Главная » Hikoyalar » KELIN, SIZNI JUDA YaXShI KO`RAMIZ!
KELIN, SIZNI JUDA YaXShI KO`RAMIZ!

KELIN, SIZNI JUDA YaXShI KO`RAMIZ!

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: KELIN, SIZNI JUDA YaXShI KO`RAMIZ!
  • Дата релиза: 16-08-17, 18:13
KELIN, SIZNI JUDA YaXShI KO`RAMIZ!
Tahririyatga kelayotgan maktublar rang-barang. Kimdir quvonchini bo`lishgan, yana kimdir yangiliklar haqida so`zlagan, boshqasi dardini aytgan. Ana shunday xatlardan biri bizda chuqur ehtirom uyg`otdi. Maktubni qaynopa yo`llagan. Ya`ni, uning keliniga bo`lgan hurmati, mehri bayon etilgan. Ular garchi qayg`u iskanjasidagi ayollar bo`lsa-da, har ikkisi ham ibrat qilib ko`rsatishga arzirli bo`lgani bois, sizga ham havola etdik...

«2015 yil, 11 iyul. Sahar chog`i edi. Saharlik qilib bo`lib, dasturxon va idishlarni endi yig`ishga tushgan ham edimki, telefonim jiringladi. Ochig`i, yuragim hapiqib ketdi. Bemahalda bo`lgan qo`ng`iroq hammani ham xavotirga soladi. Qarasam, otam qo`ng`iroq qilayotgan ekan. Bir zumda xayolimga kelib o`rnashgan bor ko`ngilsizliklarni quvib, o`zimni ovutgan bo`ldim: «Uydagilar ham ro`zaga turishgan bo`lsa, bir gaplashaylik-chi, deyishgan. Bizning ham ro`za tutayotganimizdan xabarlari bor. Balki, zerikishgandir? Ehtimol, qandaydir yaxshi duo eshitib qolgan bo`lsa, shuni aytmoqchidir?»

Miyamni yomon fikrlardan tozalab, yaxshi kayfiyat bilan telefonimning yashil tugmasini bosdim.

— Alo? — dedim otamning ovozi eshitilishi kutib.

— Ota? Ota, sizmi?

— Men bolam... — otamning ovozi o`ta g`arib va titragan holda eshitildi.

— Assalomu alaykum! — dedim yuragim chiqqudek ura boshlaganidan nafas olishga qiynalib. — Tinchlikmi, ota? Gapiring...

— Haligi... bugun... hozir... — otam ko`z yosh to`kayotgandi.

— Ota, tinchilikmi? Onam yaxshimi? Nima gap? Nega ovozingiz boshqacha?

— Uyimiz kuydi, bolam. Ukangdan ayrilib qoldik... — yig`lab gapirdi padarim.

— Ota, adashmayapsizmi? Uydami u?

— Hamma narsa Allohning qo`lida, bolam. Kecha tuppa-tuzuk yurgandi. Kayfiyati ham a`lo edi. Bugun kelin saharlik tayyorlab bo`ldi hamki turavermadi. «Uyg`otib chiqing, ishda charchagan bo`lsa, uyqu zo`rlik qilayotgandir?» dedim. Kelin kirib ancha qolib ketdi. Keyin rangi oqarib, bir ahvolda chiqdi. Bir og`iz ham gapira olmay hushidan ketdi. Kirsam, ukang o`z o`rnida jonsiz yotibdi. Parvardigorning ishi-da, bu ham...

— Kelinning ham yosh umrini hazon qilmaymiz. Juda yosh. Yigirma beshga ham kirmay beva qoldi. Agar ota-onasi biror nima desa, rozi bo`linglar. Bolasidan xabar olamiz. Mabodo, oila qurmoqchi bo`lsa, olib qolarmiz, — dedim bir kuni yig`idan o`zimni zo`rg`a tiyib.

— Bilamiz. Biz ham o`ylab qo`yganmiz, — dedi onam bir nuqtaga tikilgancha.

— Opa, men shu erda yashayman. Iltimos, meni quvib solmang, — dedi sho`rlik kelinim yig`lab. — Ota-onangizning xizmatini qilishimga, ukangizning chirog`ini yoqib, bolasini o`zi orzu qilgandek voyaga etkazishimga ruxsat bering, iltimos. Har xil gaplarni aytib, yuragimni tilkalamang! Men hech qaerga ketmayman! Ukangiz bilan besh yil sevishib yurdim. Bir yarim yilgina yashadim. Ammo mana muddat ichida u kishi menga shunday baxt berdiki, bir umrga tatiydi. Mana shu baxtning tafti va xotirasi bilan men bir umr yashay olaman. Iltimos, menga boshqa bu haqda gapirmang...

— Xo`p, xo`p... — dedim ortiq toqat qila olmay. Shartta uni bag`rimga bosdim-u, to`yib-to`yib yig`ladim.

«Alo?» deyishlari bilan salom bermasam, mendan oldin aytishga ulguradilar. Shuning uchun sergaklik bilan quloq tutdim. Narigi tomon negadir jim.

Oyog`imga qaltiroq kirib, jonim chiqib ketdi, go`yo.

Men esa quloqlarimga ishonmadim.

«Ukam? Nega? Soppa-sog`-ku! Nega ukamdan...»

Ukamning uylanganiga endi bir yarim yil bo`lgan. Sevgan qizi bilan bir yostiqqa bosh qo`ydi. Hech qanday tashvishi yo`q. Yaxshi joyda ishlar, topish-tutishi ham binoyidek. Yarim yil avval o`g`ilchasi tug`ilib, baxtdan sarmast yurardi.

Quloqlarimga ishonmadim. Qo`limdan telefonim tushib serraygancha qotib qoldim. Turmush o`rtog`im darhol divanga o`tqizdi, og`zimga suv tutdi. So`ng bir ahvolda yo`lga tushdik.

Ota uyimga qadam qo`yarkanman, xuddi bu erda qiyomat qo`pgandik, dir-dir titrardim. Bolaligim kechgani, ota-onam borligi bois, har doim eng osoyishta, eng yoqimli va rohatbaxsh tuyulgan xonadon ayni damda menga do`zax kabi ko`rinayotgandi. Bor alam, qayg`u, ko`ngilsizlik va kasofat xuddi shu erga yog`ilandek. Sababi, ota-onangiz ko`z yosh to`kkan har qanday joy sizga balodek ko`rinar ekan.

Onam goh hud, goh behud dod solar, o`g`lining kutilmaganda bu dunyodan ko`z yumganiga ishonolmasdi. Dunyodagi eng matonatli hamda sabrli inson deb bilganim — otam esa cho`kib, nochor va abgor ahvolga tushib qolgandi.

Ukamning xuddi uxlayotgandek sokin va xotirjam yotganini ko`rib, battar ado bo`ldim. Na yuzida, na biror joyida og`riq yo biror azobning alomati bor.

«Dunyo shunchalar beshavqatmisan, shunchalar bevafo va rahmsizmisan? Nahot, o`ttizga ham kirmagan yigitning gul umrini hazon etish shunchalar oson? Nahotki, olti oylik go`dagi ham ko`zingga ko`rinmadi? Yoshgina, go`zal, hurkak kelinning gardaniga bu dardni tashlashga uyalmadingmi, dunyo?»

Ko`ksim kuydi, alam bo`g`zimdan oldi, jigarimning holati yuragimni ezdi. Chidolmay men ham dod soldim.

Yig`ladik, siqtadik, dod soldik, dunyoni buzgimiz keldi. Afsus, qo`limizdan boshqasi kelmadi. Bandasi shu ekan. Kuchi ko`z yoshiga, ovoziga etarkan. Keyin xuddi taslim bo`lgan askar singari mung`ayib, mo`ltirab, najot kutib yashashda davom etarkansiz.

Ichimdan to`kilib borayotgan bo`lsam-da, ota-onamga, kelinga madad bo`lishga tirishdim. Ular esa menga. Bir-birimizga sabr tilab, suyanch bo`lishdan nariga o`tolmadik. Vaqt har qanday dardning davosi. Qalbimiz o`pirilib ketayotgan bo`lsa-da, «Ortidan o`g`ilchasi qoldi-ku!» deya yupanch topdik, ovundik, bir-birimizga tasalli berdik.

Lekin mening yana bir kuyigim — kelinimda edi.

«Ukamning yilini bersak, kelinni ota-onasi olib ketsa, bola ham ketadi. Ota-onamning holi ne kecharkan?» deya g`amga botar, hech bir yo`lini topa olmasdim. Hozirdan ota-onamni shunga ko`niktirib boray desam, aytishga tilim ham bormaydi.

Shundagina ota-onalarimiz biz o`ylagandan kuchliroq, mardroq ekanligini bildim.

Shu bilan yaqinda ukamning yili oshini ham berdik. Kelinim esa miq etmay yuraverdi. Oxiri farz bo`lgani bois, ota-onamning o`zi so`rabdi. Kelinimiz yig`lab kirib ketibdi. Men borib yana og`iz ochdim.

Shundagina kelinim va bizning o`rtasizda uzilmas, mustahkam rishta borligini bu ham mehr, oqibat va sabr atalmish ekanligini angladim.

Shukrki, kelinim hozir uyda elib-yugurib ota-onamning xizmatini qilib yuribdi. Unga mehrimiz, muhabbatimiz cheksiz. Ota-onam har doim duoda. Men esa bu xatni kelinimga minnatdorchilik va tabrik sifatida yozdim. Yaqinda uning tug`ilgan kuni. Endi uni kelin, deyolmayman, singlim kabi yaqin menga. Singiljonim, ilohim tanu joningiz sog`, umringiz barakali bo`lsin! O`g`lingizning kamolini, yutug`ini, to`ylarini ko`ring. Hech narsadan kam bo`lmang! Sizni juda yaxshi ko`ramiz...»

Maktubni KAMINA oqqa ko`chirdi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: