Главная » Hikoyalar » TEST: O`ZIMIZNI ANGLAYMIZ! 5 DAQIQADA!
TEST: O`ZIMIZNI ANGLAYMIZ! 5 DAQIQADA!

TEST: O`ZIMIZNI ANGLAYMIZ! 5 DAQIQADA!

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: TEST: O`ZIMIZNI ANGLAYMIZ! 5 DAQIQADA!
  • Дата релиза: 17-09-17, 14:01
TEST: O`ZIMIZNI ANGLAYMIZ! 5 DAQIQADA!
Bu o`yin-testda xayolingizga birinchi kelgan narsani eslab qolishingiz muhim. Shu obrazni xayolda ushlab turing va ikir-chikirlarigacha ko`rib olishga harakat qiling. Har ehtimolga qarshi javoblarni yozib borish uchun ruchka va qog`oz tayyorlab qo`ying.

Ogohlantiramiz: bu test ilmiy-psixologik tadqiqot emas, uni jiddiy qabul qilmang. Ammo natijalardan ayrim xulosalar chiqarsangiz bo`ladi.

Tasavvur qiling…

…keng sahro, tasavvuringiz etganicha keng. Shu sahroda bir kub turibdi…

Kubni tasvirlab bering. U qanchalik katta? Qaerda turibdi: qum ustidami yoki tagiga ko`mib yuborilganmi? Balki muallaq turgandir. Harakatlanayaptimi? Yarimtami yoki butunmi? Javobim to`g`ri yoki noto`g`ri deb o`ylab o`tirmang, muhimi, siz kubni qanday tasavvur qilayotganingizda.
Demak, siz sahrodasiz, kubni ko`rib turibsiz, shuningdek, o`sha erda zina ham borligini bilib qoldingiz. Uni xayolingizda gavdalantiring. Nimadan qurilgan? Qanchalik uzun? Eskimi yo yangi? Kubga nisbatan qaerda joylashgan? Kubdan balandmi yo pastmi?
Endi sahrodagi otni ko`z oldingizga keltiring. Uni tasvirlab bering. Eng muhimi: ot sizdan qanchalik uzoqda, u nima qilayapti? Qaysi yo`nalish bo`ylab harakatlanayapti? Ko`rinishi qanday?
Sahrodagi gullarni xayol qiling. Ular qanchalik ko`p? Qaerda o`sayapti? Qanday ko`rinishga ega? Ot, kub, zina va qumga nisbatan qaerda o`sayapti?
Momaqaldiroq boshlandi. Uning batafsil tasvirini qog`ozga yozib qo`ying. Shamol kuchlimi? Momaqaldiroq sizga yaqin joyda bo`layaptimi yoki uzoqda? U ot, gullar, kub va zinaga qandaydir ta`sir ko`rsatayaptimi?
Navbat tahlilga

Endi bu tasavvurlaringizni tahlil qilasiz. Bu juda oson.

Kub, bu — sizning o`zligingiz.

Katta kub sizning o`ziga ancha ishongan va rahbarlikni qoyillatadigan inson ekaningizni anglatadi. Agar kubingiz kichik bo`lsa, demak, siz uyatchan va kamtar odamsiz. To`y-hashamlarda e`tibor markazida turishni yoqtirmaysiz.
Agar kubni qumga ko`milib yotgan holda tasavvur etgan bo`lsangiz, har qadamini to`g`ri hisoblab bosadigan tadbirkorsiz. Qum ustida turgan kub sizning hayotdan nima istashini biladigan aqlli inson ekaningizni ko`rsatadi. Agar kub qimirlab joyini o`zgartirayotgan yoki aylanayotgan bo`lsa, boshqalarga o`xshamaydigan, alohida fikrlaydigan inson ekaningizdan dalolat. Havoda muallaq turgan kub tasavvuri yaxshi rivojlangan ijodkor insonligingizni bildiradi.
Agar kubingiz yarimta bo`lsa, sizning ichki olamingiz va hayotga munosabatingiz hali shakllanish jarayonida. Butun kub butkul shakllangan insonni bildiradi. Sizni boshqarish juda qiyin.
Zina – do`stlaringiz.

U do`stlaringiz bilan munosabatlaringiz haqida so`zlaydi.

