Главная » Kompyuter uchun » Komyuteringiz qizib ketsa
Komyuteringiz qizib ketsa

Komyuteringiz qizib ketsa

  • Категории: Kompyuter uchun
  • Название: Komyuteringiz qizib ketsa
  • Дата релиза: 13-05-14, 14:07
Komyuteringiz qizib ketsa
Mamlakatimizda yoz juda issiq bo’lishi ta’sirida kompyuterlarimizning qizib ketishi muammosiga duch kelishimiz mumkin. Bundan tashqari, havodagi tutunning katta miqdori (Rossiyada) tufayli ba’zi kompyuter klasterlarining faoliyatini ishdan chiqardi. Xo’sh, ob-havo harorati va boshqa sharoitlar kompyuterning ishiga qanday ta’sir qiladi? Bugun biz quyidagi jihatlarni muhokama qilamiz:
Qanday harorat kompyuter uchun normal hisoblanadi?
Agar kompyuter “sovuq qotgan” bo’lsa nima qilish kerak?
Kompyuter qizib ketganligining belgilari nimalarda namoyon bo’ladi?
Kompyuterning qizib ketishiga qarshi qanday kurashish mumkin?

Darrov aytib qo’yay, qizib ketish – kompyuteringiz yomon ishlashining, “qotib qolishining” jiddiy sabablaridan biridir. Shunday ekan, ba’zida mavjud bo’lmagan viruslar bilan kurashmasdan, balki kompyuterni sovutgan ma’qul. Aks holda, hammasi chap tomondagi suratdagi kabi yakunlanishi mumkin!

Hazillashyapman, albatta. Kompyuteringiz yonib ketmaydi. Ammo birpasda kompyuter ichidagi fayllaringizdan mahrum bo’lishingiz mumkin. Shunday qilib, boshlaymiz…

Qanday harorat kompyuter uchun normal hisoblanadi?

Bunga bir xil javob yo’q, albatta, lekin hammasi konkret modelga bog’liq. Bunda kompyuterning turli detallari har xil ta’sirchanlikka ega bo’lishi mumkin. Yana aytib o’tamiz, so’z oddiy statsionar kompyuterlar haqida bormoqda. Qo’pol qilib aytganda, Selsiy bo’yicha 5-10 daraja minimal normal harorat hisoblanadi. Protsessor 5 darajada hali ishlashi mumkin, ammo qattiq disk o’qilmasligi ehtimoli ham mavjud. Aslida, kompyuterlardan past haroratlarda foydalanishdagi asosiy muammo haroratning o’zida emas, balki namlik darajasida bo’ladi. Odatda qishda sovuq xonalar zax bo’ladi, bu esa kompyuteringizni juda tez ishdan chiqarishi mumkin.

Maksimal harorat…, umuman olganda, xonada buncha darajada bo’lmaydi. Odatda kompyuter atrofidagi buyumlarga qaraganda iliqroq bo’ladi, shu bois bizning hatto 35 darajali issig’imizda ham, agar sovutish tizimi yaxshi ishlayotgan bo’lsa, kompyuterlar normal ishlashi mumkin. Bunda kompyuterlarning turli qismlari har xil darajadagi haroratga ega bo’ladi. Qattiq disk 50-60 daraja haroratda yomon ishlay boshlaydi. Bunda protsessor juda qizib ketishi mumkin, bu yerda muammolar 70-80 darajadagi haroratdan boshlanadi (Intel protsessorlari odatda AMD ga qaraganda yuqori haroratga yaxshi chidamli bo’ladi). NVidia videokartalari uchun esa hatto 70 darajada ham ishchi harorat hisoblanishi mumkin.

Agar kompyuter “sovuq qotgan” bo’lsa nima qilish kerak?

Juda oddiy, uni isitish lozim. Aslida, ishlayotgan kompyuter aslo “sovuq qotmaydi”. Agar siz kompyuterni sovuq ko’chadan olib kelgan bo’lsangiz, uni hech bo’lmaganda bir soat yoqmay turing. Yana takrorlayman, kompyuterni sovuq havo emas, balki namlik, kondensat ishdan chiqaradi. Aytganday, shu yerda sovuq holatda o’zining video-rejimini o’zgartira olmaydigan eski videokartalar esimga tushib ketdi.

Kompyuter qizib ketganligining belgilari nimalarda namoyon bo’ladi?

Agar qisqacha aytadigan bo’lsak, ular turli-tuman. Shuning uchun agar kompyuteringiz qiliq ko’rsatayotgan bo’lsa, o’ylab ko’ring, balki u qizib ketgandir. Quyida qizib ketishning eng keng tarqalgan belgilarini keltiramiz:
Kompyuter birdaniga o’chib qoladi. Bu protsessorni qizib ketishdan saqlaydigan himoya tizimi ishlab ketganidan darak berishi ham mumkin.
Kompyuter qotib qoladi, uni qayta yuklashga to’g'ri keladi. Kompyuter qotib qolganida tasvir buzilishi mumkin. Bu videokartaning qizib ketganidan dalolat beradi.
Disk ishidagi buzilishlar, shu jumladan qayta yuklana olmaslik yoki ma’lumotlarni o’qiy olmaslik diskning qizib ketishi natijasi bo’lishi mumkin.
Ventilyatorning chiranib va muntazam ishlashi. Agar kompyuteringiz oldingiga qaraganda ko’proq “shovqin” qilayotgan bo’lsa, uning sovutish tizimi haqida o’ylab ko’ring.
Keyin, kompyuterni shunchaki ushlab ko’rish mumkin. Issiqmi? Demak, bu yomon!
Shuningdek, kompyuteringizning haroratini ko’rsatib turadigan biror-bir diagnostik utilitani yuklab olib, o’rnatishingiz mumkin. Masalan, menga CPUZ yoqadi.

Kompyuterning qizib ketishiga qarshi qanday kurashish mumkin?

Yuqoridagi barcha “dahshatlardan” keyin men sizga qizib ketish muammosiga qarshi qanday kurashish borasida maslahatlar berishga majburman, albatta.
Agar siz statsionar kompyuterda ishlasangiz, uni shunday joylashtiringki, unga toza havo normal darajada yetib tursin.
Uni muntazam ravishda ochib va tozalab turishni unutmang! Bu juda oddiy – qopqog’i ochilganidan keyin siz darrov ikkita yoki uchta ventilyatorni ko’rasiz. Ulardan bittasi quvvat blokining yonida joylashgan, ikkinchisi – protsessorda, uchinchisi – videokartada. Ularning hammasini tozalab va changyutkichda changini so’rib turish kerak.
Noutbukka to’xtaladigan bo’lsak, uni yumshoq predmetlarning ustiga qo’ymang, noutbukni tizzaga qo’yib ishlamang. Noutbukning ostiga qo’yish uchun maxsus – tizza tomoni yumshoq, kompyuter turadigan tomoni esa tekis bo’lgan doskani

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: