Главная » Hikoyalar » IKKINChI TURMUSh OSTONASIDA... QO`RQUV VA TAZYIQLARNI ENGAMIZ!
IKKINChI TURMUSh OSTONASIDA... QO`RQUV VA TAZYIQLARNI ENGAMIZ!

IKKINChI TURMUSh OSTONASIDA... QO`RQUV VA TAZYIQLARNI ENGAMIZ!

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: IKKINChI TURMUSh OSTONASIDA... QO`RQUV VA TAZYIQLARNI ENGAMIZ!
  • Дата релиза: 17-07-17, 17:10
IKKINChI TURMUSh OSTONASIDA... QO`RQUV VA TAZYIQLARNI ENGAMIZ!
"Ikki yil oldin erim bilan ajrashdim. Bolam bilan ota uyimda yashayapmiz. Shu kunlarda uzoqlarga qochib ketgim kelayapti. Sababi uydagilar «Qachon turmushga chiqasan, tezroq erga tegsang, tinchirdik», deya holi-jonimga qo`yishmaydi. Kelinoyimlarning ham topib olgan gapi shu. Og`iz solayotgan kishining o`zi yo`q. Buning ustiga, hech qaerga yuborishmaydi. Biror joyda ishlay, muammolardan chalg`iy desam, bunga ham ruxsat berishmaydi. Ishonishmaydi, qolaversa, ajrashgan bo`lganim uchun gap-so`z ko`payarmish..."

Nasiba, Sirdaryo viloyati

Oilaviy ajrimdan keyin ayolning ham, erkakning ham hayotida o`zgarishlar yuz beradi, albatta. Jumladan, atrofdagilarning munosabati ham boshqacha tus oladi. Ayniqsa, ayolning chekiga ko`proq va og`irroq yuk tushadi. Bu gal ruhshunos Nargiz SATTAROVA bilan ikkinchi bor turmush qurish masalasiga echim izlayotgan ayollarning psixologiyasini tahlil qilamiz.

Ajrimdan keyin...

Kimdir qayta oila qurishga shoshadi, kimlardir esa cho`chiydi. Yoki yuqoridagi murojaat kabi ota-ona tomonidan ayolga bosim o`tkaziladi. Ikkinchi bor xato qaror qabul qilishga esa quyidagi omillar, ya`ni birinchi turmushning buzilishidan chiqarilgan noto`g`ri xulosalar sabab bo`ladi:

«Hali shunday odamga erga tegayki, sobiq erimning ichi kuyib, qaynonam tilini tishlab qolsin» — siz kimgadir ko`rsatib qo`yish, o`zingizdan aybni soqit qilish niyatida turmushga chiqishni rejalashtirayapsizmi yo baxtli bo`lishni? Toki o`tgan hayotingizdan, sobiq oilangizda boshingizda singan tayoqlardan rozi bo`lmas ekansiz, kutganingizdek farishta erkak bilan taqdiringiz bog`lanmaydi.

«Endi shartlarimga 100 foiz javob beradigani bilan oila quraman» — sobiq eringiz uradigan bo`lsa, miq etmaydiganini, pul topmagani uchun ajrashgan bo`lsangiz, boyvachchasini, yurong`ichligi sabab oilangiz darz ketgan bo`lsa, vafodorini izlashingiz tabiiy. Biroq unutmang, hayotning bu darsidan to`g`ri saboq chiqarib, o`zingizni, ong osti dasturlaringizni o`zgartirmasdan, mag`zavani sizni baxtiqaro qilgan erga ag`darib o`tiraversangiz, eski hammom eski tosligicha qoladi. Endi muammo boshqacharoq shaklda, ammo og`rirroq keladi, xolos.

«Uydagilarning, odamlarning gap-so`zi tinsa bo`ldi, kim bo`lsa ham mayli. Endi menga shahzoda og`iz solarmidi?» — Ajrashgach, paydo bo`lgan muammolar (uy-joy masalasi, ota-onaning bosimi, kelinoyilarning qosh uchirishi, erkaklarning gap otishi kabilar)dan qochish maqsadida shoshib, boshqa kattaroq muammoga uchrashingiz mumkinligini o`ylab ko`ring. Ko`p hollarda bunday o`yda qayta oila qurgan ayollar «Yana ajrashamanmi?» deya, ikkinchi turmushning zahriga chidab yashashadi.

«Tezroq qutilsam edi» — qizi yoki o`g`lining turmushi o`xshamagan ota-onalarning aksariyati hali ko`ngil yarasi bitmagan farzandiga shunday munosabat qilishadi. Inson nimadan qutilishni istaydi — muammodan. Bolangiz muammomi siz uchun? Oilasidan ajrashgani halovatingizni o`g`irlagan ekan, o`z holiga qo`ying. U turmush ko`rgan, endi yosh bola emas. O`zi uchun ma`suliyatni his qilib bir qarorga kelsin. Shunda endigi oilasi xatolardan xoli bo`lishini ta`minlay oladi. Bo`lmasa, yana bir kun ko`z yosh qilib, tugunini tugib kelishi hech gapmas.

To`g`ri xulosa chiqarish uchun...

Psixologiyada shunday tushuncha bor, har bir shaxsnnig ichida uchta asosiy sub shaxsiyat mavjud. Ya`ni shaxs o`z ichida qismlarga bo`linadi. Ular tashqi olam, atrofdagilar bilan munosabatlarimizda xulq-atvor shaklida namoyon bo`ladi.

Ichki bola. To etti yoshgacha shakllanadigan bu ichki shaxsiyat hissiyotlarga javob beradi. Ya`ni etti yoshgacha nimalarni, qanday hissiyotlarni boshdan kechirgan bo`lsak, ular ong ostimizga odatlar bo`lib muhrlanadi va biz katta hayotda o`zimizni shu poydevor asosida tutamiz. U yoki bu voqeadan qanday ta`sirlanishimizda ichki bolamiz rol o`ynaydi. Quvonish, arazlash, xafa bo`lish, yig`lash, bo`ysunish, qo`rqish kabi emosiyalar bilan bir qatorda tasavvur olamining boyligi, qiziquvchanlik, ijodkorlik kabi xususiyatlarning ham qay darajada bo`lishi ayni shu shaxsiyatimizga bog`liq.
Ichki ota-ona. Ushbu sub shaxsiyatni bolada kattalar shakllantiradi. Baholash, nazorat qilish, tartibga chaqirish, urishish, himoyalash, bu mumkin, u mumkin emas, deya taqiqlashlar «ichki ota-ona» mizga xos.
Etuk shaxs. To inson umrining oxirigacha shakllanadi. U voqeylikni boricha qabul qila oladi, tahlil etadi, mulohaza yuritadi, xulosa chiqaradi va keyingi gal shu xulosasiga tayanib ish tutadi, muammolarni hal qiladi.
Bu uchala sub shaxsiyat har bir insonda bor. Faqat ularning darajalari farqlanadi. Ya`ni kimdadir «ichki bola» kuchlilik qilsa, kimdadir «ichki ota-ona»ning qo`li baland keladi. Endi oilaviy hayotda ularning qanday rol o`ynashiga to`xtalamiz.

Agar...

..juftlikning ikkisi ham hali bola bo`lsa, ularning munosabati hissiyotlarga asoslanadi. «Er xotinning urushi — doka ro`molning qurishi» — bir qarasangiz, bir-biriga mehrlari oshib ketadi, bir qarasangiz, janjal-to`polon. Ular ajrashish qaroriga ham tez kelishadi. «Ota-onam falon million sarflab to`y qilgan», «Shu qizni sevib uylangandim-ku» degan o`ylar bilan o`zini qiynab o`tirmaydi. «Shu o`yinchoqni olib berasiz», deb oyoq tirab turib olgan yosh boladek «O`laman sattor, shundan boshqasini demayman», deya oila qurishadi. Kun kelib, o`yinchog`i ko`ngliga tekkach, voz kechib qo`ya qoladi. Bu juftlikni haqiqiy, shartsiz sevgi emas, emosionalik bog`liqlik bog`lab turadi, xolos.

...erning «ichki ota-ona»si, ayolning «ichki bola»si kuchli bo`lsa, tantiq, erka xotin nuqul uni nazorat qiladigan, har qadamini o`lchayveradigan er bilan kechayotgan turmushidan yuz o`girishi mumkin. Jabrdiyda, xo`rlanishga moyillarga esa bu toifa erkaklar bemalol qo`l ko`tara oladi, sababi, u urmayapti, rafiqasini tarbiyalayapti. Ayoliga ishlash, o`ziga ortiqcha oro berishni taqiqlaydi, ko`chada esa boshqasi bilan ko`ngilxushlik qilib yuraveradi. Erning «ichki ota-ona»sining fikri-yodi xotinni odam qilishga qaratilgan bo`ladi.

Aksincha ayol oilada «ota-onalik»ni bo`yniga olsa, er hech katta bo`lmaydigan bolaga aylanadi-qoladi. Oila taqdiri «Bir kun yaxshi bo`lib qolar», «Hech omadi kelmayapti-da», deya ro`zg`or aravasini sudrayotgan xotinning sabriga bog`liq. Aksariyat hollarda «bola» erlar xaraxasha ham qilishadi: pul topish, bolalarni boqish, nimagadir erishish yo`lida tinmayotgan ayolini erga urib, o`z o`rnini tiklab olishga urinishadi.

Er-xotinning ikkisida ham «ichki ota-ona» birinchi o`rinda bo`lsa, ularning dunyoqarashlari bir nuqtada kesishsa, xo`p-xo`p, bo`lmasa, sendan ugina, mendan bugina tarzida ish qilishadi. Ularga hissiyot, biror cho`qqiga intilish etishmaydi. Bir-birini ayblash, nazorat qilishdan to`xtashmaydi, ammo ajrashishmaydi. Axir odamlar nima deydi? Mahalla-ko`y-chi? Ma`lum qoidalarga bo`ysunishgani sabab ham majburan yonma-yon kun kechirishadi.

Etuk shaxs bilan «ichki bola»si yoki «ichki ota-ona»si kuchli ayol turmush qursa, hayot tarzlari rang-barang bo`ladi. Albatta, ayol erini qadrlasa. Chunki bu erkak rafiqasini boricha qabul qiladi, bolaligi, beg`uborligi, o`ziga xos xislatlari uchun sevadi, uning rivojlanishiga doim imkon beradi. Xotini hech bolaligini qo`ymasa, yoki unga «onalik» qilish tashvishida yashasa, u bilan teng o`smasa, tanlovini o`zgartirishi mumkin. Aksi bo`lganda ham shu vaziyat kuzatilishi hech gapmas. Chunki etuk inson hayotni qadrlaydi, u doim yuqori pog`onalarga intiladi va yo`ldosh ham shunday bo`lishini istaydi.

Etuk shaxslar nikohi, mana, shartsiz va haqiqiy sevgi. Bir-birini tushunib, qadrlab yashovchi bu juftlik kechirishni, kechirim so`rashni, qaerda vaziyatni qo`lga olib, qaerda chekinishni biladi. Ular bolasi bilan bola bo`lishadi, ota-onalikni ham qoyillatishadi, umr yo`ldoshi bilan qachon qaysi obrazda munosabat qilishni uddalashadi.

Masalaning echimi

Hayotda turli vaziyatlar bo`ladi. Ajrimning ham yuzlab sabablari bor. O`zingiz va sobiq turmush o`rtog`ingizni yuqoridagi psixologik formula asosida tahlil qiling. Xo`sh, sizda qaysi sub shaxsiyat ustunlik qiladi. Masalan, murojaat egasida «bola». U hamon ota-onasiga qaram, mustaqil ayol sifatida shakllanmagan va tazyiqlarga qarshi javob berolmayapti. Uni shaxsi etuk erkakgina baxtli qila oladi. Chunki o`tmishi, bolasi bilan qabul qiladi. Buning uchun albatta, o`zi ham unga mos bo`lishi, ya`ni o`z ustida ishlab, rivojlanishi lozim.

Ikkinchi bor oila qurish ostonasidamisiz, avvalo o`tmishdagi voqealarni qo`yib yuboring, qo`rquvlardan xalos bo`ling. Mutaxassis bilan ishlang, birinchi turmushingizdagi xatolarni to`g`irlang, ichki dunyongizni o`zgartiring. Shunda yana attang qilib qolmaysiz.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: