Bir inson

Bir inson

  • Категории: Har - Xil Maqolalar
  • Название: Bir inson
  • Дата релиза: 21-02-16, 21:47
Bir inson
Bir inson Tangrining jamolini ko'rishga muyassar bo'libdi. U Yaratganga debdi: – Men jannat va do'zaxni ko'rishni istayman. Xudo uni ikki eshik oldiga olib kelibdi. Birinchi eshik ortida ulkan dumaloq stol bo'lib, uning o'rtasida hidi ishtahani qitiqlaydigan ovqat to'la katta idish qo'yilgan ekan. Stol atrofida o'tirgan odamlarning ko'rinishi abgor bo'lib, ular ochlikdan sillalari qurib qolgan ekan. Ularning barchasining qo'liga uzun qoshiqlar bog'langan ekan. Stol atrofidagilar idishdagi ovqatni qoshiqqa olishlari mumkin ekan, lekin qoshiq uzunligi bois uni og'izlariga to'g'rilay olishmas ekan. Boyagi kishi ularning bu holatidan qattiq ta'sirlanibdi. – Bu do'zax, – debdi Xudo. Haligi kishi ikkinchi eshikdan ichkariga kiribdi. Bu erda ham xuddi shunday stol va shirin taom to'la idish bor ekan. Bu erdagi odamlar ham qo'llariga qoshiq bog'langan holda stol atrofida o'tirishgan ekan. Biroq ularning hammasi qorinlari to'q, xursand holda ekanlar. – Tushunolmayapman, – debdi boyagi kishi. – Bu juda oddiy, – debdi Tangri. – Bu odamlar bir-birlariga yaxshilik qilishadi, ya'ni o'z qoshiqlari bilan bir-birlarini to'ydirishadi. Shuning uchun ularning hammalari to'q va baxtli. Do'zaxdagi odamlar esa faqat o'zlari eyishni o'ylashadi. Shu baxilliklari uchun ham ularning bari och va abgor. Xulosa: hamma o'z fe'liga yarashasini oladi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: