Главная » Hikoyalar » Hayotiy voqea: ChIROG`I SO`NGAN OILA
Hayotiy voqea: ChIROG`I SO`NGAN OILA

Hayotiy voqea: ChIROG`I SO`NGAN OILA

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Hayotiy voqea: ChIROG`I SO`NGAN OILA
  • Дата релиза: 17-09-17, 14:01
Hayotiy voqea: ChIROG`I SO`NGAN OILA
Mana, Naima Qurbon bilan sevishib turmush qurganiga ham 17 yil bo`ldi. Qurbon oilasining kamini to`ldiray deb nima ishlar qilmadi?!

Ularning bir-biridan shirin odobli ikki o`g`li va bir qizchasi bor. Katta o`g`li Qobiljon 16 yoshli e`tiqodli yigit. Ukasi Anvarjon ham akasiga qo`shilib ilm sirlariga qiziqa boshlagan. Hatto qo`shnilari ham ularning naqadar ibratli oila ekanligiga havas bilan qarardi. Qurbonga kelsak, avvalliga mol bozorida dallollik bilan shug`ullandi.

Keyinchalik Ahmad ismli o`rtog`i bilan turli xil mashina yoqilg`ilarini olib sotishga kirishdi. Negadir uch kundan beri Naimaning kungli g`ash. Chunki Qurbon benzin yoqilg`isidan ko`proq olib kelish uchun qo`shni viloyatga junab ketgan. Buning ustiga, bugun bir vahimachi qo`shnisi kelib, “Bilasizmi Naimaxon, ko`chamizda tilanchilik qilib yurgan bir kampir menga “Yaqinda ko`changizda bir fojia yuz beradi”, dedi. Shunga anchadan beri xavotirdaman”, deganidan buyon uning ham halovati yo`qoldi.

O`sha kuni o`g`li Qobiljon buvisinikiga ketgan edi, Anvar esa maktabdan kelib hovlidagi so`ri ustida qotib uxlab yotardi. Qizchasi Shohidaxon hali bog`chada. Havo ancha issiq bo`lishiga qaramay, Naima o`zini ovuntirish uchun yozgi mevalardan murabbo tayyorlashga kirishdi. Shu payt darvoza ochilib, Qobiljon singlisini etaklab kirib keldi.

Singlisi Shohidaxon darvoza yaqinida qaynayotgan murabboni kurib, “Oyi, beying, eman”, deya hali endi chiqayotgan shirin tili bilan xarxasha qila boshladi. Akasi uni uyga olib kirdi.

Bu orada uzoq yo`l yurib, Qurbon ham etib keldi va o`rtoqlari bilan mashinadan yoqilg`i to`ldirilgan idishlarni tushira boshladi. So`rida Anvarjon hamon uxlab yotardi. Turmush o`rtog`ining yo`ldan xorib kelganini ko`rib, Naima nonushta tayyorlashga kirishdi. “Sen tayyorlayver”, deya Qurbon yoqilg`i idishlarini ko`zdan kechirgani ketdi. Uzoq yo`lda chayqalib kelgani uchun yoqilg`i idishlarining qopqog`ini biroz ochib qo`ydi.

Sung kiyimini almashtirgani uyga kira turib so`ri chetida bog`langan echkiga ko`zi tushdi. Daraxt tagida Shohidaxon qo`g`irchoqlari bilan o`nab o`tirardi.

Shu payt Anvarjon hovlini larzaga keltiruvchi gumburlagan ovozdan cho`chib, uyg`onib ketdi va nima bo`layotganini tushunmasdanoq uning yuzlariga yonayotgan yoqilg`i sachradi va dod solib ulgurmasidan ustiga olovli idish kelib tushdi. Qurbon hovliqqanicha yugurib tashqariga chiqdi. Ne ko`z bilan ko`rsinki, hamma joyda yong`in avj olardi.

Naima qizchasini bag`riga bosib, qayoqqa qochishini bilmay, talmovsirab qolgandi. Shu zahoti yana bir idish gumburlab portladi va Qurbonni ham jarohatladi. Biroq u xotini va qizini qutqarishga intilardi. Ular olov ichida qolgandi. Ichkaridan yugurib chiqqan o`g`li Qobiljon olovni o`chirishga urindi.

Bu orada birvarakayiga qolgan ikki idishning portlashidan Qobiljon ham qattiq kuydi. Qurbon arosatda qolgan edi. O`g`li va qizini jon holatda tashqariga olib chiqishga harakat qildi. Ko`chada tumonat odam, ammo hech kim bunday dahshatli yong`in bo`layotgan hovliga kirishga yuragi dov bermasdi. Hovlida tirik jon borki, o`lim bilan olishardi.

Suri yonida bog`langan echkining ovozini eshitib, Naima jarohatlangan holida “Bolam so`rida edi”, deya u tomon talpindi.

O`t o`chiruvchilar harchand urinishmasin, olovga bas kelish qiyin kechardi. “Tez yordam” xodimlari zudlik bilan ularni shifoxonaga olib ketishdi. Ko`chada fojiadan esankirab qolgan qo`shnilar “Shunday oilaga ko`z tegdi”, deya o`kinishardi. Anvarjon surida uyg`ongan joyida vafot etgan edi. Naima ertasi kuni og`ir kuyish oqibatida olamdan o`tdi. Buni Qurbonga ham Qobiljonga ham aytishmadi. Chunki ularning ahvoli og`ir edi.

Jajji qizchasi Shohidaxon esa kuygan, yoshlangan ko`zlarini yumgancha, nuqul alaxsirab, “Oyijon murabbo beying”, deb takrorlardi. Uch kundan so`ng Qurbon va Shohidaxon birvarakayiga olamdan o`tdi.

Endi qarindoshlarining umidi faqat Qobiljonda edi. “Hech bo`lmasa, shu bola yashasin. Oilasining chirog`ini yoqib turadi”, deb Allohdan iltijo qilardi.

Afsuski taqdir hukmi oliy ekan, Qobiljon ham kuygan lablari bilan nimalarnidir pichirlab olamdan o`tdi.

Fojia oqibatida ularning hovlisida faqat birgina ona tovuq jo`jalari bilan omon qolgan edi, xolos. Qolgan barcha narsa bir uyum kulga aylandi-qoldi. Shunga aytishsa kerak “O`t balosidan asrasin” deya.

Abdulaziz RUSTAM o`g`li
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: