Главная » Kompyuter uchun » Kompyuter Viruslari
Kompyuter Viruslari

Kompyuter Viruslari

  • Категории: Kompyuter uchun
  • Название: Kompyuter Viruslari
  • Дата релиза: 26-07-14, 22:07
Kompyuter Viruslari
Hamma kompyuter viruslari ham bir xil tarzda harakat qilmaydi. Ularning ko’payishi va kompyuteringizni zararlash usullari ham turlicha. Hozirgi kunga kelib kompyuterga zarar yetkazuvchi programmalar va virus turlari juda ko’p bularga qarshi qanday chora ko’rish mumkin va qanday antiviruslardan foydalangan ma’qul deb o’ylaymiz lekin mana shu viruslarni ham qanday guruhlarga bulishini bilib olsak foydadan holi bo’lmasdi. Zero bularning barchasi o’zimiz uchun foydalidir, keling endi mana shu viruslar haqida to’htalib o’tamiz.

Kompyuteringizda antivirus tomonidan ushlangan viruslarning qaysi turga kirishini bilish sizga nima beradi?

Birinchidan, sizga bu virusga qarshi qanday samarali kurashishda yordam berish mumkin. Ikkinchidan, bu viruslarning qanday zarar yetkazishi mumkinligini bilib olasiz, keyinchalik bunday viruslardan ogoh bo’lasiz. Uchinchidan, bu ma’lumotlar sizning kompyuter savodxonligingizni oshishiga yordam beradi degan umiddaman.

Quyidagi umumiy tavsifda ularning eng asosiy turlari keltirilgan:

Troyanlar (Trojan Horses) – Qadimgi yunonlarning Troyaga yurishlari davrida qo’llagan hiylasi, ya’ni troyaliklarni otga ishqiboz ekanligidan foydalanib, ularga katta yog’och ot sovg’a qilishlari va bu otning troyaliklar mag’lubiyatiga olib kelishi voqeasidan olingan nom. Hozirda troya oti iborasi “hosiyatsiz sovg’a” degan ma’noni bildiradi. Kompyuter va internet dunyosida troyanlar “hosiyatsiz programma” deb nomlanishi maqsadga muvofiq. Troyanlar odatda internet orqali tarqaladi. Troyanlar kompyuteringizga o’rnashib olib, dastlab foydali programma sifatida o’zlarini tanishtiradilar, lekin ularning asl vazifasi foydalanuvchiga noma’lumligicha qoladi. Yashirin ravishda ular o’zlarining yaratuvchisi (cracker – yovuz haker) tomonidan belgilangan harakatlarni amalga oshiradilar. Troyanlar o’z-o’zidan ko’paymaydi, lekin kompyuteringiz xavfsizligini ishdan chiqaradi: troyanlar kerakli ma’lumotlaringizni o’chirib yuborishi, kompyuterdagi ma’lumotlarni kerakli manzilga jo’natishi, kompyuteringizga internetdan ruxsatsiz ulanishlarni amalga oshirishi mumkin.

Chuvalchang viruslar (Worms) – Chuvalchang viruslar o’z nomiga mos ravishda juda tez o’z-o’zidan ko’payadigan viruslardir. Odatda bu viruslar internet yoli intranet tarmoqlari orasida tarqaladi. Tarqalish usuli sifatida elektron xatlar yoki boshqa tez tarqaluvchi mexanizmlardan foydalanadi. Ular haqiqatan ham kompyuteringizdagi ma’lumotlar va kompyuter xavfsizligiga katta ziyon yetkazadi. Chuvalchang viruslar operatsion tizimning nozik joylaridan foydalanish yoki zararlangan elektron xatlarni ochish yo’li bilan kompyuteringizga o’rnashib olishi mumkin.

Boot sektor viruslari (Bootsector viruses) – Bu viruslar kompyuterning ishlay boshlashi (загрузка) uchun foydalaniladigan qattiq diskning maxsus qismini ishdan chiqaradi. Bu virus kompyuteringizni zararlaganidan keyin kompyuter ishlamay qolishi mumkin. Odatda floppy disklar orqali tarqaladi.

Makro viruslar (Macro viruses) – Macro viruslar bu – o’zlarining tarqalishi uchun boshqa bir programmaning makro dasturlash tilidan foydalanadigan viruslardir. Ular odatda Microsoft Word yoki Excel xujjatlarini zararlaydi.

Operativ xotirada yashovchi viruslar ( Memory Resident Viruses ) - Bu viruslar kompyuteringizning operativ xotirasida (RAM) yashaydi va zararli harakatini amalga oshiradi. Odatda ularni ishga tushirish uchun boshqa virusdan foydalaniladi. Ular o’zlarining ishga tushishga yordam bergan virus yopilgan bo’lsa ham kompyuter xotirasida qoladi, shuning uchun ham ularga yuqoridagi nom berilgan.

Rootkit viruslari (Rootkit viruses) – Rootkitlar viruslar orasida o’zlarining eng xavfliligi va yashirinishga ustaligi bilan alohida ajralib turadi. Rootkitlar kompyuteringizni yovuz hakerlar tomonidan qo’lga olinishi uchun foydalaniladi. Ba’zi rootkitlarni antivirus programmalari ham aniqlay olmaydi, chunki ular o’zlarini operativ tizim fayllari sifatida ko’rsatishadi. Rootkitlar odatda troyanlar tomonidan kompyuteringizga o’rnatiladi.

O’zgaruvchan viruslar (Polymorphic viruses) – Bu viruslar nafaqat o’z-o’zidan ko’payadi, balki ko’paygan paytda o’zlarining kodlarini ham o’zgartirib turishadi. O’zgaruvchan viruslarni aniqlash ham ba’zi antiviruslar uchun qiyin kechishi mumkin.

Vaqt bombasi viruslari (Time or Logic Bombs) – Bu viruslar muayyan sana yohud payt kelganida yoki foydalanuvchi tomonidan muayyan harakat amalga oshirilganida ishga tushadigan viruslardir. Misol uchun Kulgi kunida(1 aprel) yoki Yangi yilda kompyuteringizdagi ma’lumotlarni o’chirib tashlab sizga “sovg’a” taqdim etishi mumkin.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: