Главная » Hikoyalar » O`zingizni kashf eting: BIR O`RAM PUL TOPIB OLSAM...
O`zingizni kashf eting: BIR O`RAM PUL TOPIB OLSAM...

O`zingizni kashf eting: BIR O`RAM PUL TOPIB OLSAM...

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: O`zingizni kashf eting: BIR O`RAM PUL TOPIB OLSAM...
  • Дата релиза: 17-09-17, 14:00
O`zingizni kashf eting: BIR O`RAM PUL TOPIB OLSAM...
Rivoyat qilishlaricha bir yigit o`n yil urinib, bir necha qadam naridan turib otib, ignadan ip o`tkazish mahoratini egallabdi. Kunlarning birida o`z hunari bilan maqtanib, buni shohga namoyish etishga jur`at etibdi. Shoh esa bundan hayratlanib, hazinabonga yigitning ushbu hunari uchun unga ellik tillo berishini, jallodga esa yigitning ayni shu hunari uchun ellik darra urishni buyuribdi.

Shohning bunday munosabatidan hayratlangan yigit buning sababini so`raganida shoh: “Sen hozir o`n yil umringni sarflab, hech kim qilolmaydigan ishni qilganingdan hayratlandim va ellik tilloga loyiq bildim. Lekin bu ellik tilloga loyiq ish uchun umringning shuncha yilini sarflabsanu buning hech kimga foydasi yo`qligini anglamabsan, bundan g`azablandim va ellik darra urishga buyurdim”, degan ekan...

Darhaqiqat, bugun hayot tashvishlari bilan band bo`lmagan kishini uchratish qiyin. Tashvishlar esa aksar hollarda moddiy manfaatlar bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Manfaatlarimizni ta`minlayotgan kasbimiz ellik tilla topa olishini emas, atrofdagilarga qay yo`sinda foyda berayotgani va ellik darraga loyiq bo`lib qolmasligi xususida fikr yuritganmisiz hech?

Kishi tabiati ba`zan shunday kayfiyatga keladiki, o`zi surgan xayollarga beixtiyor qul bo`lib qoladi. Masalan, deysizmi? Aytaylik, yo`lda keta turib bir o`ram pul topib oldingiz, yoki qimmatbaho tilla taqinchoq. Xo`sh, siz undan qanchalik quvonishingizni baholay olasizmi? Kimniki deb so`rash odobini-ku bilasiz, lekin ba`zan buni eslamaslikka urinib, sekin atrofga muralab, ketishda tushadiganlar ham yo`q emas. To`g`ri-da, hozir kimniki deb so`rashga ham qo`rqadi kishi. Bozordan topib olsangiz, bir dasta pulni ko`tarib kimniki deb ko`ringchi...

Ana endi shu holatning teskarisi bo`lsa-chi, ya`ni bir o`ram pulingiz yoxud tilla buyumingizni yo`qotib qo`ysangiz, qanchalik qayg`urishingizni ta`riflab ko`ring-chi? Kimning qo`lida pul yoki yo`qotgan buyumingizga o`xshagan buyum ko`rsangiz, shubhalana boshlaysiz. Demak, topsangiz, quvonasiz, yo`qotsangiz qayg`urasiz.

Bunday paytda qo`lingizdan oxirgi keladigan ish avvalo “Odamlar insofli, topib olsa, olib kelib beradi”, deysiz. Biroz vaqt o`tgach, “Kim topgan bo`lsa ham, insof o`ziga bersin”, deysiz. Topilmagach esa “Bosh, ko`zimdan...”, deysiz. (Buyumni egasiga qaytarishni o`ylaydigan kishilar qanchalik kam uchrasa, yo`qotgan buyumini qaytarib olib kelishini istaydiganlar shunchalik ko`pligi sir emas.) Lekin biz har ikki holatda ham nafsimiz oldida ojiz ekanimizni oshkor qilib qo`yishimiz mumkin ekan.

Mol-davlat quvontirsa...

Rivoyatlarga ko`ra Hazrati Hoja Ahror valega savdo karvon yo`lda kela turib, qaroqchilarga duch kelgani haqida xabar berishadi. Vale hazratlari bosiqlik bilan “Xudoga shukr!” deb javob qilibdi. Biroz vaq o`tib, xabarchi Hazratga “Qaroqchi urgan karvon sizniki emas ekan”, deganida Hoja Ahror yana bosiqlik bilan “Xudoga shukr!” deb qo`ygan ekan. Valening javobidan taajjublangan xabarchi bunday javob berishining sababini so`raganida, u kishi: “Avvaliga karvoningizni qaroqchi urdi”, deganingizga qalbimga nazar soldim, qalbim ketgan mol uchun qayg`urmadi. Demak molu davlatga hirs qo`ymabman “Xudoga shukr!” dedim.

Keyin kelib qaroqchi olgan karvon sizniki emas deganingizda, yana qalbimga nazar qildim, qalbim omon qolgan mol uchun quvonmadi, “Xudoga shukr!” dedim”, deya javob bergan ekan.

“Pul bo`lsa, changalda shurva”...mi?

Nemis xalqida bir maqol bor: “Pulni topa olgan kishi aqlli emas, uni sarflay olgan kishi aqllidir”. Hech e`tibor qilganmisiz? Aksariyat badavlat kishilar qancha pul sarflasa ham zoriqishmaydi, aksariyat kambag`al kishilar qancha iqtisod qilishsa ham boyib ketishi qiyin bo`ladi. Puldan muhim narsalar ko`p, lekin pulsiz iloji yo`q, degan fikrlarni inkor etmaymiz. Ammo barchasidan ulug` ne`mat — xotirjamlik va salomatlikdir.

Boylikni xotirjamlik va salomatlik manbaiga ham ta`siri bor-ku, deyishingiz mumkin. Albatta ushbu haqiqat har kimning vaziyatiga qarab o`zgarib boradi. Odamzod qo`liga mol dunyo kelib, ishi yurishib tursa, xursand, xotirjam bo`ladi. «Omadim keldi, Xudo meni suygani uchun mol-dunyoni behisob berib qo`ydi», deya xayol suradi. Go`yo sog`ligida ham kamchilik yo`qdek xursand bo`ladi.

Bunday hol toki u zoriqishsiz yashashga o`rganmagunicha davom etishi mumkin. Chunki ikkinchi sinovga duch kelishini unutgan kishi bu holatni sinov emas, omadsizlik deb qabul qiladi. Puli kamayib qolsa, yoki mol-dunyo kelishi to`xtasa tushkunlikka tushib, vahima bosadi: «Xudoga qaysidir ishim yoqmapti, shuning uchun meni boylikdan qisib qo`ydi, rizqimni kamaytirib qo`ydi», deb o`ylab qoladi kishi. Ba`zan «Yotib egani tog` ham chidamas ekan», ba`zan “Chuv tushirsa-chi, aldab ketsa-chi, zo`rlik bilan tortib olsa-chi?” degan xavf-xatarlar ham hamla qilib turadi.

Hattoki o`zi to`plagan boyligini ishonchli deb jamg`arma sifatida banklarda saqlayotgan kishi ham ba`zan ushbu pullarning ishonchli saqlanishiga ham shubha bilan qaray boshlaydi, bu ham haqiqat.

Xullas, bular badavlat kishining halovatini o`g`irlab, oromidan mahrum qiladigan, sochidagi oqlarni ko`paytiradigan muammolarning bir ulushi bo`lib, shu o`ylar ta`sirida jazavaga tushishi ham mumkin. Demak, boylik bilan inson qachon ruhiy xotirjamlikni ham, sog`likni ham, hattaoki changalida shurvani ham tutib turolmas ekan. Dunyodan haqimni olaman deb ming chiranmang, peshonangizga yozilganidan ortig`iga qo`l urolmas ekansiz. Siz bilib bilmay qo`l urgan ortig`i esa birda bo`lmasa, birda o`z joyini topib chiqib ketadi, yoki shubhangiz bormi? Endi ko`zguga boqingchi, siz sinovning boylik bosqichidamisiz yoki nochorlik? O`zingizni kashf etingi!

Abdulaziz RUSTAM o`g`li
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: