Главная » Qo'rqinchli Voqealar » QARIYANI TA’QIB ETGAN KELINCHAK
QARIYANI TA’QIB ETGAN KELINCHAK

QARIYANI TA’QIB ETGAN KELINCHAK

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: QARIYANI TA’QIB ETGAN KELINCHAK
  • Дата релиза: 21-02-16, 21:37
QARIYANI TA’QIB ETGAN KELINCHAK
Rizamat otaning ko‘ngli bir necha kundan beri g‘ash. Uch kundan keyin yolg‘iz farzandi Oltinoyning to‘yi bo‘lishini o‘ylab, qizining baxtidan bir quvonsa, hayhotdek hovlida yolg‘iz o‘zi qolayotganidan bir kuyunardi. Xotinining vafotidan so‘ng shu qiziga qattiq bog‘lanib qoldi. Endi esa bu mehribonining hayotini taqdiri azal shahar bilan bog‘layapti. «Qayerda bo‘lsa ham, baxtli bo‘lsa bas...» Ota faqat shu so‘zlar bilan o‘zini yupatardi. Bir necha kundan beri mahzun tortib qolgan Oltinoy dadasining oldiga choy ko‘tarib keldi. Padari buzrukvorining bir nuqtaga tikilib turganini ko‘rib, biroz indamay turdi. So‘ng choyni qaytarib, piyolaga quyarkan, yoqimli tovushda: — Dada, nimalarni o‘ylab o‘tiribsiz? — deb so‘radi. Qizining savoli Rizamat otaning xayollarini bo‘lib yubordi: — Eh, qizim, nimani ham o‘ylardim? Shunchaki... Endi sensiz kunlarim qanday o‘tarkin? Seni juda sog‘insam kerak. — Dadajon, xavotir olmang, 5-6 oydan so‘ng yana qishloqqa qaytamiz. Shunda har kun sizdan tez-tez xabar olib, yoningizda bo‘laman. Tasodifan tomchilay boshlagan yomg‘ir ota-bolaning suhbatiga xalal berdi. Ular birin-ketin uyga kirib ketishdi. * * * To‘y ajoyib o‘tdi. Hamma xursand. Faqatgina Rizamat otaning ko‘ngliga o‘ralashib qolgan g‘ashlik aslo tarqamas, negadir qizini sira qo‘yib yuborgisi kelmasdi. Lekin nachora, qiz bola — palaxmon toshi. Allohning hukmi shu ekan, deya qiziga oq fotiha tilarkan, otaning qalbidan o‘ylar tizgini ketma-ket o‘taverdi. Hayhotday hovlida cholning yolg‘iz o‘zi qoldi. Qizini uzatganiga bir hafta bo‘lmay turib, qalbini olam-olam sog‘inch egalladi. Rizamat ota shu qishloqdagi maktabda qorovul. Har kuni ishdan allamahalda qaytadi. Bugun har doimgidek qorong‘i tushib qolgan. Ammo shunday bo‘lsa-da, to‘lin oyning yorqin nurlari zim-ziyo ko‘chalarni yoritib turardi. Nimalarnidir o‘ylab, xayol surib kelayotgan otaning ko‘zi tasodifan ko‘chaning bir chekkasida mung‘ayib o‘tirgan kelinchakka tushdi. U taajjublandi. «Yarim tunda kelinchak nima qilib yuribdi? Balki yo‘lidan adashib qolgandir», deb o‘ylab, Rizamat ota unga yaqinroq bordi. Boshini quyi solib turgan kelinchak otani ko‘rib, unga salom berdi. Kelinchakning yuzlariga diqqat bilan razm solgan ota bir seskanib tushdi. Uning mayus chehrasi xuddi qiziga o‘xshardi. «Oltinoy poytaxtda bo‘lsa, qanaqasiga bu mening qizim bo‘lsin? Balki uni sog‘inganim uchun shunday tuyulayotgandir», deb o‘yladi Rizamat ota. — Qizim, qorong‘ida bu yerda nima qilyapsiz? Kimnidir kutyapsizmi? Kelinchak hech narsa demas, faqat jilmaygancha qarab turardi, xolos. — Yoki adashib qoldingizmi? — qayta so‘radi chol. Kelinchak hanuz gapirmas, jim turaverardi. — Qizim, boradigan joyingiz yo‘qmi? Agar shunday bo‘lsa, xohlasangiz, biznikiga yuring. Yana hech qanday javob bo‘lmagach, Rizamat otaning xunobi oshdi: — Menga gapirgingiz kelmayotgan bo‘lsa, mayli, men ketaman. Lekin, qizim, qorong‘ida yolg‘iz yurmang, bu yaxshi emas. Rizamat ota yo‘lida davom etdi. Biroz yurgandan so‘ng ortiga o‘girildi. Qarasa, kelinchak ham ortidan kelyapti. Ota hech narsa demay ketaverdi. Kelinchak ham unga ergashib borardi. Uyiga yetib kelishiga 7-8 qadam qolganda, chol yana ortiga o‘girildi. Kelinchak hamon unga jilmayib turardi. Biroq, ko‘zlarida qandaydir g‘amginlik bor edi. Kelinchakdagi aynan shu g‘amginlik uni qizidan farqlab turardi, otaning nazdida. Chunki Oltinoyning ko‘zlari doim chaqnab turar, o‘zgacha surur bor edi. — Qizim, hech tortinmang, bu mening uyim, — deb, Rizamat ota devorlari nurab qolgan pastakkina darvozali uyga ishora qildi. Keyin esa darvozani ochib, kelinchakni ichkariga taklif qilish niyatida ortiga o‘girildi. Shunda u hayratdan yoqa ushlab qoldi. Kelinchak bir zumda g‘oyib bo‘lgandi. Ota «Tavba», dedi-yu, uyiga kirib ketdi. Ertasi kuni ham u ishdan qaytayotib, o‘sha joyda yana o‘sha kelinchakni uchratdi. Bu holdan ajablangan chol uning yoniga yaqin borib, so‘radi: — Kecha nega ketib qoldingiz, qizim, tinchlikmi? Yoki sizni xafa qilib qo‘ydimmi? Yana o‘sha holat. Kelinchakning javob bergisi kelmasdi. Buni payqagan chol tag‘in yo‘lga tushdi. Xuddi kechagidek, bugun ham kelinchak cholga hamroh bo‘ldi. «Bu kim bo‘ldiykin? Kel, uni yana bir gapga solib ko‘ray-chi?» degan o‘yda Rizamat ota haligi kelinchak bilan suhbatlashmoqchi bo‘ldi: — Xuddi sizga o‘xshaydigan chiroylikkina qizim bor. Turmush qurgandan so‘ng shaharga ko‘chib ketdi. Uni juda sog‘inaman. Negadir sizni ko‘rganimda, qizim yodimga tushdi... Kelinchakning yuzida kechagi tabassum ifodasi ko‘rinmasdi. Uning yuziga tubsiz qayg‘u soya solgandi. Ular uyga yetib kelishdi. Rizamat ota darvozani ochishdan oldin kelinchakka yuzlandi: — Kecha indamasdan ketib qoldingiz, bugun unday qilmang, xo‘pmi? Keling, yaxshisi, biznikida yashay qoling, qizim. Meni o‘z otangizdek qabul qiling. Kelinchakning g‘amgin yuzlarini qarog‘ida miltirayotgan ko‘z yosh tomchilari yuva boshladi. — Nega yig‘layapsiz, qizim? Nima bo‘lgandayam kuyunmang, oyning o‘n beshi yorug‘ bo‘ladi. Xudo xohlasa, hammasi iziga tushib ketadi, — deya ota kelinchakka dalda bergandek bo‘ldi. Chol darvozani ochib, ne ko‘z bilan qarasinki, kelinchak yana g‘oyib bo‘lgandi. Bu g‘ayritabiiy holatdan qo‘rquvga tushgan ota uyiga kirar-kirmas darrov kalima qaytara boshladi. Bu holat bir necha kun davom etaverdi. Har kuni ishdan qaytayotganda Rizamat ota kelinchakka ro‘baro‘ bo‘lar, odatdagidek, qizi haqida to‘lib-toshib gapirar, uyiga yetib borganida esa kelinchak o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘lib qolardi. Bu holat ikki hafta davom etdi. Bugun negadir erta tongdan Rizamat otaning yuragiga g‘ulg‘ula tushdi. Ota endi ishga ketishga chog‘lanib turganida, kuyovi kirib keldi. Rizamat ota kuyovini bir ahvolda, horg‘in, xafa holda ko‘rib, qo‘rqib ketdi. — Assalomu alaykum, dada. Ahvolingiz tuzukmi? — Vaalaykum assalom, o‘g‘lim. Qani, ichkariga kiring. Tinchlikmi, Oltinoy qani? Qachon shahardan qaytdinglar? — deya ota kuyovini savollarga ko‘mib tashladi. Kuyovi hech nima demadi. Bo‘g‘ziga achchiq bir narsa tiqilib qolgandi. — Nega Oltinoyni o‘zingiz bilan birga olib kelmadingiz? YO biror gap bo‘ldimi? — Ota, meni kechiring, qizingizni asray olmaganim uchun kechiring!.. — yigitning ko‘zlaridan yosh dumaladi. — Hammasi to‘satdan bo‘ldi. Yo‘lda ketayotgandik, Oltinoyni mashina urib ketdi. Bu baxtsiz voqea edi, eng dahshatli fojia... Darrov kasalxonaga olib bordik. Ikki hafta davomida komada hushsiz yotdi. Do‘xtirlar hech qanday umid yo‘q, deyishdi. Biroq biz hammamiz uni, albatta, hushiga kelib, oyoqqa turib ketishiga ishonardik. Shuning uchun bu haqda sizga xabar qilib, xavotirga qo‘yishni xohlamagandik. Biroq Alloh unga shunday qisqa umr bergan ekan, qo‘limizdan hech narsa kelmadi.. Bu gaplarni eshitib, Rizamat otaning oyoqlarida mador qolmadi. Qo‘llari qaltiray boshladi. Tili kalimaga kelmas, faqat ko‘zlaridan achchiq yosh tomchilardi, xolos. Yolg‘iz qizidan ham ajralgan otaga hayotning qizig‘i qolmadi. Bir oy oldin qizini kelinlik libosida o‘zga uyga kuzatgandi. Endi esa... Uning uchun bundan-da dahshatliroq fojia yo‘q edi. Og‘ir ayriliqdan keyin ota kasal bo‘lib yotib qoldi. Vaqt hamma narsaga davo bo‘ladi, deganlari rost ekan. Rizamat ota tuzalib, yana ishga qatnay boshladi. Lekin uning ko‘zlarida hayotga bG‘lganumid butkul so‘ngan, faqat kun o‘tkazish uchungina ishga borardi. U ishdan avvalgidek qorong‘ida qaytardi. Rizamat ota o‘sha kelinchakka duch kelishni juda istadi. Kuchi qolmagan bo‘lsa-da, dadil qadamlar bilan kelinchakni uchratgan o‘sha manzilga shoshildi. Biroq u yerga yetib borganida, hech kim ko‘rinmasdi. Chol yon-atrofga qarab, uni qidira boshladi. Endi u har doim ishdan qaytishda kelinchakni uchratishni va unga hamroh bo‘lib kelishini umid qila boshladi. Biroq bunday bo‘lmadi. Rizamat ota qorong‘ida uyiga qaytar ekan, o‘zicha voqealarni tahlil qildi. «Ikki hafta davomida menga hamroh bo‘lgan kelinchak-- komada hushsiz yotgan qizimning ruhi... O‘zi va’da qilganidek, holimdan xabar olgani kelibdi-da». Rizamat ota kelinchakni qayta uchratmadi. Har doim qizini yonida yurgandek tasavvur qilar va xayolan u bilan suhbatlashib yurardi. Qishloqdagilar esa uni o‘ziga-o‘zi gapirib yuradigan jinniga chiqarishdi. Otadan hol- ahvol so‘raydigan biror kimsa topilmadi. Faqat ba’zi-ba’zida kuyovi kelib turar va ular ikkisi Oltinoy haqida uzoq-uzoq suhbatlashishardi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: