Главная » Hikoyalar » Ko'zi ochiq ketgan ota ex essiz!
Ko'zi ochiq ketgan ota ex essiz!

Ko'zi ochiq ketgan ota ex essiz!

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Ko'zi ochiq ketgan ota ex essiz!
  • Дата релиза: 21-05-14, 10:39
Ko'zi ochiq ketgan ota ex essiz!
To'qsoninchi yillarning
boshlarida Toshkent xalqaro
aeroporti bojxona postida
Sarvar degan yigit xizmat
qilardi. U paytlarda hali xalqaro
aeroport "Toshkent Aero"
ixtisoslashgan bojxona
kompleksi sifatida tashkil
topmagan, balki Toshkent
shahar bojxona boshqarmasiga
bo'ysunardi.
Sarvarning bojxona xizmatiga
kelganiga bir yildan oshgan
bo'lib, o'z ishini hamkasblariga
nisbatan yaxshiroq uddalar va
shu bilan birga imkoni boricha
boshliqlar nazariga tushishga
harakat qilardi. Uning biror-bir
topshiriqni rad etganini yoki
o'sha topshiriqni bajarmaslik
uchun bahona axtarganini hech
kim eslay olmasdi. Shu orada
bojxona postiga yangi boshliq
tayinlandi.
Yangi boshliq Nodirjon
Rahimovich qo'l ostidagi
hodimlarni o'rganar ekan
Sarvarga alohida e'tibor berib,
uni zimdan kuzatdi.
Xalqaro aeroportning birinchi
qavati uchib keluvchilarni,
ikkinchi qavati esa uchib
ketayotganlarni nazoratdan
o'tkazishga mo'ljallangan. Ba'zi
paytlar chet elga ketayotgan
yoki chet eldan qaytayotgan
yo'lovchilarning reyslari bir
vaqtga to'g'ri kelib qolishi ham
mumkin. Bunday paytlarda
bojxona xodimlari darhol ikki
guruhga bo'linib, bir guruhi
keluvchilarni, ikkinchisi
ketayotganlarni bojxona
rasmiylashtiruvidan
o'tkazishardi. Bunday paytda ish
qat'iy tartib asosida olib borilar,
har bir hodim zimmasiga
yuklatilgan vazifani og'ishmay
ijro etishga harakat qilardi.
Bunday paytlarda Sarvar jon-
jahdi bilan ishlar, har bir
topshiriqni e'tirozga o'rin
qoldirmaydigan darajada
bajarardi. Shunday kunlarning
birida yangi boshliq Sarvarni
ancha kuzatdi. Chunki
Sarvarning yo'lovchilar bilan
ishlash uslubi g'alati bo'lib,
boshliq buni darhol payqagandi.
Odatda bojxona xodimlari
yo'lovchilar bilan rasmiy, lekin
xushmuomalalik bilan
muloqotda bo'lishga harakat
qiladilar. Har bir yo'lovchi bilan
sharoitdan kelib muomala qilish,
qo'pollikka yo'l qo'ymaslik bu
sohaning qat'iy talabi edi.
Ammo yo'lovchilar bilan
og'aynichalishlarcha
munosabatda bo'lish ham
mumkin emas. Sarvar esa bu
qoidani buzib, "Haymann"
rentgen apparatiga suyanib
olganicha, xuddi eski
qadrdonini uchratib qolgandek,
hozirgina chet eldan kelgan
yo'lovchi bilan
chaqchaqlashishga kirishib
ketardi. Bunday usul noto'g'ri
ekanligini Nodirjon Rahimovich
Sarvarga bir necha bor
tushuntirdi. Sarvar har safar
"Xo'p" dedi-yu, yana o'z
bilganidan qolmasdi. Bir gal
ham shunday bo'ldi. Navbatdagi
samolyot Toshkent xalqaro
aeroportiga kelib qo'nishi bilan
chet eldan uchib kelgan
yo'lovchilar bojxona
nazoratidan o'tkazila boshlandi.
Hamma ish bilan band. Post
boshlig'i hushyorlik bilan
xodimlar ishini kuzatardi. Shu
payt Sarvar ish joyini tashlab,
keng zalning boshqa tomoniga
o'tib ketdi. Sarvarni kuzatib
turgan post boshlig'i uning
orqa cho'ntagidan kichkina bir
narsa yerga tushib qolganini
ko'rdi. U o'rnidan turdi-da, hech
kimga sezdirmay, haligi tushib
qolgan narsani yerdan oldi.
Keyin yana joyiga qaytdi. Olgan
narsasini sezdirmay sekin
tekshirib ko'ra boshladi. Bu
o'sha paytlarda muomalada
bo'lgan besh ming Rossiya rubli
bo'lib, shunday ustalik bilan
buklab taxlangandiki, natijada
pul kichik barmoqning bir
bo'g'niga teng holatga kelgan
edi.
Ish tugadi. Yo'lovchilar o'tib
bo'lishdi. Nodirjon Rahimovich
hamon Sarvarni zimdan
kuzatishni qo'ymasdi. Hamma
ish joyini yig'ishtirib, ikkinchi
qavatga ko'tarila boshladi.
Faqatgina Sarvar negadir
bezovta holatda, nimanidir
qidirish bilan ovora edi. U
avvaliga cho'ntaklarini obdan
tekshirdi. Keyin rentgen
apparati atrofini va uning
taglarini ko'ra boshladi. Shu
payt post boshlig'i uning
tepasiga kelib:
- Ha, Sarvar, nimangni yo'qotib
qo'yding? - deb so'radi kinoyali
jilmayib. Sarvar kutilmagan bu
ovozdan bir sakrab tushdi.
- Haligi... anovi... ruchkamni
topolmayapman, - dedi so'ng
qizarib-bo'zarib.
- Ha-a, bitta ruchkaga
shunchami? Mana, manovi
ruchkani ola qol, menda yana
bor, - dedi Nodirjon Rahimovich
cho'ntagidagi ruchkani unga
uzatarkan.
- Yo'g'-e, o'rtoq mayor! K-
kerakmas!
Sarvar ruchkani olishni
istamasa-da, boshlig'ining qat'iy
talabidan so'ng, baribir,
ruchkani olishga majbur bo'ldi.
- Rahmat, o'rtoq boshliq. Mayli,
sizlar bazaga boraveringlar,
men apparatlarni o'chirib, keyin
chiqaman, - dedi u Nodirjon
Rahimovichdan ko'zlarini olib
qochib.
- Mayli, shunday qila qol, - dedi
boshliq va Sarvardan
uzoqlashib, xodimiga
sezdirmasdan yana uni
kuzatishda davom etdi.
Sarvar u yoq-bu yoqqa alanglab,
hech kim kuzatmayotganligiga
ishonch hosil qilgach, yerga
egilib shosha-pisha"Haymann"
apparatining tagidan nimanidir
axtara boshladi.
- Ha, hali ham o'sha
ruchkangdan ko'ngil
uzolmayapsanmi? - to'satdan
guldiragan bu ovozdan Sarvar
yalt etib ortiga o'girildi.
Tepasida turgan Nodirjon
Rahimovichga ko'zi tushib,
rangi oqarib ketdi. - Sen
ruchkani emas, mana buni
axtaryapsan, to'g'rimi? - so'radi
Nodirjon Rahimovich
cho'ntagidan o'sha barmoqdek
qilib buklangan besh
mingtalikni olib. - Ma, ol!
Sarvar nima qilishini bilmay
yerga qaradi. Nodirjon
Rahimovich majburlab pulni
unga tutqazdi.
- Endi men bilan yur, - dedi
so'ng o'zi oldinga o'tib yo'l
boshlarkan. Ular aeroport
binosidan chiqarishlari bilan yo'l
chetida turib tilanchilik
qilayotgan bir keksa kampirni
ko'rsatib:
- Haligi pulni mana shu ayolga
ber, - dedi Nodirjon Rahimovich
Sarvarga qarab.
Sarvar hayron bo'lib Nodirjon
Rahimovichga qaradi, so'ng
ikkilanibroq qo'lidagi pulni
kampirga uzatdi. Tilanchi
kampir umrida buncha katta
pulni ko'rmagan, shekilli,
avvaliga dovdirab qoldi, keyin
uzundan-uzoq duo qilishga
tushdi...
Oradan ikki yilcha vaqt o'tdi. Bu
orada Nodirjon Rahimovich
boshqa bir bojxona postiga
boshliq etib tayinlandi.
Kunlarning birida Sarvarning
tegishli xizmat xodimlari
tomonidan hibsga olingani
haqida xabar eshitdi. Keyin
ma'lum bo'lishicha, Sarvar
qing'ir ishini yana davom
ettirgan ekan.
Bir kuni Sarvarning otasi vafot
etganligini eshitgan Nodirjon
Rahimovich bir-ikkita
hamkasblari bilan uning uyiga
fotihaga borishdi. Sarvarning
uyi mahalla ichkarirog'ida
joylashgan bo'lib, xarobgina
ekan. Ularni Sarvarning onasi
kutib olib, ichkariga boshladi.
Bu ayolning siniqqan chehrasi,
g'am cho'kkan ko'zlariga qarab,
Nodirjon Rahimovich negadir
o'zini aybdor his etdi.
Sardorning qamalishiga go'yo
o'zini aybdordek
o'ng'aysizlandi.
Onasining aytishicha, Sarvar
qamoqqa olinganda uning otasi
og'ir ahvolda yotgan ekan.
Sarvarning qamalganligini otaga
bildirishmabdi. O'lim to'shagida
yotgan ota tinmay o'g'li Sarvarni
chaqiribdi. Jon berolmay
qiynalayotgan qariyani
tinchlantirish uchun
qarindoshlari Sarvarning
o'rtog'ini otaning yoniga
kirgizib, o'zini Sarvar deb
aytishini iltimos qilishibdi. Yigit
qariyaning yoniga kirib: "Otajon,
men o'g'lingiz Sarvarman",
deganda, necha kundan buyon
odam tanimay, alahsirab yotgan
chol birdan ko'zini ochibdi-yu,
tiniq va dadil ovoz bilan: "Chiq,
sen Sarvar emassan!" deya yana
hushidan ketibdi. Ertasi kuni esa
joni uzulibdi. Shu tariqa ota o'z
o'g'lini ko'rishga ilhaq bo'lib,
olamdan o'tibdi.
Onaning mungli hikoyasi
fotihaga kelganlarning boshini
ham qildi, Nodirjon Rahimovich
esa sekin ko'z yoshlarini artdi. U
hamon o'zini kechira olmasdi...
To'lqin Rahmonov
Bojxona xizmati polkovnigi

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: