Главная » Hikoyalar » Sizni sog'insa bir qiz...
Sizni sog'insa bir qiz...

Sizni sog'insa bir qiz...

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Sizni sog'insa bir qiz...
  • Дата релиза: 07-06-14, 20:55
Sizni sog'insa bir qiz...
Sevgi, muhabbat, ishq... Yozilishi,
aytilishi turlicha, lekin zamirida
bu dunyoning eng go'zal
tuyg'usi jo bo'lgan bu so'zlar bir
nafasda og'izdan chiqib ketadi.
Lekin "sevgan" degan sifatga
ega bo'lish, "muhabbatli",
"ishqli" degan tushunchalarning
mas'uliyatini ko'tarish uchun
juda katta yurak kerak bo'ladi.
Qadim ajdodlarimizning oshiq,
ma'shuqlik haqidagi qissalari,
dostonlarini o'qib ko'rganmiz.
Oshiq bo'lgan qahramonlar o'z
mahbubasiga yetishish uchun
qanchadan qancha mashaqqat
yo'llarini bosib o'tishadi. Tog'
kesishadi, qush uchsa qanoti
kuyadigan dashtu sahrolarga
suv chiqaradilar. Devlar, ajdarlar
bilan olishadilar...
Bu - bejiz emas, albatta! Ertak,
doston, qissalarda eng go'zal
orzular yashaydi. O'sha qadim
asarlar yaratuvchilari
oshiqlikning katta imtihon, katta
sinov ekanligini aytmoqchi
bo'lishadi. Bu maqomga
yetishish uchun kamida
Otabekday uch devday odamga
qarshi yakka o'zi jangga kira
oladigan jasorat, kamida Anvar
mirzonikidek xonning oldiga
kirib boradigandek: "O'luvdan
ham qaytmaysan", degan zaharli
so'roqqa munosib javob bera
oladigan shahd kerak bo'ladi.
Ozmi-ko'pmi yashagan
hayotimizda muhabbat bilan
bog'liq, juda "jasorat" deb
aytish mumkin bo'lmasa-da,
shunga yaqin voqealarni
ko'rdik. Deylik, Salim ismli yigit
Madina ismli qizga ko'ngil
qo'yadi. Qizning ota-onasi:
- Sen qishloqdan kelib ishlab
yurgan bir paxsakash bo'lsang.
(Yigit uy quradigan usta bo'ladi)
Mening qizim yog' ichida yayrab
o'sgan (qizning otasi qassob
bo'ladi). Senga bermayman, xor
bo'ladi, - deydi-da bir
boyvachchaga uzatib yuboradi.
Yigit yonadi, kuyadi. Ariza berib
armiyaga ketadi. U paytlar
harbiy xizmat uch yillik ekan.
Yigit uch yilda harbiy xizmatdan
qaytib kelsa, Madina egiz
farzandlari bilan ota uyiga
qaytib kelib o'tirgan ekan.
Boyvachcha nashavand ekan,
Madinani kaltaklayverib, jonidan
to'ydirgach, uyiga qochib
kelgan ekan.
Salim avval juda katta
mashaqqatlar bilan ota-onasini
ko'ndiradi. Bo'y yigitga ikki
bolalik juvonni olib berishga qay
ota-ona ham ko'nardi? Lekin
farzand ekan, ko'ngil ekan,
yuraklarining ustiga bir musht
urib ko'nishadi. Salim bir paytlar
o'zi ko'ngil qo'ygan, hali hanuz
sevadigan qiziga uylanadi.
Farzandi bilan birga uyiga olib
keladi. Qizning otasi:
- Hech qachon juvonga
uylanganini yuziga solmasang,
dilini og'ritmasang, bolalariga
o'gaylik qilmasanggina
beraman. Bo'lmasa o'lgunimcha
o'zim otalik qilaman. O'lsam,
ukalariga shuni vasiyat qilib
ketaman, - deydi. Yigit rozi
bo'ladi. To umrining oxirigacha,
ba'zan tengdoshlarining
kesatqilariga qaramay Madinaga
mehr-muhabbat ko'rsatib
yashaydi.
Lekin bu tarzdagi voqealar
hayotda ko'p ham uchramaydi.
Hamma sevgining nihoyasi
baxtga, sadoqatga borib
tutashavermaydi. Komil ismli
yigit Barno ismli qizga birinchi
kursdayoq ko'ngil qo'yadi.
Ikkovlari oydin kechalarda bir-
biriga she'r aytgan, bir-biriga
shamollarni ravo ko'rmagan... U
paytlari talabalar uzoq-uzoq
paytlar paxta terimida bo'lar edi.
Kunlarning birida paxtada qiz
ko'richak bo'lib qoladi. Uni
dashtda paxta terib yurgan
joyidan tuman kasalxonasiga
olib kelib operasiya qilishadi.
Komil uni ko'rish, bir marta hol
so'rab kelish uchun 20 kilometr
piyoda yo'l bosadi. U paytlari
dashtda paxta terayotgan
talabalardan boshqa hech kim
yo'q, transport muammo. Har
davrning jasorati o'ziga yarasha
bo'ladi, deganlariday. Komilning
shuncha yo'lni bosib
mahbubasini bir ko'rib, unga
bir og'iz tasalli berib kelishi ham
o'ziga xos bir jasorat edi. Lekin
yigit muhabbatining umri qisqa
bo'ldi. U Barnoga uylanishga
uylandi. O'zi yupqa oiladan
chiqqan bo'lishiga qaramay,
o'ziga to'q xonadonning qiziga
uylandi. O'zining ko'z ostiga olib
qo'ygan qizni kelin qilmagan
qaynona esa kelinini
xushlamaydi. Hatto, siqilsin, deb
pishirgan taomining
masalliqlarini sanab bera
boshlaydi.
- Ikkita kartoshka, bitta sabzi,
to'rt to'g'ram go'shtdan
pazanda kelin qo'ling o'rgilsin
sho'rva, farosatsiz kelin bir
qozon yuvindi pishiradi, - deya
kelinini kamsitadigan paytlari
ko'p bo'ldi. Axiyri Barno bunday
muammolardan charchadi,
uyiga ketdi. Bir paytlar:
"Kursimizning eng go'zal qizi
menga nasib bo'ldi", deya
suyunib yurgan Komil esa:
- Bo'ldi-ey, qaynona-kelin
mojarolaridan charchab ketdim,
tinchlik kerak. Hamma xotin bir
xotin bo'lsa kerak, hech
qaysisining shoxi yo'qdir, - dedi,
xotinini izlab bormadi.
Barno esa uyiga qaytdi. Qornida
olti oylik go'dagi bilan. Qizchasi
ota uyida tug'ildi, o'sdi. Barno
qiziga:
- Dunyoda muhabbat degan
tuyg'u yo'q, muhabbatga
ishonma, - degan gapni ko'p
ta'kidlar edi. Shuning uchunmi,
qiz otasiga ham, muhabbatga
ham nafrat bilan yashadi. Kim
muhabbat faslida muhabbat
izhor qilsa:
- Men bu tuyg'uning haqiqiy
basharasini bilaman, - dedi.
Men bilan satrma-satr
kelayotgan o'quvchi:
- Hamma ayb Komilda emas-ku,
Barno turmush qurishdan avval
qanday oilaga kelin
bo'layotganini, kimning o'rniga
borayotganini bilgan edi-ku.
Nega borgan uyining shart-
sharoitiga ko'nmadi? - deya
e'tiroz bildirarsiz. Axir, bizning
mavzumiz muhabbat-ku.
"Sevdim, kuydim, yondim",
degan Komil emasmi? U
muhabbatning mashaqqatlarini
ham tortishi kerak emasmidi?
Onasi bilan xotini o'rtasida
ko'prik bo'lishi, muhabbati
mevasi bo'lgan farzandini
asrashi kerak emasmidi?
- Bilmadim, bu zamonning
muhabbat yukini ko'taradigan
yigitlar qolganmi, yo'qmi,
bilmadim. "Sevdim" deb, sevgi
uchun fidoyilik qiladiganlar
faqat kinolarda qolganmi,
deyman. Sog'inib yashaydigan
bo'ldik haqiqiy oshiqlarni... O'rta
yoshlar orasida shunga
o'xshagan gaplar tez-tez
aytiladi.
- Mening dadam onamga sevib
uylangan. Akam tug'ilgach,
nimalarningdir ta'sirida
onamning ko'zi ko'rmay qolgan.
Onam:
- Siz "sevdim" deganingizda
mening bunaqa bo'lib
qolishimni qayerdan bilibsiz.
Meni bir umr yetaklab yurishga
majbur emassiz, - desa ham
dadamning ota-onalari:
- Bir marta yashaydigan
hayotingda ko'r xotin bilib o'tib
ketasanmi? - deyishsa ham
dadam:
- Men sening ko'zingni emas,
o'zingni sevganman. Baxtu
baxtsizlikda birga bo'lamiz, deb
nikoh oldidan so'z berganman.
Taqdirimizga nima yozilgan
bo'lsa, birga ko'ramiz, - dedi.
Keyin men, singlim tug'ilganmiz.
Ehtimol, Xudoyim dadamning
mardligi uchun muruvvat
qilgandir. Ishlari yurishib ketib,
bizni enagaga boqtirganlar.
Mana, zamonlar o'tib, tibbiyot
rivojlandi, onamni operasiya
qildirdik. Ko'zlariga yana nur
qaytdi...
Gulbahor ismli qizning bunday
hikoyasi sevgining umriga umr
qo'shayotganlar sharafiga
aytilayotgan tasannolardek
tuyuladi. Muhabbatga
sadoqatsizlik, "Sevdim", deb
vafo qilmasdan so'z
qadrinitushurish faqat ikki
shaxs yoki ularning bolalariga
emas, butun jamiyatga ta'sir
qiladi.
Agar hozirgi yoshlarga
sinchiklab razm solsangiz,
qanaqa voqealarni esitasiz.
- U bilan vaqtincha yurgan edim,
uylanarmidim unga. Onam
unaqa tannozlarni ikki dunyoda
ham kelin qilmaydi...
- Otasi menga bermasmish, men
hali unga uylandim-u, otasi noz
qildimi...
- Qiz bolalar yaxshi o'qiydi-da,
imtihonlarimni eson-omon
topshirib olay, deb "sevdim-
sevdim" deb yuribman-da...
- Otasi boyvachcha, qiziga
og'ziga siqqan pulni so'rasayam
beradi, nonushtam, tushligim
tekin. Kechligimni o'zim bir
amallayman...
Eng yomoni, biz bunaqa
gaplarni oddiy, juda oddiy qabul
qiladigan bo'lyapmiz. Alisher
Navoiy bobomizning:
"Bo'lmasa ishq, jahon
bo'lmasin..."
Mashrab bobomizning:
"Qaysi dilni ishqi yo'q, oni
iymoni yo'q..."
Nodiram daronning:
"Gar odamsen, muhabbat ixtiyor
et!" degan o'tli da'vatlari endi
bizning qalbimizdan uzoqmi?
- Bobom momomni sevib
qolgan ekan-da. Nikoh kuni
kuyov bolaga:
- Mard bo'l, sen bu qizni
mendek sevolmaysan, o'zimga
ber! - deya olib qaytgani biz
uchun afsonaga aylandimi?
Bunday so'roqlarni goh
qalbimdan, goh yon-atrofimdan
eshitaman.
Odam bolasi bezaydigan
tuyg'ular aslida u qadar ko'p
emas, borini esa asrash kerak...
Muhabbat ham orolday bir gap,
asralsa, egasini yayratadi,
yashnatadi, asralmasa, qurib,
quruqshab, ko'ngil degan
dunyoni sahroga aylantiradi.
Sahro qalb bilan yashashdan naf
bormi?
Yodingizni ko'nglin toqiga ilib,
Nima bo'pti, sizni sog'insa bir
qiz...
Borligingizni-da baxti deb bilib,
Xotira albomga ovunsa bir qiz..
Qutlibeka Rahimboyeva

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: