Главная » SeriaL Xikoyalar » Marhumaning Kundaligi (hikoya)
Marhumaning Kundaligi (hikoya)

Marhumaning Kundaligi (hikoya)

  • Категории: SeriaL Xikoyalar
  • Название: Marhumaning Kundaligi (hikoya)
  • Дата релиза: 21-02-16, 21:43
Marhumaning Kundaligi (hikoya)
Botir yarm yil chetda yurib ishlari yurishmay hechvaqosiz qaytdi-yu, ketishidan avval ota- onasi aytgandek shu yerda tinchkina ishlab yuravermagani uchun o'zini aybdordek his qilardi. Musofirlikni achchiq alamini boshidan o'tgazgan yigit yana ish izlab avval birga ishlagan quruvchi ustalar oldiga bordi, lekin usta boshi Botir o'rniga allaqachon odam olib bo'lganini aytib, agar ish shunchalik kerak bo'lsa qo'shni tumanda kichikroq ish borligini tushuntirganidan so'ng, ertasi tong Botir va do'sti Nurmad motosikilni tirillatgancha qo'shni tumanga yo'l oldilar. Ular belgilangan manzilga yetib borishganda yoshi 40-45 lardagi qorin qo'ygan maylabli bir kishi kutib oldi. Ular choy ustida ish haqida gaplashishar ekan, maylabli kishi hovli burchagidagi eski uylarni buzish kerakligini tushuntirdi. Bu kishi bir o'g'li bilan yolg'iz yashar ekan, o'zini aytishicha xotini o'g'li Usmonni tuqqan-u vafot etgan emish, choydan so'ng Botir va Nurmad ishni boshladilar. Nurmad deraza raxlarini ko'chirar Botir esa xona pol taxtalarini, boyagi kishi ular oldiga kirib keldida xonaga biroz razm solib, qizim Adibani xonasi edi, dedi, Botir bir qarab qo'ydi- yu ishida davom edi. Nurmad esa qizingiz turmushga chiqib ketganmi, deb boyagi kishini savolga tutdi. Yo'q qizim uch yil avval vafot etgan hayot bo'lganida hozir 21-yoshda bo'lar edi, dedi, xaligi kishi. Xa nima bo'lgandi kasal edimi, Nurmad xaligi kishini yana savolga tutdi. Kishi ko'zida yosh o'ynadi va birdan istirobli ovozda qizim negadir o'z joniga qasd qilgan, dedi-yu eski yarasi tirnalgan ko'yi xafsalasiz xonadan chiqib ketdi. Ey Nur axmoq esing joyidami, joyi jannatda bo'lsin degin edi, xamdardman degin edi, shunaqayam savol beradimi ovsar, Botir do'sti Nurmadni so'kaketdi. Nurmad men qayerdan bilibman, deb to'ng'illab qo'ydi. Botir o'z ishida davom etarkan burchakdagi bir taxtani mixi avvaldan olib qo'yilganini ko'rdi va qiziqib o'sha taxtani olib ko'rdi-yu, ko'zi kitobga o'xshab ketadigan yashil jiltli qalin daftarga tushdi, u chang bosib yotgan daftarni qo'liga olib to'g'ri kelgan joyidan ochib ko'rib unga yozilgan misralani o'qiy ketdi. "Bugun 16 - Sentyabr. Hozir yarm tun uni shunchalik so'g'indimki ko'z yoshlarim to'xta olmayapman, boshim qattiq og'riyapti, butun vujudim titrab ketyapti, ich- ichlarimda titroq sezyapman, hozir u meni birbora bag'riga bosishi uchun hammasi tayyor edim, uni juda sog'indim , men dunyoda hammadan xam o'zimni ko'proq yomon ko'raman, sevgini yomon ko'raman, men dunyodagi eng yomon qizman, tinmay yig'layapman, boshim qattiq og'riyapti". Botir o'qiganlaridan hayratga tushib tezda daftarni yopdi va daftarda yozilganlarni o'qishga haqqi yo'q ekanini tushundi. U bu daftar shu xonada yashagan marhuma Adibaga tegishli ekanini taxmin qilib daftarni qizni otasiga berishga qaror qildi va shu o'y bilan daftarni berkitgancha sekin hovliga chiqdi. Botir daftarda o'qiganlarini eslab ketyotgan joyida birdan to'xtadi-yu agar qizning bir siri bo'lsachi deb o'yga toldi, u nima qilishni bilmasdi, daftarni yoqib yuborsa qiz ataylab qoldirib ketgan va otasi ukasiga aytgan gaplari bo'lsa, Botir qo'lidagi daftar qanchalik jiddiy narsa ekanini tushunar va nima qilishni bilmasdi. U qo'lidagi daftarni bosh varog'idan ochib birinchi betiga bir chiroyli qizning surati oddiy hamir yelim bilan yopishtirilgani va tagiga "Adibaning kundaligi" deb yozib qo'liganini ko'rdi. U o'sha kun marhuma Adibani kundaligini hech kimga ko'rsatmay uyiga olib keldi va avval o'zi o'qib ko'rish o'qiganlarini esa bir umr sir siqlashga, keyin esa kundalikni taqdirini aql bilan hal qilishga qaror qildi. (Davomi bor)

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: