Главная » Kompyuter uchun » GIF animatsiya nima degani?
GIF animatsiya nima degani?

GIF animatsiya nima degani?

  • Категории: Kompyuter uchun
  • Название: GIF animatsiya nima degani?
  • Дата релиза: 08-06-14, 22:29
GIF animatsiya nima degani?
Dinamik GIF ni bitta faylda bir necha tasvirlarni joylashtirishga imkon beradigan, ularning ketma-ket ekranga chiqishi uchun multiplikatsiya effektini yuzaga keltiradigan grafik fayl standarti sifatida ta'riflash mumkin.

Bu kabi standartlarning birinchisi GIF-faylning quyidagi imkoniyatlarini ko'zda tutuvchi GIF87 standarti bo'ldi:

1. Ketma-ketlik (interlacing). Avvaliga faqatgina tasvirning "qobirg'alari" yuklanadi, so'ngra esa, yuklanishga qarab, u detallashadi (bu kichik liniyalarda u haqda tasavvur olish uchun butun grafik faylni to'la yuklamaslikka imkon beradi).

2. LZW algoritmi bo'yicha (compression) siqish (GIF-fayllarning bu jihati ularni eng kam hajm fayllari bo'yicha yetakchiligini ta'minlaydi).

3. Bitta faylda bir nechta tasvir.

4. Suratning logik ekranda joylashuvi (format tasvirlarni chiqarish uchun logik sohani belgilash va suratlarni bu sohaning istalgan joyida joylashtirishga imkon beradi)

Keyinchalik bu standart quyidagi imkoniyatlar qo'shilgan GIF89a spetsifikatsiyasi bilan kengaytirildi:

1. Grafik faylda sharhlarni kiritish (ekranda aks etmaydi, ammo GIF89a ni quvvatlovchi dastur tomonidan o'qilishi mumkin)

2. Kadrlar almashuvi oldidan to'xtatib turishni boshqarish (1/100 soniyalarga qo'yiladi, yoki foydalanuvchi ishga tushirishini kutish).

3. Oldingi tasvirni olib tashlashni boshqarish. Oldingi tasvir qoldirilishi, fon rangiga almashtirilishi, yoki undan oldin bo'lgan narsaga almashtirilishi mumkin.

4. Rangning shaffofligini aniqlash.

5. Matnni chiqarish.

6. Amaliy dasturlar bilan boshqaruvchi bloklarni yaratish (application-specific extensions)

GIF-fayl ichida siz u o'zi mo'ljallanganidan tashqari barcha dasturlar tomonidan rad etiladigan blok yaratishingiz mumkin.

GIF89a standarti - animatsiyalarni yaratish va ularni WWW da qo'lash uchun kuchli instrument, ammo shuni nazardan qochirmaslik lozimki, garchi maxsus grafik dasturlar bu standartni to'la hajmda quvvatlasa ham, bu keng tarqalgan brauzerlarga tegishli bo'lmaydi, chunki dinamik GIFlarni WWW da qo'llash uchun standartning o'ziga emas, balki uni quvvatlovchi brauzerlarning imkoniyatlariga qarab ish tutish lozim.

Gif animatsiyasining web da qo'llanilishi afzalliklari

Sizda tayyoyor GIF-animatsiya bor

Uni web-saytga joylashtirish tartibi uning animatsiyalashmagan birodari - oddiy GIF ni joylashtirishdan hech ham farq qilmaydi.

Dinamik GIF lardan qachon foydalansa bo'ladi, mazmunni joylashtirishning boshqa usullarini esa qachon afzal ko'rish lozim?

Dinamik GIF larning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. ularni tomosha qilish uchun hech qanaqa plug-in talab etilmaydi

2. siqish evaziga faylning uncha katta bo'lmagan hajmi

3. keshga joylashtirilishi mumkin, serverga qayta murojaat qilishni talab etmaydi

4. ishlash uchun server bilan doimiy aloqani talab etmaydi

5. sahifaga shunchaki joylashtiriladi, hech qanday dasturlash talab etilmaydi.

Har qanday tanganing orqa tomoni bo'lgani kabi, GIF fallarning ham kamchiliklari mavjud:

1. palitra 256 rangdan oshmaydi, fotosuratlar siqilishi JPEG ga qaraganda yomon.

2. brauzerlar tomonidan to'la hajmda quvvatlanmaydi

3. har qanday kishi sizning ko'p soatlik mehnatingizni "o'zlashtirib" olishi mumkin (oddiy suratlar bilan bo'lgani kabi).

GIF animatsiya uchun Adobe ImageReady dan ko'ra yaxshiroq narsa yo'q. Bu dastur Adobe Photoshop (CS3 versiyasigacha) paketiga kiradi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: