Главная » Hikoyalar » Ibratli hikoyat: Tog'dek yaxshilik
Ibratli hikoyat: Tog'dek yaxshilik

Ibratli hikoyat: Tog'dek yaxshilik

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Ibratli hikoyat: Tog'dek yaxshilik
  • Дата релиза: 07-12-18, 03:52
Ibratli hikoyat: Tog'dek yaxshilik
Bir kuni kechasi bir odam kuchli yomg`irning yoshishiga zo`rg`a chidagancha, biror bir mashina to`xtab unga yordam berishini ilhaq kutardi. Boisi, uning mashinasi shu erda buzilib qolgan, nima qilishini bilmasdi. U suvga bo`kkach, oq bayroq yasab, birov ko`rsin uchun silkiy boshladi.

Baxtiga qarama-qarshi tomondan kelayotgan mashina to`xtab, yo`lovchini taksilar turadigan joyga eltib qo`ydi. 44-45 yoshlar atrofidagi bu odam shoshib turgan ekanmi, haydovchiga darrov rahmat aytdi va uning manzilini yozib olib, jo`nab ketdi.

Etti kundan keyin haydovchi yigitning eshigi taqilladi. Uning uyiga katta sovg`a keltirishgandi. Uy egasiga maktub ham tutqazishdi. Yigit o`qidi:

"Tunda meni kuzatib qo`yganing uchun katta rahmat. O`shanda yomg`ir nafaqat mening liboslarimni, balki qalbimni ham shallabo qilgandi. Keyin sen kelding. Sen tengi o`g`lim bor. U bemor. Shuning uchun juda shoshayotgandim. Uyga kelishim bilan uning kasali azob berayotganining ustidan chiqdim. Vrach bo`lganim uchun o`g`limga birinchi tibbiy yordamni ko`rsatdim. So`ng kasalxonaga olib bordik. Agar biroz kechikkanimda-mi?! Sen bir emas, birvarakayiga uch nafar insonning hayotini saqlab qolding, Alloh seni asrasin...”

Qissadan hissa shuki: siz uchun xasdek tuyulgan yaxshilik ham birovlarga tog`dek yordam berishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: