Главная » Hikoyalar » "O'g'limga gapirishga qo'rqaman".
"O'g'limga gapirishga qo'rqaman".

"O'g'limga gapirishga qo'rqaman".

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: "O'g'limga gapirishga qo'rqaman".
  • Дата релиза: 16-05-14, 12:53
"O'g'limga gapirishga qo'rqaman".
- Vaqti kelganda inson o'z
bolasiga gaprishga ham qo'rqib
qolar ekan. O'g'lim bolaligidan
juda og'ir-bosiq va yuvoshgina
bo'lib o'sdi. "Hamma bolamdan
eng aqllisi shu bo'ladi", deb
o'ylardim. Afsuski, erta
quvongan ekanman. O'g'lim
balog'at ostonasiga qadam
qo'ydi-yu, fe'l-atvori o'zgardi-
qoldi.
Qo'rs, bitta gapirsangiz, o'nta
javob qaytaradigan jizzaki
bolaga aylandi. Dadasi ikkimiz
avvaliga: "Hozir o'tish davrida,
vaqt o'tsa, bosilib qolar", deya
o'zimizga tasalli berib
kelayotgandik. Ammo vaqt
o'tgani sari u bosilish o'rniga
battar jizzaki bo'lib boryapti.
Ayniqsa, dadasi bilan hech
chiqishmaydi. Xo'jayinim yaxshi
gapirsa ham, yomon gapirsa
ham, ters javob beradi yoki
siltab tashlaydi. Shunday
paytlarda dadasi zo'rg'a o'zini
bosadi. "Axiyri shu bolangni bir
balo qilib tashlayman-da", deydi
menga alamdan bo'g'riqib. Men
ularni murosaga keltirishga
urinaman. Tortishib qolishsa,
darrov o'rtaga tushib, vaziyatni
yumshatishga harakat qilaman.
Biror joyga chiqsam, ota-bola
urishib qolishmasin, deb
qorovuldek uzzukun uyda
o'tirishdan ham charchadim.
Men-ku, onaman, bolam siltab
tashlasa ham, kechirib
ketaveraman. Ammo erkak kishi
buni ko'tarolmas ekan.
Xo'jayinim juda asabiy bo'lib
qoldi. Nima qilishga hayronman.
Menga maslahat bering.
Inobat
Qashqadaryo viloyati
- Albatta, o'tish davrida har bir
bolaning fe'l-atvorida o'zgarish
bo'lishi tabiiy. Lekin me'yoridan
oshgan holat kasallik sanaladi.
O'g'lingiz bolaligida juda qattiq
tushkunlikka tushgan bo'lishi
mumkin. Yoki dadasi uni bilib-
bilmay qattiq ranjitib qo'ygan.
Balog'atga yetish davrida bola
ruhiyatini shikastlangan ezgin
holatlar ikki barobar kuchayib
ketadi. Bu juda yomon
oqibatlarga olib kelishi ham
hech gap emas. Shu bois siz
bolangizning ruhiyatini xira
qilib turgan o'sha ezgin holatni
aniqlang va bolangiz bilan
do'stona munosabatga
kirishing. Ota-ona, avvalo,
bolaning ishonchini qozongan
bo'lishi, u har qanday vaziyatda
ham ota-onasiga o'z
muammolari haqida bemalol
ayta olishi kerak. Sizda esa
bolangiz to balog'atga
yetgunicha o'rtadagi mana shu
ko'prik bo'lmagan. Agar
yoshligidanoq o'g'lingiz bilan
do'stona munosabatga
kirishganingizda edi, hozir bu
qadar qiyin vaziyatga tushib
qolmagan bo'lardingiz. Ammo
hali ham kech emas.
O'g'lingizga yoshligida
berolmagan mehringizni hozir
yetkazish vaqti keldi.
Hazon
Hurmatli saytdoshlar, sizda ham
biror maishiy muammo paydo
bo'lgan bo'lsa va unga yechim
topishda qiynalayotgan
bo'lsangiz, bizga info
(at)hazon.uz elektron manziliga
yoki (99894) 122-60-02
raqamiga maktub yozing.
Malakali psixologlar
muammolaringizni hal etishda
sizga yaqindan ko'mak beradi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: