Ahmoqning sevgisi
- Категории: Har - Xil Maqolalar
- Название: Ahmoqning sevgisi
- Дата релиза: 21-02-16, 21:55
Ahmoqning sevgisi
O’rmonda ayiqni katta bir
bo‘g‘ma
ilon bo‘g‘ar, belidan o‘rab olib
siqardi. Ayiq esa jon holatda
baqirardi. Shu payt o‘tib
ketayotgan o‘tinchi ayiq holini
ko‘rdi va tezlik bilan qilichini
chiqarib, ilonni ikkiga bo‘lib
tashladi. Shunday qilib, o‘tinchi
ayiqni o‘limdan qutqarib qoldi.
Ayiq endi o‘tinchining orqasidan
qolmas, o‘ziga qilingan yaxhlikka
javoban o‘tinchi bilan bo‘lishni,
unga xizmat qilishni istardi.
O’tinchi
ayiqqa necha marta orqasidan
yurmaslikni aytsa ham, ayiq
ahdidan voz kechmas, sodiq bir
itdek uyining eshigi oldida
uni kutardi. Buni ko‘rgan qo‘ni
qo‘shni o‘tinchiga:
— Ey baraka topgur, ayiqning
do‘stligiga ishonib bo‘lmaydi.
Ahmoqning do‘stligi
dushmanliqtan
battardir. Hamjinslaring qolib,
ayiqqa ishonma. Uni daf qil,
ketsin... dedilar. O’tinchi o‘zicha:
"Meni ayiqtan qizg‘anishyapti,
mening baquvvat yordamchim
borligiga hasad qilishyapti. Har
holda, bir birlari bilan kelishib
olib
ayiqtan meni sovutmoqchi
bular",
deya o‘ylab ularning gaplariga
quloq solmadi.
O’tinchi bir kuni ayiq bilan birga
o‘rmonga o‘tin kesishga ketdi.
Biroz
ishlagach, o‘tinchi dam olish
uchun
daraxt soyasiga yotdi. Ayiquning
yonida qo‘riqchilik qila boshladi.
Bir
mahal xira pashsha kelib
o‘tinchining yuziga qo‘ndi. Ayiq
do‘stiga yaxshilik qilish uchun
pashshani quvladi, lekin pashsha
o‘tinchining yuziga qayta qo‘ndi,
ayiq uni yana quvladi. Pashsha
havoda bir doira chizib
uchgandan
so‘ng yana o‘tinchining yuziga
qo‘ndi. Ayiq qancha urinmasin
pashsha o‘tinchidan aslo
uzoqlashmasdi. Ayiqning jaxdi
chiqti. "Pashshani o‘ldirishdan
boshqa chora yo‘q", deb o‘yladi
va
yugurib borib kattakon bir
toshni
olib, pashshani o‘ldirish uchun
bor
kuchi bilan o‘tinchining yuziga
otdi.
Tosh o‘tinchining yuzini
majaqlab
yubordi...
Смс Шерлар