Agar zinangiz kubga tegib turgan bo`lsa, muammolaringizni do`stlaringiz yordamida echishni eplaysiz. Ular bilan samimiy va yaqinsiz. Agar kubga tegmay turgan bo`lsa, demak, hammasini o`zingiz qila olasiz, sizga do`stlar yordami kerak emas.
Bordiyu zina kubdan kichik bo`lsa, do`stlaringiz oldida obro`si baland insonsiz. Teng bo`lsa, do`stlaringizni o`zingiz bilan teng ko`rasiz. Zina kubdan baland bo`lsa, ularning fikri siz uchun juda muhim.
Yangi zina do`stlaringizning ko`pi yangi ekanini, eskisi esa asosan ko`p yillik do`stlar bilan muloqot qilishingizni bildiradi.
Zinadagi zinapoyalar soni 3–5 tadan ko`p bo`lsa, siz juda kam insonni o`zingizga yaqin yo`latasiz. Agar ular 10 tadan ko`p bo`lsa, do`stlaringiz kam, tanishlaringiz ko`pligini bildiradi. Pillapoyalar soni haddan ortiq ko`p bo`lsa, siz odamlarni o`ziga tortadigan ochiq insonsiz.
Otumr yo`ldoshingiz bilan munosabatlaringizdan darak.

Bardam, jigarrang, jaydari otni tasavvur qildingizmi? Demak, sizga suyansa bo`ladigan tog`dek ishonchli umr yo`ldoshi kerak. Agar chiroyli, yaltirab turgan otni ko`rgan bo`lsangiz, demak, tashqi ko`rinish va boylikka ko`proq ahamiyat berar ekansiz. Tasavvuringizdagi shahzodangiz ham kamida allaqaysi kino yoki estrada yulduzi.
Otingiz kubga yollari bilan suykalyapti yoki uni qirrasidan tishlab olmoqchimi? Demak, yoringiz bilan munosabatlaringiz samimiy va o`zaro ishonch asosiga qurilgan.
Ot kubdan uzoqda yoki uzoqlashib bormoqda. Demak, siz eringiz/sevganingizga ishonmaysiz, u sizni aldayotgandek tuyulaveradi.
Gullar — sizning farzandlaringiz.

Gullar soni siz dunyoga keltirishni istagan farzandlar soni demakdir.

Agar siz gullari barq urib yashnayotgan chamanni tasavvur qilgan bo`lsangiz, demak, katta oilaga bosh bo`lasiz. Bordiyu gullar pechakdek chirmashib kubni o`rab olgan bo`lsa, bolalaringiz sizning elkangizga minib olishgan va hamma tashvishlarini sizga ortishadi (bunga tezroq chek qo`yishingiz kerak).
Gullarning rangi va tashqi ko`rinishi farzandlaringizning salomatligi hamda kelajagidan dalolat.
Gullarning joylashuvi, ayniqsa, kubga nisbatan joylashuvi sizning farzandlaringiz bilan munosabatlaringizni bildiradi. Yaqin turgan bo`lsa, demak, munosabatlaringiz yaqin va ishonchli, uzoq bo`lsa, nimalarnidir o`zgartirishingiz kerak.
Momaqaldiroq — xavotirlaringiz.

Momaqaldiroq xatarni va sizning xavotirlaringizni bildiradi. Bu insonning ayni damdagi holatini va turli xatarlarga nisbatan munosabatini anglatadi.

Agar momaqaldiroq juda uzoqda bo`lsa, demak, siz ortiqcha vahimachi emassiz, muvaffaqiyatsizliklarni ko`nglingizga yaqin olmaysiz, shu sababli ular ham sizni ko`pda cheklab o`tishadi.
Agar momaqaldiroq kubga yaqin joyda gumburlagan-u, ammo unga hech qanday ta`sir o`tkazmagan bo`lsa, siz qiyinchiliklarni oson engib o`tasiz.
Siz momaqaldiroq kubga, zinaga va gullarga jiddiy ta`sir o`tkazganini, ularni joyidan qo`zg`atganini tasavvur qilgan bo`lsangiz, bu qiyinchiliklar sizni tez engib qo`yishidan dalolat. Bunday daqiqalarda o`zingizga ishonishingiz va har qanday qiyinchiliklarni enga olishingizga amin bo`lishingiz sizga katta yordam beradi.
ShAHLO tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: