Главная » Hikoyalar » O'ch oqibati 2 (Ko'ngil ko'chalari)
O'ch oqibati 2 (Ko'ngil ko'chalari)

O'ch oqibati 2 (Ko'ngil ko'chalari)

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: O'ch oqibati 2 (Ko'ngil ko'chalari)
  • Дата релиза: 16-05-14, 00:51
O'ch oqibati 2 (Ko'ngil ko'chalari)
Jamila opa o'g'li to'qqiz, qizi
besh yoshga to'lar-to'lmas,
eridan judo bo'ldi. To'xtasin aka
tuman tashkilotlaridan biriga
rahbar edi. Yuqoridan bajarib
bo'lmaydigan har xil
topshiriqlar, ishlab turgan
korxonani bankrot holatiga
keltirish, qilmasa "ko'milgan"
oldi-berdisini yuzaga chiqarib,
uni rasvoyi olam etib, panjara
ortiga tiqish kabi po'pisa va
do'qlarga dosh berish ham kun
kelib odamni yiqitarkan.
To'xtasin aka avval insul't,
so'ngra infark bo'ldi. Nihoyat,
arizasini qabul qilishdi. Ishdan
bo'shadi. Oy o'tmas, yurak
chanagllab yorug' olamni ham
tark etdi.
To'xtasin aka olamdan o'tgach,
Jamila opa bozorda savdo bilan
shug'ullandi. Bolalarini yaxshi
kiydirdi, yedirdi. Qayta turmush
qurishni o'ylamadi. Onasi bir-
ikki erga tegmaysanmi, qabilida
gap qiluvdi. U "qaytib
ostonamga qadam bosmang",
deb jerkib tashladi. Shundan
so'ng bu xil takliflar, nomzodlar
aytilmadi.
Turdijon maktabning yuqori
sinfiga o'tib, onasiga qanot
bo'ldi. Birga bozorga chiqishar,
tovarga ham birga borishar,
qisqasi, o'qishni yig'ishtirib
qo'ydi. Norgul uyda yolg'iz
qolar, tabiiyki, ovunchog'i
televizor bo'lib qolgandi.
Ayniqsa, berilayotgan seriallar
unga juda yoqardi. O'ziyam
balog'at yoshida emasmi,
ko'rganlari unga qandaydir
ta'sirini o'tkaza boshladi.
Oqshomlari to'lg'onib chiqar,
uyg'ondimi, ko'zgudan nari
ketmay, qomatiga, kabutarday
uchishga chog'langan
siynalariga mahliyo bo'lib
termilardi.
Shu tariqa maktabni bitirdi.
Xushro'ygina emasmi,
xushtorlari bisyor edi. Ular
orasidan faqat Zarifgina
Norgulga yoqar, kunlarini
deyarli u bilan o'tkazar edi.
Ikkovlari birga bo'lishganda gap
mavzusi albatta, seriallarga
borib taqalar, keyin o'zlarining
kelgusi hayotlari haqida shirin
orzular qilishardi...
Jamila opa o'g'lini xolasining
qizi Masturaga uylantirdi.
To'ymisan-to'y, kelinmisan-kelin
bo'ldi. Mahallada salkam bir yil
ovozasi ketmadi. Chunki to'yda
taniqli qiziqchi Valijon
Shamshiyev ichakuzdi
hangomalari bilan hammaning
yig'ilib qolgan hasratlarini to'kib
tashladi. Qo'ni-qo'shnilar
ko'rishib qolgudek bo'lishsa,
bir-biriga hazil qilmay
ketisholmasdi... Nihoyat yillar
o'tdi. Ammo bu hovlida
chaqaloq yig'isi eshitilmas edi.
Bora-bora yosh oila qo'rg'oniga
darz keta boshladi. Mastura eri
yoki qaynonasi gapirsa ham,
gapirmasa ham onasinikiga
ketib qoladigan odat chiqardi.
Bir gal Turdijon Mastura
achchiqlanib ketayotganida
qo'liga erk berib, hammayog'ini
momataloq qildi. Shu-shu
Mastura qaytib onasinikiga
achchiqlanib ketmaydigan
bo'ldi. Chunki u Turdijonni sevar
edi. "Qaniydi farzandim
bo'lsaydi, erimni kaftimga
ko'tarardim", deya kechalari
ohu nolalar qilib chiqardi. Avval
Mastura davolandi. So'ngra
Turdijon. Eskicha o'qitib ham
ko'rishdi. Baribir farzand
bo'lmadi. Bir gal Turdijon
tajribali hakimga uchrashib,
tibbiy ko'rikdan o'tib, ochiq-
oydin suhbatlashdi. Ana shu
suhbat uning barcha
urinishlarini zoe ketkazdi...
* * *
O'qitishga qurbi yetmagan ona
Norgulniyam bozorga savdo
qilgani olib chiqadigan bo'ldi.
Endi Zarif bozorga ham tez-tez
borib turardi. Jamila opa va
Turdijonlar aksar hollarda u
yerda bo'lmas, Norgul yangasi
Mastura bilan savdo qilardi.
Zarifdan Norgulga sovchi keldi.
Jamila opa Mizrob akaning oilasi
yaxshiligi bois sovchini
qaytarmadi. Non sindirdi. Oldin
Zarifning opasini to'yi, keyin
ularniki o'tadigan bo'ldi. Chunki
kuyov bola Rossiyaga ishlashga
ketgan edi.
Keyingi paytlarda Zarif
Masturaga suqlanib qaraydigan
odat chiqardi. Qurg'ur Mastura
ham qaynisinglisidan ko'ra
go'zal, durkun edi-da! Bundan
tashqari, do'stlarining ilmoqli
gaplari uni Mastura sari
yetaklardi.
- Senga maza, jo'rajon! Bir o'q
bilan ikki quyoncha to'ringga
ilingan.
- Tushunmadim...
- O'sha hezalak Turdivoyning
xotinini aytyapmiz. Juvonmisan,
juvon-ey!
- Qo'ysanglar-chi?
Bora-bora Zarif ham
Masturaning visoliga yetish
uchun "qadam qo'ydi". Unga
shirin muomala qiladigan, ora-
chorada gap mavzusini
muhabbatga buradigan bo'ldi.
Fursat kelganda esa ko'nglini
ochdi.
- Hey, turqing qursin! Erim
borligini, unga xiyonat
qilmasligimni bilmaysanmi? -
Mastura Zarifning "sevgi
izhori"ga tarsaki bilan javob
qaytardi. Ammo uyatni
yig'ishtirib qo'ygan Zarifning
ahdidan qaytish niyati yo'q edi.
- Nima bo'pti, axir, siz er kishini
sog'inib yashayapsiz, tirchoqqa
zorsiz. Keling, bir tavakkal
qilaylik. Axir, kinolardayam
shunaqa qilishadi-ku.
Mastura Zarifni urushib-so'kib
haydadi. Biroq u otgan o'q
nishonga bexato tekkandi.
Mastura ham yigitni tez-tez
o'ylaydigan, yo'llariga
termiladigan bo'ldi. Kunlarning
birida ikkovlari yolg'iz qolishga
imkon paydo bo'lgach, bir-
birlariga ko'nglidagisini oshkor
etdi. Ertasiga uchrashishga
kelishib olishdi. Chunki Turdijon
va Jamila opa Toshkentga
"tovar"ga ketishardi. Tushga
yaqin yanga-singil yonida Zarif
paydo bo'ldi. Birozdan so'ng
Masturaning boshi og'rib qoldi.
Sal o'tib, yigit ham zarur ishi
borligini aytib, shipillagancha
Masturaning ortidan jo'nadi.
Bozorda Norgul yolg'iz qoldi. Bu
hol ko'p o'tmay yana
takrorlandi. Yana... Yana... Xullas,
Masturaning bo'yida bo'lib
qoldi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: