Главная » Hikoyalar » O'gay ona zug'umi
O'gay ona zug'umi

O'gay ona zug'umi

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: O'gay ona zug'umi
  • Дата релиза: 19-05-14, 11:47
O'gay ona zug'umi
Ayollarning o'gay o'g'li yoki qiziga yetkazgan jabrlarini kinolarda ko'p ko'rganmiz. Biroq hayotda ham shunday onalar borligi kishini hayratga soladi. Salima opa umri davomida ko'p qiyinchilik ko'rgan, rahmatli eri tirikligida uning mushtidan ko'karmagan yeri qolmagan.

Necha o'lib, necha tirildi. Ammo hammasiga chidadi. Sabrning tagi oltin, deganlaridek, uning ham huzur-halovatli kunlari keldi. Farzandlari yoniga kirib, o'qimishli, toparman-tutarmon bo'ldi. Bugun nevara-chevaralari davrasida hayot gashtini surmoqda. Bu ayolni bejiz eslamadim. U xotini olamdan o'tgan kishiga turmushga chiqqan. Turmush o'rtog'ining avvalgi ayolidan ikki o'g'li qolgandi. O'shanda kattasi to'rt yosh, kichigi esa endi ikki yoshga kirgandi. U o'gaylik qilmadi. Bolalar bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berdi. O'zi yemadi, kiymadi, topganini shularga ilindi. Yetimlikni yuziga solmadi. Ayrim ayollar farzand ko'rgach, o'gay bolalarini azoblab, qiynoqqa soladi. Salima opa unday qilmadi. Ketma-ket uch qiz, bir o'g'il ko'rdi. Hammasini o'qitdi, uyli-joyli qildi. U kishini eslashimning boisi, taqdiri biz qalamga olmoqchi bo'lgan ayolniki bilan hamohangdir. Ammo-fe'l atvori aksincha.Mohigul o'rta maktabni tugatib, oliy ma'lumotli bo'lish maqsadida hujjatlarini pedagogika institutiga topshirdi. Ammo test sinovlaridan o'tolmagach, uyiga borishni o'ziga ep bilmadi. Ikki kun shahardagi uyda diqqinafas bo'lib o'tirdi. Uchinchi kuni o'ziga hamroh topish ilinjida tashqariga yo'l oldi. Shu-shu Mohigul ko'cha qiziga aylanib qoldi. Tushgacha xonada dimiqib yotar, so'ngra shaharning so'lim joylarini sayr qilardi. Yolg'iz emas, albatta. Yigiti Ismatillo bilan. Ana shunday baxtli kunlarning birida, ular ehtiroslarini jilovlay olishmadi. Keyin oila qurishga ahd qilishdi. Biroq yigitning bir muammosi bor edi. U ilgari uylangandi. Xotini o'lib, ikki farzandi qolgan edi. Ismatillo o'ylab-o'ylab oxiri Mohigulga "yorildi". Ayol ushbu xabarni sovuq kutib olibgina qolmay, orani ochiq qildi. Lash-lushini yig'ishtirib, qishlog'iga jo'nab ketdi.Ismatillo qidirib-qidirib Mohigulning uyini topdi. Sovchilar jo'natdi. Mohigul uydagilariga rad javobi berishni tayinladi. Biroq oylar o'tgani sayin uning qorni do'ppaya boshladi. Shunda noiloj Ismatilloga turmushga chiqishga majbur bo'ldi.Oilada qizaloq tug'ildi. Shundan so'ng Mohigulning o'gay bolalari ko'ziga yomon ko'rina boshladi. Ular orqali eridan o'ch olishni ko'ngliga tugib qo'ydi. Hatto onasining: "Qizim, ering yaxshi odam ekan, farzandlariga azob berma. Aksincha, mehr-muhabbat ko'rsat!" degan so'zlarini ham e'tiborga olmadi. U avvaliga bolalarni otasiga yomonlab, nafrat uchqunlarini alangalatdi. Keyin esa qiynoqlar usulini o'zi xohlagancha amalga oshiraverdi. Bolakaylar uning zug'umidan zirillaydigan bo'lib qolishdi. Hatto kichkinasi o'gay onani ko'rsa ishtonchasini ho'llaydigan odat chiqardi. Bu esa Mohigulga qo'l keldi. Erining oldida: "Agar yana shunday qilsang ta'ziringni beraman", deb kaltaklaydigan odat chiqardi. Eri yo'q paytda esa qo'lini qayirib, to'g'ri kelgan joyiga musht tushirardi. Kattasiga ham shu kabi azoblarni berardi. Ismatillo uyda bo'lmasa tamom. Qo'liga nima ilinsa otar va ayamay savalardi. Kurakda turmaydigan so'zlar bilan haqoratlab, qo'rqitardi. Shirinliklar u yoqda tursin, hatto tuzukroq ovqat ham bermas edi. Bolalar och-yupun yurishardi. Otasi o'gay onani bir og'iz tergamasdi. Agar koyisa gap bilan uzib olardi. Urgudek bo'lsa lash-lushini yig'ishtirib, "ketaman"ga tushib qolardi.

Bir gal Mohigul ovqat qilayotganida Nodirni oldiga chaqirib, kapgir bilan beliga bir necha bor urdi. Bola sho'rlikning orqasi ko'karib ketdi. "Agar otangga yoki amakilaringga aytsang kuningni ko'rsataman", deb uni qo'rqitdi.

Buvisi kichik nevarasi Shohruxni uyiga olib ketdi. U tuni bilan "voy qo'lim"lab yig'lab chiqdi. Ertalab undan so'raganida onasi qo'lini qanday qayirib, urganini ko'rsatib berdi. Shifokor Shohruxning qo'li singanini aytgach, uni viloyat bolalar kasalxonasiga yotqizishdi.

Ko'ngli notinch bo'lgani uchun buvi to'ng'ich nabirasini ko'rishga maktab bordi. Sinf rahbari Nodirbekni zalga olib chiqdi. Nevarasini bag'riga bosmoqchi bo'lganida u qochib, yig'lab yubordi. Shu payt Nodirbekni bosh kiyimi ko'tarilib ketdi. Uning qulog'i ko'karib, qontalash bo'lib qolgandi. Nodirbekdan nima bo'ldi, deb so'raganida yig'lab sinfga kirib ketdi. O'qituvchi onasi urganini aytdi.

Shundan keyin buvi to'g'ri tuman IIBga borib, ariza yozdi. Uni navbatchilik qismiga topshirgan edi. Ichki ishlar bo'limi hodimlari nevarasini sud-tibbiy ekspertizasidan o'tkazish uchun yo'llanma berishdi. Buvisi Nodirbekni ekspertizadan o'tkazib, uyiga olib bordi.

Sud Mohigulni qilmishidan pushaymonligini inobatga oldi. Uni onalalik huquqi, hatto, bolalarning otasi bo'lgan Ismatilloni ham otalik huquqidan mahrum qildi. Nodirbek va Shohrux buvisi bilan yashaydigan bo'ldi. Buvi ularni qizimdan qolgan yodgorligim, deya bag'riga bosdi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: