Главная » Qo'rqinchli Voqealar » QONXO'R PIANINO qissasi
QONXO'R PIANINO qissasi

QONXO'R PIANINO qissasi

  • Категории: Qo'rqinchli Voqealar
  • Название: QONXO'R PIANINO qissasi
  • Дата релиза: 21-02-16, 20:26
QONXO'R PIANINO qissasi
Klassika qo`shiqlarini yoqtiradigan qiz bor ekan. Musiqa uning jonu dili bo`lgani sabab, ota onasiga pionino o`qituvchisiga shogiurdlikka qo`yishlarini qo`yarda qo`ymay iltimos qilibdi. Oilada yagona farzand bo`lgani uchun ular bunga rozi bo`lishibdi va qiz pionino bo`yicha dars ola boshlabdi. Darslarni u o`qituvchining uyida olar ekan. Chunki o`zining pioninosi yo`q edida. Kunlardan bir kuni ota ona qizining qo`lidan ushlab ko`chani aylanib yurishganida bir magazin peshtoqida e`lon yopishtirib qo`yilganini ko`rib qolishibdi. Bu e`londagi so`zlar qizning e`tiborini o`ziga jalb qilibdi. u yerda pionino sotilishi haqida yozilgan ekan. Qiz ota-onasiga pioninoni olib berasizlar deya xarxasha qila booshlabdi.. Ota - ona noiloj magazinga kirishib pioninoni ko`zdan kechirishibdi. Ularning oldiga sotuvchi kampir kelibdi. Undan pioninoning maqbul narxini eshitib hayron qolishibdi. Chunki pioninoni ancha qimmat deb o`ylashgan edi. Kampir bu pioninoni axlatdan topib olganini va o`zi tuzatgani uchun uncha qimmat emasligini aytibdi.Ota ona pioninoning pulini to`lab asbobni uyga eltishlari haqida kelishib olibdi. O`sha kecha hamma do`stlarini chaqirishibdi. Qizlarining pioninoda chalishini ko`z ko`z qilmoqchi bo`lishdi. Mana hamma mehmonlar yig`ilishdi. Ona qizidan asbobni chalishni so`radi. Qiz pioninoni chalayotganda barmoqlarida kuchli og`riq sezdi. Xuddiki kimdir uning qo`llariga ignalarni suqib suqib olayotganday. Lekin og`riqqa qaramay u chalishda davom etti. Bir kuyni chalib bo`lgandan keyin u o`zining holi ketayotganini sezib qoldi. Ammo uning onasi butun kecha pionino chalishga majbur qildi. Azbaroyi mehmonlarning ko`nglini xushlash uchun. Mehmonlar ketganidan keyin qizning hattoki joyidan turishgaham holi yo`q edi. Otasi uni das ko`tarib xonasiga etib yotqizdi. Shu kundan boshlab, Har safar pioninoda chalganida ahvvoli tobora yomolasha bordi. Kundan kunga ozib borar, ko`zlarining tagi qorayib ketgan, yuzlaridan ham rangi o`chgan edi. Bir kuni qiz pioninoni chalib o`tirganida bir klavishning ishlamayotganini payqadi. Otasi pioninoni sotib olishgan kampirga qo`ng`iroq qilib, bu haqida xabar berdi. Kampir hayallamadi. ''Men ishlayotganda hech kim meni bezovta qilmasin. Bu juda eski pionino. Shuning uchun uni tuzatishga menga hech kim halaqit bermasligi k.k'' dedida xona eshigini yopib oldi. Hech kim bunda hayron bo`lmadi. Oradan ko`p vaqt o`tmay, kampir xonadan chiqdi, va asbobning yana ishlayotganini aytdi. Qizning ahvoli tobora yomonlashib borar, ahvol shu darajagacha yetdiki, hatto, joyidan turishga holi qomagan edi. Otasi uni ko`tarib stol boshiga, ovqatlanib olishi uchun olib kelar edi. Kunlardan yana bir kun pioninoning yana bir klaviaturasi ishlamay qoldi. Ota yana o`sha kampirni chaqirdi. Bu safar ham kampir o`sha bahonani ro`kach qilib eshikni qulflab oldi. Otaning qiziqishi ustun keldi va eshikning oldiga yaqin borib kampirning hatti harakatlarini qulfdagi teshik orqali kuzata boshladi. Kampir pioninoning qopqog`ini ochib uning ichiga qo`l uzatdi. Ichi anchagina chuqur ekan, U yerdan qizil suyuqlikka to`la bankani chiqarib oldi. Bu qon edi. Kampir uni bir xo`plamda qultillab ichib qo`ydi. Bu haqida ota militsiyaga xaba berdi. Kampirni qo`lga olishdi. Ma`lum bo`lishicha pionino klavishlariga ko`rinmas mikroskopik ignalar jiylashgan ekan. Kimki unda chalsa o`sha ignalar chaluvchi barmoqlariga suqulib undan qonni so`rib olar, qon esa har bir klavishga biriktirilgan naychalar orqali pianinoning tubida joylashgan bankaga borib quyular ekan. Buni bilganlaridan keyin, pioninoni buzib tashlashdi. O`shandan berin qizning ahvoli kundan kunga yaxshilanib borib, axiyri butkul sog`ayib ketibdi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: