni toblaydi.
Uchinchidan, agar qalamni ishlatsak, har doim
xato qilgan joyimizni o‘chirish imkoniyatiga ega
bo‘lamiz. Esda tut, o‘zingni to‘g‘rilash – har
doim ham yomon emas. Ko‘pincha bu to‘g‘ri
yo‘lni tanlash demakdir.
To‘rtinchidan, qalamning muhimligi uning qaysi
yog‘ochdan qilinganligida yoki uning shaklida
emas, balki uning ichida joylashgan grafitda.
Shuning uchun, sening ichingda nima sodir
bo‘layotgani haqida faqat o‘yla.
Va nihoyat, beshinchi sifati: qalam faqat o‘zidan
keyin iz qoldiradi. Xuddi shunday, sen ham
o‘zingdan keyin o‘zingning hatti –harakatlaring
bilan iz qoldirasan. Har bir qadamingni o‘ylab
bos.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: