Главная » Qo'rqinchli Voqealar » ¤ ¤ ¤ AXIR ONAM QOTIL EMASDIKuuuu... ¤ ¤ ¤
¤ ¤ ¤ AXIR ONAM QOTIL EMASDIKuuuu... ¤ ¤ ¤

¤ ¤ ¤ AXIR ONAM QOTIL EMASDIKuuuu... ¤ ¤ ¤

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: ¤ ¤ ¤ AXIR ONAM QOTIL EMASDIKuuuu... ¤ ¤ ¤
  • Дата релиза: 21-02-16, 21:37
¤ ¤ ¤ AXIR ONAM QOTIL EMASDIKuuuu... ¤ ¤ ¤
Mening ismim Qoya, hozir Abu Bakr. Bugun otam mozorga, onam esa qamoqqa ketdi. Men oilamizning to'ng'ich farzandiman. Men uchun jonu jahonim, harkimim ukam yolg'iz Chungiz (Ali) qoldi. Ajal onamning qo'li bilan otamni olib ketdi. Onam hibsda nima qiladi? Onam otamni qotilimi? yoki otamni, bolalarini, hatto jamiyatni qutqargan fidokormi? Savollar... javoblari bormi yoki yo'q? Onamizni qamoqqa , otamizni esa mozorga yo'lladik. Bu jamiyatning tasqara basharasidir... Bu hayot bir necha kishini emas, otasi aroqho'r, onasi qotil, bizning ko'zyoshlarimiz, mashaqqatlarimizni bo'lishganlarni hayoti... Biz ikki aka-uka onamizni hayotini bilishga qiziqardik. Onajonimiz biroz jim bo'lib qolardi. Yuzini mashaqqat chulg'ardi. Song g'amgin tabassum qilardi. Shu yuz harakatlari uning dardli ayol ekanligini anglatardi. O'sha paytlarda bizni hafa qilmaslik uchun bizga qaramaslikka, yuzlarini ko'rsatmaslikka, yashirishga urinardi. - "Otangiz bilan oramizda beshikkerti degan narsa bor edi. Otangiz meni sevishini aytar, o'zlari kelishgan, sevimli, muallimlikka mehr qo'ygan edilar. Uylanish uchun u paytlarda shu narsalarni o'zi yetarli edi. Musulmonlik ahtarmasdim, meni ham dindan habarim yo'q edi, o'sha paytlarda. Meni otamdan so'ratdi, bermadilar. Meni olib qochdi, biz turmush qurdik. Bir yilcha bahtli yashadik. U paytlarda ham ichardi, lekin oz ichardi. Uyda haddan ziyod janjal ko'tarmasdi. Keyin ichkilikka ruju' qo'ydi. Birinchi farzandimiz qiz bo'ldi, lekin o'ldi. Keyin sen tug'ilding. Uch yildan so'ng Chingiz... . Bundan keyingi hayotim har kuni bir hil kechdi. Tayoq, zulm, ochlik, keyin o'zlaringiz ulg'ayib hammasini ko'rdingiz". Koshki ulg'aymasaydik, ko'zimiz bilan ko'rmasaydik, onajonim! Sizga qilingan zulmlar, kaltaklarga javoban yig'lardik. Qo'limizdan boshqa hech narsa kelmasdi. Otamni inson deyishimiz uchun o'zimiz insonlikdan chiqishimiz kerak edi. Hayvon ham deyolmasdik... Chunki hayvon ham bu ishlarni qilmasdi. Otamiz inson ko'rinishidagi g'alati bir yaratiq edi. Muallim bo'lgani uchun maktabga borishiga to'g'ri kelardi, lekin bormasdi. Dars o'tishga bizlarni yuborardi. Mudir so'rasa kasal derdik. Davlat muallim tayyorlab, diplom beradi va bir sinf 20-25 o'quvchini qo'oliga topshiradi. Lekin u mast, maktabga kelmaydi. Oilasiga zulm qiladi, och qoldiradi. Lekin oy boshida maoshini naqd undirib oladi. Otan dinsiz odam edi. Onamni ham o'z ta'siriga olar, o'ziga o'hshatmoqchi bo'lar, lekinonam Allohdan ko'ngil uzmaslikka harakat qilardi. Lekinotam onamni namoz o'qishi, ro'za tutishiga to'sqinlik qilardi. Doim o'tkir asboblarni yashirib qo'yardik, bizni yaralab yoki o'ldirib qo'yishidan qo'rqardik. Bir kuni beso'naqay oyog'i bilan onamni tepdi, onamning o'ng qoshi yorilib atrofni qonlarga bo'yadi. Otam onamni qancha ursa ham onam bizlarni aralashtirmasdi. Bizni urdirmas, bor zulmu jafoni o'zi chekardi. Lekin o'ng qoshi yorilibhar tarafga qon tizillab otilganida, necha yillardan buyon ilk marta chaqirdi. - Qoya! Meni qutqar! Qytqar boalm, menga yordam ber! Onamni o'lib qolishini o'yladim. Otamni ushlab tortdim. Otam turdi, tig'li narsalarni izladi, topolmagach meni urdi... Otam topgan maoshini ichkilikka sarflardi, orada onamga ham berardi. Bozorga borilmas, tuzukroq ovqat ham yemasdik. Aroqxo'r odam hayvondan ham battar bo'larkan. Otamiz uyda yalang'och yurar, hojathonaga ham chiqmas, uyda, tog'oraga yozilardi. Tog'orani ham biz yoki onam olib kelardik. Hayvonga o'hshab bo'kirardi. Agar tog'orani kaltiravermasak, uyning duch kelgan joyiga katta- kichik yozilaverardi. Ha, bular ichkilikni hunarlari edi... Onam otamni o'ldirishidan bir kun avvalgi oqshom ham u mast edi. Onamni, meni Chingizni urdi. Daf bo'lishimizni, yo'qsa hammamizni o'ldirishini aytdi. Yillar tinglagan tahdidlarimiz edi bu. Ertalab maktabga ketdim, shomga yaqin soat beshlarda amakimning qahvahonasiga o'tdim. Amakim otamni ko'rsatib: - Eplay olmayapti, -dedi. Otam odatdagiday mast, choy quymoqchi bo'lar, lekin to'kib sochardi. Otamni uyga olib keldik. Ukam maktabda. Onam o'tinlarni maydalab teshani poygohda unutib qoldirgandi. Otam ichkariga kirishi bilan odatdagiday baqirdi. Otamni poyafzalini yechmoqchi bo'lgan onamni tepib yubordi. Va boltani olib onamga tashlandi. Onam qo'liga nogohon tushib qolgan tesha bilan otamni boshiga urdi. Onam kamzul kiyib eshikni qulflab chiqqanlarida maktabdan ukam kelgandi. Onam buni yo'lda ukamga aytmagani uchun u otam onamni urib qarindosh;larinikiga ketgan deb o'ylagan, albatta, keyinroq hammasidan habardor bo'lgandi. Onam vaziyatni tog'amning o'g'liga tushuntirgach, u: - Bor, taslim bo'l, -dedi. Onam qotil kabi mahkamaga bordi. Holbuki, onam qotil emas, 19 yillik azobga nuqta qo'ygan, o'zini himoya qilgan ayol edi. Agar onam otamni o'ldirmaganida u onamni o'ldirardi... Lekin voqeani halqqa yoygan gazetalar o'zi istagandayyolg'on yashiqni yozmoqdalar. Bu o'zini himoya qilgan odamga tuhmatdan boshqa narsa emas. Mana shu gazetalardan birini habari:" Mast erini o'ldirgan hotin -ikki bolaning onasi o'zini mirshabga topshirdi. Ichkilik va tayoq 19 yillik oilani buzdi, vayron qildi. Orqada otalariami onalarigami yig'lashni bilmgan ikki bola qoldi. Er hotin o'rtasida 19 yildan beri davom etib kelayotgan janjal o'tga kuni jinoyat bilan yakunlandi. Bolalar maktabdaligida erini eshikortida yashirinib kutgan Oisha Qushchi uni ichkari kirar-kirmas ilgaridan hozirlab qo'ygan tesha bilan boshiga urdi. " Meni ezayotgan erimning o'limi ema, bolalarimning ham onasiz, ham otasiz qolishgani" deydi". Fodiyi onajonimiz eng qiynalgan vaqtida ham bizlarni o'ylardi. O'n yillarki, o'sha azoblarga bizni deb chidab kelmadimi? Bizni ezyotgan narsa ham onamizdan ajralishimiz edi. Otamiz har kuni so'kar, telbalar kabi baqirardi. Onam tesha bilan urib, uni tinchitdi. Hech bo'lmaganda otamizning dunyoda chekayotgan azoblariga yakun yasagandi. Ba'zan onamga zulm qilgani esimga tushib ketsa, yahshiyam o'ldi, deb yuboraman. Qisqasi, o;ylab qarasam, otamning o'limiga sevinar ekanman. Otam o'z qarindoshlariga ham isnod keltirgan, ular biznikiga kelishmasdi. Onam qamalgunicha otam uchun namoz o'qidi. Dinsiz otamni janoza namozni o'qib, uni musulmonlardek ko'mdilar. Onam qamalgach sinovli kunlar boshlandi. Bir kuni u, bir kuni bu qarindoshimiznikida turamiz. Ovqat berib kuzatadilar, kuzatadilar emas, ketkazadilar. Keyinroq ba'zi musulmonlar bizlarga yordam berishdi. Hozir shu musulmonlar yonidamiz. Biz o'qib dinimiz uchun foydali inson bo'lishni niyat qilamiz. Eng ulug' tilagimiz:Onamiz biroz oldinroq bo'lsada ozod bo'lsa, to'yib to'yib bizni bag'riga bosishi, boshimizni silashini kutamiz. Dinimizni o'rganar ekanmiz, ismlarimizni o'zgartirdik. Men Abu Bakr, ukam Ali nomlarni oldik. Ammo dinni o'rganganimizdan keyin, otamizni ibodatsiz, balki iymonsiz o'lganiga qayg'urdik, g'ussalarga cho'mdik...

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: