Главная » Hikoyalar » Yomon tush ko'rib uyg'onib ketdim
Yomon tush ko'rib uyg'onib ketdim

Yomon tush ko'rib uyg'onib ketdim

  • Категории: Hikoyalar
  • Название: Yomon tush ko'rib uyg'onib ketdim
  • Дата релиза: 22-07-14, 00:44
Yomon tush ko'rib uyg'onib ketdim
“Tavba
qildim, bu nimasi? Yaxshilikka bo'lsin” deb
o'yladim xo'rsinib. Qorong'uda paypaslab
telefonimni topdim. Qatorasiga beshta SMS
turardi. Shoshib, ochib o'qiy boshladim. Ikkitasi
SIM-kartaning kompaniyasidan ekan, o'qimasdan
keyingilariga o'tdim. “Bolamga kun bermayotgan
ekansan. Seni Xudoga soldim...” Xatning davomi
qarg'ishga to'la edi. Yuragim siqilib telefonni
o'chirdim, qolgan ikkita SMSni o'qishni
istamadim. “Men bu ayolga nima qildim?” degan
savol yuragimni o'rtay boshladi. Jahl ustida unga
javob yozmoqchi bo'ldimu, lekin erimning
“og'irroq bo'l” degan gapi esimga tushib,
alamimni ichimga yutdim. O'rnimdan turib
tinchlantiruvchi dori ichib, uxlashga harakat
qildim. Bo'lmadi. Tonggacha kiprik qoqmadim.
Ertalab ishdan kelgan erim kayfiyatim yomonligini
sezib “tinchlikmi?” deb so'radi. Indamay unga
telefonni uzatdim. O'qimasdan nima gapligini
tushungan erim, uf tortib telefonni kresloga
tashladi.
— Senga necha marta aytganman, uning
gaplariga e'tibor berma, deb... Bolalar qani?
— Ovqatlanishyapti.
— Bog'chaga qo'yib kel, keyin gaplashamiz.
Kechgacha bu mavzuda gaplasha olmadik. Erim
“smenad”dan charchadim deb o'zini uxlaganga
solib yotib olgani uchun men ham indamadim.
Bog'chadan kelgandan buyon injiqlik qilib turgan
Boburning orqasiga bir tarsaki tushurgach, chidab
turolmadim. Bolani qo'lidan tortib oldim. Ko'zidan
miltillab oqayotgan yoshlarni mitti kaftlari bilan
artayotgan Bobur va akasining kaltak yeganidan
qo'rqib joyida qotib qolgan Lobarni qo'lidan tutib,
xonasiga yetakladim.
Bolalarni uxlatib kelganimda ham erim joyidan
jilmagandi. Xona tutunga to'lib ketganidan nafas
olib bo'lmasdi.
— Balki Boburjonni bir-ikki haftaga uning yoniga
yuborarmiz... — dedim qo'rqa-pisa.
— Nima?! Oxiri ichingdagini aytding-a! Qutulolmay
yurganingni biluvdim!
— O'ylab gapiryapsizmi... Axir uni o'z bolamdek...
— Yolg'on! Bilasanmi, seni Loladan farqing
nimada?! U qanday bo'lsa, shundayligicha
ko'rinadi. Sen esa ikkiyuzlamachisan! U bizni
yomon ko'rishini yashirib o'tirmaydi, sen esa
o'zingni Boburni yaxshi ko'rgan qilib
ko'rsatasanu, lekin ichingda o'gaylik qilasan!
Oyog'imning uchigacha muzlab ketdim. Men nima
dardda gapiryapmanu, u nima deyapti. Alam
qilganidan tilim tutilib qoldi. Erim “bolamga
o'gaylik qilmayapsanmi?” deb hazil-chin aralash
bir-ikki marta gapirgan, bu gapga unchalik xafa
bo'lmaganman. Hamma ham bolasi uchun
xavotirlanadi-da, bir kun kelib tushunib qolar, deb
o'zimni ovutardim. Lekin bugun meni Lolaga
tenglashtirgani, shuncha yillik mehnatim,
bardoshim evaziga “ u sendan yaxshiroq” degani
yuragimga tig'dek botdi.
— Nima?! M-meni kimga tenglashtirayotganingizni
bilasizmi? Axir... — xo'rligim kelganidan erimning
yuziga ham qaragim kelmay, eshikni taraqlatib
yopib chiqib ketdim. Bolalarning xonasiga kirib
ham tinchlana olmadim. Nima qilishni bilmay u
yoqdan-bu yoqqa borib kela boshladim. Shayton
“qizingni ol-da, chiqib ket, o'g'li bilan bilganini
qilsin” deb ko'tara boshladi. Darrov bu xayollarni
miyamdan haydadim. Boburni o'zim katta
qilganman, qanday qilib uni tashlab ketaman.
Yig'lay-yig'lay bolalarning yonida uxlab qolibman,
ko'zimni ochsam, erim ustimga ko'rpa yopib
ketibdi. Shuncha gapni eshitib, hech nima
bo'lmagandek yura olmasdim. Lekin bolaga jabr
qilish ham qo'limdan kelmasdi.
— Zaxro.. kechir, jahl ustida gapirib yubordim.
Indamadim.
— Nima qilay, bolani unga bergim kelmaydi-da...
Lekin qaytarib berishga majburman shekilli...
Qo'rqib ketdim.
— Esingizni yedingizmi? Nega bunday deyapsiz?
Men faqat bolasini sog'ingan bo'lsa, ko'rsin
demoqchiydim...
— Boshqa ilojim yo'q... Bunday yashab bo'lmaydi.
U ham ona-ku, o'z bolasiga yomonlik qilmas.
Shunday qilsam, balki tinch qo'yar, biz ham
odamdek yasharmiz...
Ovozi titrab ketganidan bu gaplarni aytish unga
qanchalik qiyinligini tushunib turardim.
— Yo'q, unday qilmang, iltimos. Nahotki
tushunmayapsiz, axir uning maqsadi ham shu!
Bizni urushtirib qo'yib, bolani olib ketmoqchi.
— Hozircha bu gapni hech kimga aytmay tur, men
yaxshilab o'ylab olay, keyin bir qarorga kelaman.
Nima qilishni bilmay ich-etimni yeya boshladim.
Bu gapni eshitganimdan keyin kecha eshitgan
haqoratim ham esimdan chiqib ketdi. Erim
bolalarni bog'chaga olib ketgach, shoshib
qaynonamga telefon qildim.
— Voy, o'lsin, u menga ham telefon qilgandi,
sizlarga aytmay turuvdim... Ering bekorini aytibdi,
Lolaga beradigan nabiram yo'q! U haqida
eshitgan gaplarni aytsam, tepa soching tikka
bo'ladi. Kuni-kecha qo'shnim keldi, o'sha
shahardagi mehmonxonalardan birida oshpaz
bo'lib ishlarkan. “Keliningizni ko'rsangiz
tanimaysiz, sochining yarmini qirdirib olib
tashlagan, orqasida to'rtta kokil qoldirgan. Qopa-
qora shim va kurtkalar kiyib, allaqanday temir-
tersaklarni taqib yuradi. Ishonsangiz, uning
turqidan ot hurkadi. Meni tanisa ham
tanimaganga olib o'tib ketadi. Ko'rinishimni
o'zgartirsam, hamshaharlarim tanimaydi deb
o'ylasa kerak-da. Bir ishlar qilib yuribdiki,
aytishga tilim bormaydi” dedi. “U mening
kelinimmas, o'g'lim ajrashganiga besh yil
bo'lyapti, bilganini qilib yuraversin, menga nima
dedim”. To'g'risi-da, hozirgi zamonda chet elda
ishlaydigan yoki o'qiydigan odam bitta umi?
Hammaning ham ortidan bunaqa gap
eshitmaymiz-ku. Odamning o'ziga bog'liq
hammasi, deb qo'shnimni koyib berdim. Bir
yoshga to'lmagan bolasini tashlab, “men
boyvuchchalardek yashashni istayman” deb
ketvorgan ayoldan nimani ham kutish mumkin.
Menga desa, o'lib ketsin...
— Qo'ying, oyi, qarg'amang. Men uni
o'ylamayapman, o'zi shu ahvolda yashasa,
Boburga qanday qaraydi?.. O'g'lingizni bir
amallab bu fikrdan qaytaraylik.
Kun bo'yi shu xayol bilan yurdim. Bog'chadan
bolalarni olib kelish uchun otlanayotganimda
Boburning tarbiyachisi telefon qilib qoldi.
Xavotirlanib go'shakni oldim.
— Zaxro opa, tez kelmasangiz bo'lmaydi, bir ayol
kelib “men Boburni onasiman” deb janjal qilib
yotibdi. Qanday qilib bog'chaga yetib borganimni
bilmayman.
Bog'cha mudirasi va tarbiyachilar qurshovida
shang'illayotgan bir ayol tarbiyachilarning ortidan
menga o'girildi.
— Boburjon qani? — dedim hech kimga e'tibor
bermay.
— Yotoqxonaga kirib yashirinib olgan, —
aybdorona yerga qaradi tarbiyachi.
Otilib bolalar uxlaydigan xonaga kirdim. Lolaning
yonidan o'ta turib, uning usti-boshiga nazar
soldim. Qaynonam ta'riflaganidek otni
hurkitadigan darajada kiyinmagan, boshida
shapkasi bo'lgani uchun soch turmagi
ko'rinmasdi. “O'zini sipo ko'rsatmoqchi bo'libdi-
da” degan xayol o'tdi miyamdan...
Bolaginam eng chekkadagi karavotda yig'lab
o'tirardi. Eshik ochilganidan cho'chib tushib
qo'rquv to'la ko'zlari bilan menga qaradiyu,
baqirib yig'lab yubordi. Keyin quchoq ochgancha
menga otildi. Shu lahza haqqi, bolaginam mendan
madad kutgandek ikki qo'lini cho'zgancha yugurib
kelayotgan lahza haqqi, ikki dunyoda ham bolani
unga bermayman deb qasam ichdim! Bag'rimga
otilgan bolaginamning yurak urishi eshitilib
turardi. “Bolani qo'rqitibdi” deb o'yladim va
ovutish uchun uning ko'zlaridan o'pa boshladim.
Shu payt tarbiyachi hech gapdan xabari yo'q
qizimni ham yetaklab keldi.
— Zaxro opa, boshqa eshikdan chiqing, anovi ayol
shallaqilik qilib yotibdi...
— Yo'q, to'g'ri yo'ldan chiqaman, — dedim va
o'g'limni ko'tarib, qizimni qo'lidan tutdim. Bu
jur'at menda qaerdan paydo bo'ldi bilmayman,
ayollar yig'ilib turgan bog'cha hovlisiga chiqdim.
Ayolga ko'zi tushgan Boburjon yuzini bo'ynimga
yashirdi.
Hamma menga qarab turardi. To'g'ri ayolning
yoniga bordim va boshimni baland ko'tarib:
— Qancha gapingiz bo'lsa, erim bilan gaplashing!
Agar yana bolalarimni qo'rqitadigan bo'lsangiz,
militsiya chaqirishadi! — dedim e'tirozga o'rin
qoldirmaydigan ohangda va yo'limda davom
etdim.
Ayol miq etmadi. Bog'chadan chiqqanimdan keyin
esa qo'rqqanimdan oyog'im qaltirab ketdi.
Erim va sobiq xotini o'rtasidagi tortishuv
anchagacha davom etdi. Men bu ishlarga
umuman aralashmadim, bolalarimni ham
aralashtirmadim! Lolaning qilmishlari isbotlanib,
onalik huquqidan mahrum etilgach, u yana kelgan
joyiga qaytib ketadigan bo'ldi.
Bu xabarni eshitib, endi tinch yashasak kerak, deb
yengil tin olganimda telefonimga begona
raqamlardan SMS keldi. “Bolamni o'z bolangdek
ko'rishingga ishontirganing uchun ham rahmat.
Bolamni senga, seni Xudoga topshirdim” deb
yozilgandi xatda. Shu damda ayolga emas, onaga
achinib yig'lab yubordim. Ichimda “agar bir kun
kelib Boburjon onasini ko'rishni istasa unga
qarshilik qilmaslik uchun menga kuch berishini
Xudodan so'radim...

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: