Главная » Hikoyalar » O'ch oqibati 4 (Oq ajal)
O'ch oqibati 4 (Oq ajal)

O'ch oqibati 4 (Oq ajal)

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: O'ch oqibati 4 (Oq ajal)
  • Дата релиза: 16-05-14, 00:52
O'ch oqibati 4 (Oq ajal)
Tergovchi kalavaning uchi Zarif
Nekovga taqalishini bilmagan
edi. U haqda na marhumning
xotini, yaqinlari va na Turdijon
gapirdi. Bundan keyin ham
gapirmasligi ayon edi. Zarif
ularning arpasini xom
o'rmagan. Doimo qo'li ko'ksida,
salom-alikni kanda qilmasdi.
Ayniqsa, Bog'dagul Yormatga
"O'g'limiz ham ana shunday
o'ktam yigitga o'xshashini
istardim", derdi uni har
ko'rganda. Yormat ham sirtiga
chiqarmasa-da, ma'qullab
qo'yardi. Turdijonning esa
mehri bo'lakcha edi. Singlisi
bilan gaplashib yurganini
eshitsa ham, bilmaganga olardi.
Orzu qilgan edi: shunday kuyovi
bo'lishini. Hammasi Masturaning
uni bepichoq so'yib, keyin
ustidan kulgani yigitlik g'ururini
poymol qildi. Tergovchi
Solijonov bundan qanday xabar
topdi?!
Teshik quloq yaxshimi yo
yomonmi xabarni tez ilg'aydi.
Solijonov marhum Yormat
Mahkamovning fojiali o'limi
yuzasidan surishtiruv ishlarini
olib bordi. U mahallada bo'lib,
kattami-kichikmi, uchragan
kishisi bilan suhbatlashdi.
Suhbatdoshlaridan biri Zarif
Turdijonning xotini Mastura
bilan "aloqasi" borligini bilmay
aytib qo'ydi. Shundan so'ng,
tergovchi bo'lim boshlig'iga
Zarif Nekovni kuzatuvga olish
kerakligini maslahat berdi.
* * *
Turdijon xotinining homilasidan
shubhalanganini yashirmadi. U
onasiga tanish hakimning
gapini yig'lab-yig'lab aytdi.
"Bo'lishi mumkin emas", deb
Jamila opa ham yig'ladi. Salkam
sakkiz yillik kutgan nabirasi
sarob bo'lib chiqsa. O'g'lining
taqdiriga, qismatiga achindi...
Ertasi kuni ona-o'g'il "senary"
tuzdi. Ya'ni ikkovlari Toshkentga
ketadigan, ammo o'g'li bormay,
qaytib keladigan bo'ldi. Jamila
opani avtobusga o'tkazib,
Turdijon iziga qaytdi. Keyin u
bozorga bordi. Uzoqdan
xotinini kuzatdi. Tushga yaqin
xotini va singlisining oldiga Zarif
keldi. Bir pasdan so'ng Mastura,
ketidan Zarif allaqayoqqa yo'l
oldi.
- Maraz!!! Ablah!!! Qanj... -
Turdijonning qoni qaynab ketdi.
Qo'llari musht bo'ldi. Ko'zlaridan
o't chaqnab "mahluq"qa aylandi.
Mabodo, Zarif yonida bo'lsa
bormi, do'stini
chavaqlashganday, uni ham shu
ko'yga solardi. Undan ham
battar qilardi. Ho'kizday
bo'g'izlab, kalla-poychaga
ajratardi. Yaxshiyamki, o'zini
qo'lga oldi. Axir u bu
sharmandalarni fosh etishga
"isbot" kerak edi-da. Keyin
o'ldiradi.
Mastura bilan Zarifning ketidan
izma-iz kelayotgan Turdijon
ularning jin ko'chadagi uylardan
biriga quchoqlashib kirganini
ko'rib, butunlay tamom bo'ldi.
- Onangni...
Turdijon pichoqni qinidan
chiqardi. Ostonaga
yaqinlashgan ham ediki, kimdir
epchillik bilan qo'lini qayirdi.
O'girilib qarasa, formali kishilar...
Keyin xonadonga bostirib
kirishdi-yu... kir to'shakda
yotgan ikki yalang'och tanaga
ko'zlari tushdi...
* * *
Tergovchining oxirgi savoli
Zarifni seskantirib yubordi.
Lekin u o'zini erkin tutdi.
- Otangizni do'pposlaganlardan
o'ch olmadingizmi? Masalan,
marhum Yormat
Mahkamovdan?!
- Olmoqchi edim... Afsuski...
- Kechikibman, demoqchisiz-da!
- Yo'q. Shunchaki... Qisqasi,
o'sha oqshom do'stim bilan
otamni tirgab olib keldik.
- Mizrob akaning aytishicha,
oshxonani saranjomlab, keyin
o'zi ketgan ekan-ku?
- E, ha...
- Yashirmasdan aytsangiz
jazoyingiz yengillashadi. Yana
Turdijonning oilasi.
Zarif o'ylanib qoldi. Tez-tez uf
tortgandanmi, yuragi siqilib,
ko'ylagining tugmasini yechdi.
Solijonov mineral suvdan
piyolaga quyib uzatdi. Biroz
o'ziga keldi.
- Keyingi paytlarda ko'p
qisiladigan bo'ldim.
Asabdanmikin?
- Shokirovaning homilasi... Yana
marhum Yormat Mahkamovning
o'limi...
- Hammasi Nurmamatdan
chiqdi, - Zarif yorildi. Qotillik
tafsilotlarini hikoya qildi. Hatto
Nurmamatning qamalishiga
Yormat sababchiligini ham
yashirmadi.
* * *
Viloyat IIB Mahsu guruhi yana
ishga kirishdi. Bu gal guruh
Nurmamat Qazoqovning
ketidan tushgan edi. Nurmamat
o'zi bilmagan holda ichki ishlar
xodimlarini "ergashtirib", "oq
ajal" kur'eri hisoblangan
Melixonning to'dasiga boshlab
bordi...

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: