Главная » SeriaL Xikoyalar » Marhumaning kundaligi (uchinchi yakuniy qism)
Marhumaning kundaligi (uchinchi yakuniy qism)

Marhumaning kundaligi (uchinchi yakuniy qism)

  • Категории: SeriaL Xikoyalar
  • Название: Marhumaning kundaligi (uchinchi yakuniy qism)
  • Дата релиза: 21-02-16, 21:43
Marhumaning kundaligi (uchinchi yakuniy qism)
14 - Iyul. Bugun o'sha noxush kunga o'n kun bo'ldi. Mana o'n kundirki Murod aka qorasini xam ko'rsatmaydi, avval har kun kelib turardi, endi izlab ham topolmayapman, hozir yarm tun yana kundaligim bilan sirlashib o'tiribman, yana boshim og'riyapti, yana uzoq yig'ladim! 17 - Iyul. Bugun dadam yana o'sha do'stini o'g'li haqida gap ochdi. Murod akadan esa haliham habar yo'q! 2 - avgust. Bugun Marod aka keldi, undan nafratlansam ham juda sog'ingandim. Aytishicha ishlari hozir yaxshi emas ekan, sabr qilsang sovchilarni yuboraman dedi. Shunisiga ham hursandman har-holda menga uylanishga vada berdi-ku. 29 - avgust. Bugun yana to'yib yig'ladim. Murod akadan esa habar yo'q, uni juda sog'indim! 16 - sentyabr. Hozir yarm tun uni shunchalik so'g'indimki ko'z yoshlarim to'xta olmayapman, boshim qattiq og'riyapti, butun vujudim titrab ketyapti, ich- ichlarimda titroq sezyapman, hozir u meni birbora bag'riga bosishi uchun hammasi tayyor edim, uni juda sog'indim, men dunyoda hammadan xam o'zimni ko'proq yomon ko'raman, sevgini yomon ko'raman, men dunyodagi eng yomon qizman, tinmay yig'layapman, boshim qattiq og'riyapti. 20 - Sentyabr. Bugun dadam keyingi hafta do'stni uyidan odamlar kelishini aytdi. Endi nima qilaman Murod akadan darak yo'q axir men turmushga chiqolmayman, endi dadamga nima deyman, ey hudo nimalar qilib qo'ydim, o'lgim kelayapti. 21 - Sentyabr. Bugun Marod akani uyiga izlab bordim. Unga keyingi hafta meni unashtirishmoqchi ekanini aytdim, u menga baqirib berdi, uyimga boshqa izlab kelma dedi, kutsang senga uylanaman bo'lmasa yo'qol o'sha yigitga tegib ketaver dedi. Endi nima qilaman. 26 - Sentyabr. Bugun erta tong dadam ertaga do'stinikidan fotiha qilishgani odamlar kelishini aytdi. men yana Murod akani izlab bordim, u menga yana o'sha gapni aytdi, o'sha yigitga tegib ketaver dedi. Qanday qilib tegaman desam, men bilmayman deydi, nomard, o'zimni tutib turolmadim, ablax ekansiz deb rosa yig'ladim. Aytishicha hammasiga o'zim aybdor ekanman. Unga erkak emas ekansiz o'zingiz uyqu dori ichirib... u hayvon bor yo'qol seni tanimayman deb turib oldi. Nima qilishni bilmay qoldim, hozir kerakli joyga borib aytaman meni zo'rlagan deyman, dedim. U bo'lsa bor aytaver ikki og'aynim guvohlik beradi, uyushtiraman, ular biz xam avval bu qizni.... deydi, o'zingga foxisha degan nom ortirib olasan dedi. Bunchalik ablax ekanini bilmagan edim, shu hayvonni sevganimdan o'zimdan nafratlanib ketdim, unga ochiqchasiga xezalak odam emassan dedim, shu payt yuzimga tarsaki kelib tushdi, yerga yiqildim, u maraz yiqilib yotgan joyimda meni tepdi... ey hudo o'lgim kelayapti, keyin yana bir marta qorangni ko'rsam og'aynilarimga berib yuboraman seni.... dedi. Yig'lay yig'lay unga zo'rg'a keldim. Kechki ovqat maxali ukam Usmon va dadamlarga dasturhon taxlab berdimda honamga kirib yig'lab o'tirgan edim, dadam chaqirdilar, chiqsam ertangi fotiha haqida gap boshladilar, ertaga fotiha bir oydan keyin esa to'y emish. Dadamga hech gap qaytarmagan edim, lekin bu safar... o'lsam ham u bolaga turmushga chiqmayman dedim, avvaliga dadam nega chiqmasligimni so'radilar, nima deyishni bilmay qoldim va dab-durusdan, boshqa yigitni sevaman dedim. Birpayt dadam yonginasida turgan choynakni olib menga otdi... senga sevishni kim qo'yibdi sen hali yaxshi-yomonni farqiga borarmiding deb rosa so'kdilar va qattiy aytdilarki, ertaga fotiha bir oydan keyin esa to'y. Xa men yaxshi yomonni farqiga bormayman, agar shunday bo'lganida aldanmagan, hozir yig'lab o'tirmagan bo'lardim, kechiring dadajon ishonchingizni oqlayolmagan qizingizni kechiring. Ukajon sen ham benomus opangni kechir Murod aka to'g'ri aytdi, xammasiga o'zim aybdorman sevgiga yigitlarga ishonmaslik kerak ekan, endi nima qilaman, ey hudo yig'idan o'zimni to'xta olmayapman, halizamon tong otadi, keyin meni boshqasiga fotiha qilishadi, axir u yaxshi yigit iffatli oqila qizga uylanyapman deb o'ylayapti men esa... faqat birgina yo'lim qo'ldi, sharmanda bo'lganimdan ko'ra sha avzal, ey hudo meni kechir... ana endi hammasi tamom, ey hudo endi men... nima qilib qo'ydim, endi men uchun tong otmaydi, endi benumos qiz tongda uyg'onmaydi. Uydagi bor dorini bir hovuch qilib yig'dimda ichib yubordim, ichim qizib ko'nglim aynib ketayapti, endi aniq o'laman, ey hudo nimalar qilib qo'ydim, meni kechir, dadajon siz ham meni kechiring yaxshi bilan yomonni ajirata olmagan aldangan benomus qizingizni kechiring! Usmonjon ukajonim sen ham kechir, sen yaxshi yigitsan sen anavi marazga o'xshamaysan, men sevgiga ishongandim yigitlarga ishongandim, yigitlarni hammasi ablax hammasi yolg'onchi, sen ularga o'xshama ukajon. Oyijon men sizdan to'rt yoshimda ayrilganman, sizni bir umr sog'inib yashadim, bilaman siz hozir jannatdasiz, meni orzuyim siz bilan jannatda uchrashish edi, oyijon meni kechiring endi men yoningizga jannatga borolmayman, endi iffatsiz benomus qizingiz do'zoxga tushadi, onajon endi siz bilan jannatlarda uchrasha olmaydigan o'zini badnom qilgan do'zoxi qizingizni kechiring...ey hudo dodsolib tinmay yig'layapman, ichim qizib nafas olishga qiynalib ketayapman, endi men o'laman, nimalar qilib qo'ydim, kundalikni joyiga yashirishim kerak, yo'q yoqib yuborishim kerak, endi ulgurmayman dadajon, ukajonim iltimos meni kechiringlar men bunday bo'lishini istamagandim meni kechiringlar alvido... meni qarg'amang dadajon kechiring, men sizlarni yaxshi ko'raman, sizlarni ollohga topshirdim, kechiringlar meni, me Kundalikni uyog'ida hech nima yozilmagan, bo'm-bosh edi. Botir o'qiganlaridan ko'zlariga beihtiyor yosh keldi. Adiba kundalikni shuyergacha yozib qolganiga kuchi yetmagan, qiz kundalikni doimgi joyiga berkitgan-u so'ngra bu dunyoni tark etgandi. Botir qizni qanchalar azob bilan istirob chekib vafot etganini his qilardi. Oradan bir hafta o'tib Botir va Nurillo murhuma Adibalarning honadonidagi ishlarini tugatdilar. Botir kundalikni Adibani dadasiga ham ukasi Usmonga ham bermadi. Endi kundalik Botirning honasiga berkitib qo'yilgandi. Oradan ikki oy vaqt o'ti, Botir shu kuni negadir og'aynilariga qo'shilib ichkilik ichdi. Tun yarmida Botir qo'lida bo'sh aroq shishasini ko'targancha qishloqlar oralab qandaydir notanish darvoza yoniga kelib qoldi. Ichkaridan gavdali kiborli bir yigit chiqib keldi. Botir undan Murod sizmi deb so'radi, yigit o'zini Murod ekanini tasdiqladi, Botir bundan uch yil avval Adiba ismli qiz bilan uchrashib yurgani haqida so'raganida Murod avvaliga dovdirab qoldi-yu so'ngra hechnima bo'lmagandek, xa uchrashib yurgandirman nima qilibdi, siz uni ukasi Usmon bo'lsangiz kerak, dedi. Botir qo'lidagi shisha bilan Murodni boshiga tushurdi, shisha chil-chil bo'lib Murod yerga yiqildi, Botir uni ayamasdan tepardi. U bir masuma qizni badnom qilganing uchun deb Murodni ayovsiz do'pposladi. Botir uyiga qaytar Murod esa qonga belangancha darvozasi tagida ingrab yotardi. Botir uyiga kelib marhuma Adibaning kundaligini berkitgan joyidan olib chiqdida unga yopishtirilgan suratni ko'chirib oldi va kundalikni yoqib yubordi. Adibaning hayot kechinmalari, fojiali qismati ask etgan yashil jiltli qalin daftar chirsillab yonarkan, Botir qo'lidagi surutni ko'ksiga bosib shunday dedi: Adiba men bilaman siz yaxshi qiz bo'lgansiz, lekin hayot beshavqat unda Murodga o'xshagan pastkash insonlar ham ko'p, shunday pastkashlar dastidan bugun qanchadan-qancha insonlar baxtsiz. Adiba siz baribir yaxshi qiz bo'lgansiz, men sizni yaxshi ko'raman, ilohim joyingiz jannatda bo'lsin, alvido! Muallifdan: hikoyani yozishga yordam bergan ajoyib sirli qizimizga katta rahmat, hikoya badiylikdan yiroq va turli hil hatolari bo'lsa ham balog'at yoshidagi qizlarga o'rnak bo'ladi degan umiddamiz!

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: