Главная » Hikoyalar » Metroda bir qizni ko‘rdim, sevib qoldim (1- Qism)
Metroda bir qizni ko‘rdim, sevib qoldim (1- Qism)

Metroda bir qizni ko‘rdim, sevib qoldim (1- Qism)

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Metroda bir qizni ko‘rdim, sevib qoldim (1- Qism)
  • Дата релиза: 24-06-14, 11:25
Metroda bir qizni ko‘rdim, sevib qoldim (1- Qism)
Voqea asoschisi va
ijodkori MB Bekzod
Xo‘janazarov ya′ni
kamina tomonidan
yozilgan ushbu hikoya
avval ham saytga
kiritilgan va texnik
muammolar sabab
o‘chib ketgan edi.
Takliflar va ko‘pchilikka
yoqqani sabab qayta
joylashga qaror qildim.
Hikoya jami 5 qismdan
iborat ajoyib sevgi
qissasi asosida
yozilgan. Bugun faqat
birinchi qismini
o‘qishingiz mumkin.
Keyingi kunlarda
davomini kiritib
boraman.
Albatta o‘qishingizni
so‘rayman va erinmay
o‘qiganingiz uchun
rahmat aytaman
Metroda bir qizni
ko‘rdim, sevib qoldim…
1-qism
Hali tong otmagan. Soat
chamasi ertalabki
to‘rtdan o‘tgandi.
Uyqum qochib uyg‘onib
ketdim. Aslida uyquni
necha soat bo‘lsa ham
kanda qilmaydiganlar
xilidanman. Bu kecha
esa atigi uch soat
uxladim-u, lekin, ancha
tetik uyg‘ondim.
Ishim soat 8:30 da
boshlanadi. Men esa
soat oltidan ishga
otlanyapman. Balki,
bundanam ertaroq
chiqardim, afsuski,
metro tonggi oltidan
keyin yura boshlaydi-
da. Ozroq aylanib,
ertaroq ish boshlayman
deb o‘yladim.
O‘yladim, o‘ylagandim,
o‘ylayapman…
G‘alati kun. G‘alati
voqealar bilan
boshlandi. G‘alati
tuyg‘ular.
Eskalatordaman-u
tezroq tepaga
ko‘tarilishini
xohlayman,
shoshayotgan joyim
yo‘q, lekin nimadandir
kech
qolayotgandekman…
Qariyapman shekilli…
Ajoyib kun – Bolalar…
Sevimli taronalardan
bittasi.
Hursaaaaandman,
buuuuugun seeeeeeeni
ko‘o‘o‘o‘o‘ramaaaan…
Ulgurmadim… Kecha bir
qizni ko‘rgandim…
O‘sha qiz, metrodagi
go‘zal, aniq o‘sha qiz
edi. Sariq-pushti
aralash uzun ko‘ylak,
bahorda qiyg‘os
gullagan o‘rik daraxti
kabi. Unutib
bo‘larkanmi…
Ulgurmadim, u metro
poezdlaridan biriga
minib ketdi. Soat 7:00
ertaga ham shu yerda
kutaman.
Kutaman, kutgandim,
kutyapman…
Ish. Oddiy ish, yoqimli,
sirli… Maoshi ham kam,
demak, nima ishligi
haqida bilish ham qiziq
emas.
Metro. Odamzod
shunaqa, qayerdadir
yomonlikni xis qilsa
yaqinlashgisi kelmaydi,
yaxshilikni xis etsa
ketgisi kelmaydi. Bu
gaplarni eslashimga
sabab esa:
“Sevgi jonga ozor
beradi” – deyishardi…
Kamina esa sevgini
boshqacha xis etyapti…
O‘rik gullariga
ko‘milgandek. Oq-
pushti gullariga
termulib ko‘zni uza
olmayotgandek. Shoir
bo‘lganimdami… She’r
yozib ta’riflab
berardim…
Vaqt, tun, tong, kun,
metro, sevgi, o‘rik guli…
Sevgi jonga ozor
berarkan rostdan,
ko‘zga uyqu kelmaskan.
Orangizda sevgidan
kasallanganlar bo‘lsa,
ayting, gapim rost-mu,
yolg‘on-mu?!!
Ko‘rmadim. Uni
kechagina ko‘rgan
bekatimda bugun
ko‘rmadim. Balki, u
doim aynan shu vaqtda
o‘tmas, balki, u bir
martagina shu yo‘ldan
o‘tgandir… Balki, u ham
meni ko‘rib yoqtirib
qolgandir, shu sababli
uyalib mendan qochib
yurgandir…
Balki… Bo‘lishi
mumkindir, ozroq umid
bordir, orzularga
berilsa bo‘lar… Xullas,
balki so‘zi yurakka
tirgakmikan deb o‘ylab
qolaman ba’zida.
Metro. Hali ham uni
kutyapman. Boshqa
qiladigan ishim ham
yo‘q. Chunki, soat 7:00;
tong saharlab metroga
tushib olganman…
Sahar…
O‘sha sizmi o‘rik
gullarin,
Sevgan barno,
sevdirgan barno.
O‘rik gulli ko‘ylagin
kiyib,
Pinhon boqib lol turgan
barno.
O‘sha sizmi umr bo‘yi
men,
Eslaganim, eslatganim
yor.
O‘sha sizmi, ha o‘sha
sizsiz,
Talpinmaydi qalbim
bekordan-bekor…
– qo‘shiq matni
adashmasam
shunaqaroq edi, ajoyib
guruh… Meni sevgim
uchun yozilgandek
go‘yo…
Kelmadi. Uni ko‘ra
olmadim… Ishga
borishga bordim-u,
ishlagim kelmasdi. Rosa
jonga jafo bo‘ldi bu
sevgi…
Sovg‘a… Boshqalar
uchun bilmadim
qanaqa-yu, lekin,
menga o‘z qo‘llarim
bilan sovg‘a yasash
yoqadi. Chunki, sovg‘a
ko‘zni emas qalbni
quvnatishi kerak.
–Eshitganmisiz: “Nega
erkaklar tongda
ko‘ylaklari
dazmollanmaganidan
jaxllari chiqadi!?”
“Ayolini urushishga
bahona uchun…” –
deysizmi!?
–Adashasiz! Sevgan
yorini qo‘llari tekkan
ko‘ylakni kun bo‘yi
egnida kiyib yurish
baxtidan mosuvo
bo‘lganlaridan
g‘azablanishadi! – bu
gaplarni men o‘ylab
topmadim, yoringizdan
so‘rang qani, bular
yolg‘onmikan???
Bu tuyg‘u faqatgina
erkaklarga xos emas,
chunki, odamlar bir-
biriga qalban yaqin
bo‘ladilar. Balki, bu
tuyg‘u ayollarda
nisbatan ancha
yuqoriroqdir. Bekorga
ular nozik qalb
sohibalari emasdirlar.
Asosiy isbot esa:
“Dunyo olimlarining
fikricha, dunyo
odamlariga
“handmade” narsalar
juda yoqadi!”
Yaxshiyam internet bor.
Qilib ko‘rmaganlar
uchun tekin maslahat:
Internetdan sevgi
izhorlari, sevgi
voqealari, romantik
sovg‘alarni qidirishni
boshladim…Uch-
to‘rttasini tanlab,
kompyuterimda saqlab
qo‘ydim.
Uyga… Ko‘cha. Metro.
Ko‘cha. Yomg‘ir. Uni
o‘ylab ketayapman. Hali
bunchalik,
begonalardan kimnidir
o‘ylamagandim.
O‘ylamagandim, endi
o‘ylovdaman,
o‘ylayapman…Endi u
begona ham emas.
Itlar – odamzodning
haqiqiy sodiq do‘stlari…
–Ex, la’nati – qo‘rqitib
yubordi. Yuz qadamlar
naridagi “Suv sport
saroyi” ning qo‘riqchi
itlari yo‘ldan o‘tayotgan
bir qizga xurayotgan
ekan. Chiroyli qiz ekan,
itlar biladi kimga
xurishni!
Qizga yaqinlashganim
sari nafas olishim
sekinlashib borardi…
Bu o‘sha metrodagi
go‘zal, “O‘sha sizmi”
dagi o‘rik gulli ko‘ylakli
qiz edi…
O‘sha sizmi… Ha, o‘sha
sizsiz.
…O‘rik gulli ko‘ylagin
kiyib,
Pinhon boqib lol turgan
barno…
Lera… shu kuni juda
ko‘p narsalarga
tushunmadim, lekin,
shuni tushundimki,
o‘sha o‘rik gulli ko‘ylakli
qizning ismi Valeriya
ekan.
–Lera! – uning ortidan
bir qiz yugurib kelardi.
Rus qizi, ruschada
nimadirlar deb
qiyqirishdi, sakrashdi…
Bir chetda ularni
gapiga tushunmasdan
anqayib turgan
mendek oshiq-u
devonani ko‘rib, o‘rik
gulli ko‘ylakli qizning
o‘rtog‘i undan
ruschada – kim bu? –
deb so‘radi.
Lera javob berishga
ulgurmasdan
chaqqonlik qilib:
“Majnunman” – dedim.
Haydab
yuborishmaslaridan
sekin juftakni rostlab,
ketguncha sho‘xligim
ham tutib ketdi:
“Ladna Lera, do zavtra”
– deb zo‘rg‘a
bilganimcha ruscha
g‘udrandim.Tuni bilan
hayolimdan Leraning
hayrona bo‘lib qolgan
chexrasi-yu, uni
hazilomuz turtkilagan
o‘rtog‘ining qiliqlari
hech chiqmadi.
Majnunman-e…Ismim
bo‘lmasa ham laqabim
bor endi. Qayerdadir
“Majnun” yoki
“Majnunman” so‘zini
eshitib qolsa o‘girilib
qaraydi, mabodo ko‘zi
tushib qolsa sinchkovlik
bilan o‘qiydi…
Sovg‘a jo‘natish payti
keldi. Boshqa ne
qilarimni ham
bilmayman-da… Ruscha
bilmasam, borib gapira
olmasam. Oyni
uyaltirgan qiz “Tili
yo‘qni sevamanmi?” –
demaydimi… Yaqinda
shoir ham bo‘lib
ketsam ham ajab emas.
Rus qizi…Birovni qizini
yomonlash oson-da a!?
Rus qizi yomonmi?!
Mendan so‘rang, kimni
qizi yomon deng!!!
–Uyimda singlim bor.
Singildek akaga
mehribon topilmaydi
bu dunyoda.
Uning ko‘zidan yosh
tomsa, akaning tinchi
bo‘larmi! O‘zini dardini
unutib singlisini
o‘ylaydi…
Uning nomi buzulsa,
kalta-kulta kiyib,
ko‘zlarini o‘ynatib
ko‘chalardan o‘tganda
to‘p-to‘p erkak-u
yigitlar “iplarini
uzishsa” – akaning
yuragi tinch turarmi!
Mard yigitni yoriga,
opasi-yu singlisiga kim
suqlanib qarabdi!
“Kimni qizi yomon?” –
deb so‘raganmidiz.
Bilmadim, meni singlim
bor u juda yaxshi qiz.
Va ishonamanki, xuddi
mendek akalarning
ham xuddi menikidek
yaxshi opa, singillari
bor…
Rus tili… Necha yildan
beri o‘rganmadim.
Yoshligimda
o‘qituvchimiz stulni
ko‘tartirib qo‘yib
aytardilar: ‘Kerak
bo‘ladi! O‘qigin…’ – deb.
Kerak bo‘larkan, rus
tilini bilmadim-u, sevgi
kerak bo‘larkan. Rus
qiziga o‘zbekcha
o‘rgatishga to‘g‘ri
keladi endi…
Sovg‘a. Ilk sovg‘a. Kun
bo‘yi uni o‘yladim, nima
sovg‘a qilsam ekan.
Qanday qilib
topshirsam ekan…
Axiyri topdim.
Do‘konga kirib, o‘n blok
oddiy qog‘oz salfetka
oldim, endi o‘sha sizga
aytganim, yurakka
yaqinroq bo‘ladigan
“handmade” ni o‘z
qo’llarim bilan
yasayman.
Sevish kerak, sevilish
kerak!
Muhabbatni armonlar-u
azoblar, rashk-
alamlarning
ko‘chalarida adashtirish
kerak emas!
Sevgi azob berish
uchun emas, baxt
berish uchun keladi…
Gul… Oddiy qog‘oz
salfetkadan…
Shunaqasi ham bo‘ladi.
Ishonmaysizmi? Bir kun
salfetkadan gul
yasashni o‘rgataman
unda.
O‘n blok salfetkani
ichida besh yuz dona
bo‘ladi, qoq o‘rtasidan
kesilsa mingtaga yetadi.
Mayda ishligi uchun
ancha vaqt ketadi,
mingta gulni ikki kunda
yasab
tugatdim.Vaqtning
qancha ketishi muhim
emas, aslida, ishning
qanchalik go‘zal
qilinishi muhim…
Sizda ham shunaqami;
biror ishni juda
xohlasangiz qancha
vaqt ketishi-yu,
qiyinchilik uyoqda
tursin, ko‘zga uyqu
ham kelmaydi.
Bitirganimda soat
kechki birdan
oshgandi, internetga
kirdim, onlayndagi
do‘stlarimdan biridan
“Leraga” so‘zi ruschada
qanaqa bo‘lishini
o‘rganib oldim:
“Leru” bo‘lar ekan…
Chiroyli-a!?
Jami mingta gul
qo‘limda-yu, o‘rik gulli
ko‘ylakli qizni qayerdan
topaman endi???
Suv sport saroyi… Ikki
kun kutdim yo‘q. Yoki,
vaqtni noto‘g‘ri
hisobladim-mi, uni
uchrata olmadim…
Metro… O‘sha qaynoq
metro bekati. Tong…
Ishga otlanyapman-u
hayolim Lerada, Majnun
ham bunchalik Laylisini
qidirmagandir. Har
holda, metroda
tentiramaganligi aniq…
Majnundan ham
a’loman…
Maqtanmoqchimasman,
lekin, rostdan shunaqa.
Sevganlar, sevishganlar
bo‘lsa aytsin,
sevganingizga bir
donagina gul olib
borishni ba’zida
unutasiz to‘g‘rimi? Yoki,
sevganingiz gul olib
kelish o‘rniga, doim
boshingizni qayoqdagi
rashki bilan qotiradi,
shunaqa emasmi?
Keyin, Majnun hozirgi
“majnun”lardek faqat
siqilishni eplagan xolos.
Garchi, ijtimoiy
tarmoqlarda statuslar
yoza olmagan bo‘lsa
ham.
Metro poezdi kelib
qoldi… Ex hayollar…
Yana ishga otlandim.
Odat… Foydali bir
odatim bor. Buni
doktorlar
tasdiqlashganmi yo‘qmi
bilmadim, lekin, menga
juda asqotadi. Hozir
hamma kompyuterdan
foydalanadi, bu esa
ko‘zlarga ta’sir
etmasdan qolmaydi.
Men esa har metroga
tushganimda
ko‘zlarimni dam
oldiraman. Qanday
qilibmi?
–Unda sinab ko‘ring,
balki foydasi tegar;
metro poyezdining
o‘tirgichlari katta oyna
oldida joylashgan, o‘sha
oynaning o‘rtasida
joylashaman va
to‘g‘ridagi oynaning
narigi tomoniga
qarayman, u yerda ham
yana bitta oyna bor.
Undan ham nariga
qarayman… Cheksiz
qorong‘ulik paydo
bo‘ladi, ko‘zlarim birdan
tinchlanishni boshlaydi.
Boshqacha odam
emasman, mening ham
ikki donagina ko‘zim
bor. Siz ham sinab
ko‘ring keyin aytarsiz…
Hikoya muallifi Voqea
asoschisi va ijodkori MB
Bekzod Xo‘janazarov.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: