Главная » Kompyuter uchun » Kompyuter o'yinlari haqida
Kompyuter o'yinlari haqida

Kompyuter o'yinlari haqida

  • Категории: Kompyuter uchun
  • Название: Kompyuter o'yinlari haqida
  • Дата релиза: 12-05-14, 12:34
Kompyuter o'yinlari haqida

Aksariyat o'yinlarni o'ynash uchun sizga bitta yoki bir nechta sherik kerak bo'ladi. Masalan, futbol yoki oddiy quvlashmachoq o'yinini bir o'zingiz o'ynay olmaysiz. Kompyuter sizga turli-tuman o'yinlarni o'ynash imkonini berib, kerak bo'lsa sizga sherik vazifasini ham bajaradi.

Oyinlar juda qadim zamonlardan odamlarga hamroh bo'lib kelgan. Ular insonning bo'sh vaqtini maroqli o'tkazish bilan birga jismoniy va aqliy rivojlanishiga yordam beradi. Qadimda o'yinlar yoshlarda jamoa bo'lib ov qilish, o'zini dushmanlardan himoya qila olish kabi qobiliyatlarni shakllantirgan. O'yinlar vaqt o'tishi bilan takomillashib, zamon talabiga moslashib bordi. Kompyuterlar yaratilishi bilan o'yinlarning yangi turi — kompyuter o'yinlari vujudga keldi.

Kompyuterlarning rivojlanishi bilan kompyuter o'yinlari ham takomillashib bordi. Hozirgi kunda kompyuter o'yinlari turli-tuman va ularning son-sanog'i yo'q. Shunga qaramasdan kompyuter o'yinlarini bir nechta turlarga ajratish mumkin. Misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.

Arcade (arkada). Bu turdagi o'yinlarda ko'p o'ylamasdan tez harakat qilish kerak bo'ladi. Masalan, avtomobil poygalari, ekranda paydo bo'ladigan turli narsalarni tez nishonga olish va hokazo.

Scrollers (siljish, harakatlanish). Bu turdagi o'yinlarda ekrandagi tasvir bir tomonga to'xtovsiz harakatlanib turadi. O'yinchidan esa uchragan to'siqlardan o'tishi talab etiladi.

Simulation (simulyatorlar). Bu turdagi o'yinlarda biror murakkab texnik qurilmani (avtomobil, samolyot va hokazo) boshqarish amalga oshiriladi.

Strategy (strategiya). Bu turdagi o'yinlarda biror maqsadga erishish uchun reja ishlab chiqish talab etiladi. Bunda o'yinchi birgina personaj emas, balki, harbiy bo'linma, biror tashkilot yoki davlatni boshqarishi kerak bo'ladi.

Sport (sport). Bu turdagi o'yinlarda biror sport o'yini (futbol, basketbol va hokazo) tasvirlanadi.

Adventure (sarguzasht). Bu turdagi o'yinlarda o'yinchi boshqarayot-gan qahramon syujet bo'yicha harakatlanadi. Yo'lda boshqa personajlar bilan muloqotga kirishadi, rnantiqiy masalalarni hal qiladi va turli sarguzashtlarni boshidan kechiradi.

Puzzle (boshqotirmalar). Bu turdagi o'yinlarda har xil bosh-qotirmalarni hal qilish kerak bo'ladi. Masalan, bo'laklarga ajratib yuborilgan rasmni tiklash, minalashtirilgan maydondagi minalarni topish va hokazo.

Bu ro'yxatni yana davom ettirish mumkin. Lekin ko'pgina o'yinlarni biror turga qo'shish juda mushkul. Chunki ularda bir necha turdagi o'yinlarning xususiyatlari mujassamlangan bo'ladi.
 


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: