Главная » SeriaL Xikoyalar » “Xarobadagi arvoh” 1-qism
“Xarobadagi arvoh” 1-qism

“Xarobadagi arvoh” 1-qism

  • Категории: SeriaL Xikoyalar
  • Название: “Xarobadagi arvoh” 1-qism
  • Дата релиза: 21-02-16, 21:43
“Xarobadagi arvoh” 1-qism
O’zbekona mistika. Ko’hna Dabussiya qal’asi xarobalarida Maknuna ismli malikaning ruhi kezib yurishi haqidagi afsonalar paydo bo’lganiga ming yillar bo’ldi. Bu asotirlar uydan uyga,qishloqdan qishloqqa,shahardan boshqa bir shaharga ko’chib azim Toshkentgacha yetiob keldi. Dunyoviy ilm rad etadigan bunaqa mistik mish-mishlar qanchalik haqiqatdan yiroq ko’rinmasin, jurnalist sifatidagi qiziqqonligim meni Dabussiya qal’asi joylashgan ko’hna Ziyovuddin sari chorladi. Men o’tirgan avtobus jazirama saraton oftobi kuydirayotgan dasht-u biyobonlardan ancha olis yo’l yurdi. Nihoyat kun peshindan oqqanida,quyosh tig’I g’arbga tomon yotganida mashina hovur ko’tarilib turgan asfaly to’lga to’xtadi. Nashriyot qishloq raisini ogohlantirgani uchun Toshkentdan jurnalist kelayotgani haqidagi gap so’zlar qishloqqa mendan oldin yetib kelgan edi. Katta yo’l bo’yidagi bekatda mashinadan tushib telefonim xotirasidan mahalla raisining raqamini topib qo’ng’iroq qildim. U yaqinda ekanini tez orada yetib borishini aytdi. O’n minutlar chamasida uzoqdan chang yo’lda qora “UAZ” mashinasi ko’rina boshladi. Yo’l bo’yi vaqtimiz shaxsiy tanishuv bilan o’tdi. Ikki yuzi go’shtdor va yangi uzilgan nondek qizarib turadigan Tursunboy rais ancha xushmoamala,sodda va halol odam ekanligi shundoqqina ko’rinib turardi. Tipratikonni eslatadigan sariq sochlari tikka o’sgan bo’lib boshida uzoq kiyilganidan shlyapaning o’rni bilinib qolgan edi. Malla kostyumi ancha eskirganligi ko’rinib turar,ko’krak cho’ntagida bitta ruchka va ikkita ko’zoynak qadalgandi:bittasi qora ikkinchisi shaffof shishadan yasalgan.Manzilga yetib borgunimizcha rais hazilomuz gaplari bilan kayfiytaimni ko’tarib bordi,lekin hurmat yuzasidanmi yoki andisha qildimi,xullas, u meni nima uchun kelganligimni ham,Dabussiya qal’asi haqida,undagi ruhlar,hikoya va asotirlar haqida ham bir og’iz gap ochmadi. Balki kimdur buni sir boy bermaslik yoki mug’ombirlikka yo’yishi mumkin edi,lekin,men buni soddadil andisha va mehmonga hurmat sifatida baholadim. Qishloqqa yetish uchun mashinada yarim soatlar chamasi yurdik,manzilimiz men o’ylaganimdan ham olis ekan.Qishloq katta yo’ldan ancha olisda tog’li hududda joylashgan edi.uzoqdan yam yashil daraxtlarga burkangan qishloqning o’rtasida yerdan bo’rtib chiqqan tepalik ko’rinardi. Tepaliknming yuqorisida esa usha mash’um Dabussiya qal’si mudrab yotardi. Nihoyat tog’li hududda yurishga moslashgan mashinada notekis yo’llarni bosib o’tib uncha katta bo’lmagan lekin bejirim naqshlar bilan bezatilgan,temir zulfli yog’och eshik oldiga kelib to’xtadi. Rais iltifoti bilan ichkariga kirdim,hovli sahni keng suoadan,chap tomonda yog’och ayvonli pastak imoratdan va bir necha xo’jalik binolaridan tashkil topgandi. Ayvondan zinapoya bo’yla pastga-tomorqaga tushish mumkin edi, u yerda esa uzunasiga to qo’shnining devorigacha rayhon ekilgan,atrofga yoqimli bo’y taralardi. Tomorqada esa bir nechta bahaybat yong’oq daraxtlari ko’kka bo’y cho’zgandi. Rais oilasi bilan tanishuvdan keyin birgalikda ayvonda nonushta qildik. Uy egasi horiganimni sezib ayvon orqali ichki xonalarga boshladi,pastak yog’och shiftli, shinamgina yotoqxonaga joylashganimdan so’ng olis yo’lning mashaqqati o’z kuchini ko’rsata boshladi. Rais dam olishimni tayinlab meni yolg’iz qoldirdi. Hali uxlashga vaqtli bo’lishiga qaramay,ko’zlarimni uyquning zalvori bosa boshladi. Tun zulmatining allamahalida zahar tang qilib qoldi,uyqu aralash qorong’uda amallab eshikni topim va ayvonga chiqdim. Pastga tushib tomorqaning narigi boshida turgan omonatgina hujraga borib ehtiyojimni qondirdim.ayvonga qaytib qishloqning toza havosidan bahra olish uchun chuqur chuqur nafas oldim. Rais hovlisining shundoqqina orqa tomonida ,tun zulmati orasida qop qora qoya ko’rinardi,bu ko’hna Dabussiya qal’asi edi.faqat nuragan paxsa devorlarigina saqlanib qolganiga qaramasdan u hali hanuz o’zining hashamini saqlab qolgan,tepalik ustida savlat to’kib yotardi. Qal’a tepalikda bunyod etilgani uchun qishloqdagi istagan xonadondan qaralsa ham uni ko’rish mumkin edi. Shuningdek,Tursunboy raisning uyidan ham u bor bo’yicha ko’rinib turardi. Bu ko’hna tepalik menga hali tanish emas,u haqidagi asotirlarni ham faqat bir uchinigina eshitganman xolos…qandaydur ajabtovur maxluqlar…bezovta malika ruhi..qishloqni vahimaga solayotgan ko’hna qal’a…Bu gaplar begona quloqqa balki erish tuyular,hatto cho’pchak deb o’ylashingiz mumkin,lekin,bu yerlik soda qishloq aholisi bunday fikrda emas.men ham avvaliga ishonmadim,lekin,mistik voqealarga,g’ayritabiiy hodisalarga qiziqishim meni bu biyobonlarga boshlab keldi. Shui hayollar bilan band bo’lib turganimda tepalik tomonda avvaliga itning vahimali uvillashi eshitildi,bu uvillash emas ko’proq o’kirishga o’xshab ketardi. Tepalik bilan rais hovlisi o’rtasida masofa yaqin bo’lgani uchun bir necha marta takrorlangan ovozni aniq eshitdim,tovush tepadan,qal’a xarobalari ichidan kelardi. Shu payt misli ko’rilmagan dahshat yuragimni qamrab oldi,butun vujudimda bir lahza minglab chumoli o’rmalagandek bo’ldi. xarobalardan bahaybat hayvonni yetaklagancha,oq rido kiygan qiz pastga tusha boshadi. Dahshatlisi shunda ediki qizning oyoqlari ko’rinmas,havoda muallaq tushardi. Boshida rido borligi uchun uning yuzi ham aniiq ko’rinmas,faqat qop qora qorong’ulikda uning oppoq kiyimigina bilinardi. Yonidagi bahaybat maxluqning esa ko’zlaridan qip qizil bur taralardi. Odatiy itlarga nisbatan ancha katta bo’lgan bu maxluq qop qora rangda ediki,tun zulmatida ham yaqqol ko’rinib turardi. Ular xuddi men tomonga kelayotgandek edi, arvov tez harakat qilar, o’zga dunyo maxluqi esa shoshmasdan pastga qarab odimlardi. Men g’ayritabiiy hodisalarnio ko’p eshitganman,keragidan ortiq o’qiganman,lekin shu paytgacha ular bilan yuzma yuz kelgan emasman. Shu tufayli bir zum o’zimni yto’qotib qo’ydim,nima qilishni bilmasdim,miyam ishlamay,oyoqlarim xuddi menga bo’ysunmayotgandek tuyuldi. Bir zum karaxt ahvolda qoldim,lekin tezda o’zimni qo’lga olib uyga otildim. Eshikni ichkaridan qulflab,tezda joyiomga borib yottim. Ko’rpani ustimga tortib,ancha paytgacha qimirlamasdan yottim. Haqiqiy ruhni birinchi marta ko’rishim edi,shu tufayli ozgina sarosimaga tushib qoldim va buni kitobxon to’g’ri tushunadi degan umiddaman. Bu voqealar tushimda bo’layapti deb o’ylab hatto yuzimni chimchilab ham ko’rdim.Rais va uning ouilasi meni bezovta qilmaslik uchun yon tomondagi ikki xonali uyga o’tib ketishgandi,shuning uchun ,men bu yerda yolg’iz edim. Sekin ko’rpani tushirib atrofga qaradim,xonada qorong’u zulmat va yurakni ezuvchi sukunat hukumron edi. Uyqu allaqachon tarqalib ketgan,miyam nihoyatda faol holatda ishglardi. Butun jismim quloqqa aylangan ,tashqarida eshitiladigan har qanday arzimas tovushga ham diqqat bilan quloq tutardim. Bir zum xonadagi hamma narsa ko’zimga allanechuk ko’rinib ketdi. Kjo’rganlarimdan qanchalik vahimaga tushsam, bu holatga shunchalik qiziqishim yuqori edi. Mumkin bo’lmagan narsalarni ko’rishga bo’lgan qiziqish meni o’rnimdan turib yon xonaga o’tishga majburlay oldi. Men turgan joy ikki xonadan iborat bo’lib,ayvondagi katta eshikdan birinchi katta xonaga,undan keyin esa sal kichikroq yotoqxonaga o’tish mumkin edi. Kiraverishdagi katta xonadan mehmonlar uchun mo’ljallangan yotoqxonaga o’tilardi. Men xuddi mana shu xonada yotardim. Sekin eshikni ochib ,katta xonaga ham obdon nazar tashladim. Bu yerda ham jimjitlik,hech qanday bahaybat hayvon ham,oq ridoli arvoh ham ko’rinmasdi. Deraza yoniga borib omonatgina ilingan pardadan avvaliga ayvonni,keyin yong’oqzordan iborat keng hovlini, pastak paxsa devor orqali tepalik va uning ustida nurab yotgan eski qal’ani ,butun sezgim bilan kuzatib chiqdim,lekin, hujayralarimgacha dahshatga slogan usha qo’rqinchli manzarani ko’rganim yo’q. xuddi ko’zlarim meni aldayotgandek tuyular,shuning uchun atrofga yana va yana nazar tashlardim. Hayriyatki, borliqda mendan bo’lak g’ayritabiiy voea ko’rinmasdi. Ko’nglim biroz taskin topgandek,yturagimni xotirjamlik yeli silab o’tgandek bo’ldi. ammo bu xotirjamlik uzoqqa cho’zilmadi. Pardani tushirarkanman ortimda nimaningdir menga qadalgan o’tkir nigohini ich-ichimdan dahshat ila his qildim. Nima qilishni bilmasdan bir zum haykaldek qotib turdim,xuddi qimirlamasam meni borligimni hech kim bilmaydigandek. Hatto nafas olishga ham qiynala boshladim,umrimda birinchi marta yuragim urishi menga xoinlik qilayotygandek ,meni sotib qo’ymoqchidek barilla ura boshladi. Tanamni yaqinda boshimdan o’tkazgan vahimadqan ming chandon kuchliroq qo’rquv egalladi. Dahshat ila ortimga burildim,burilishgfa burial oldim ,lekin,tezda bunga fsus ham qildim. Mendan to’rt beshg qadam narida ,naqd ichki xona eshigi oldida oq ridoga o’ralgan usha mudhish arvoh turardi,to’g’rirog’I havoda muallaq turardi. Arvoh menga shu qadar yaqin ediki ,shu onda uning oyoqlari yo’q ekanini,rido kiygan boshi o’rnida bilinear bilinmas xira tuman mavjudligini dahshat ila fahmladim. Quloqlarim ostida yirtqich hayvonning irillagan ovozi ham eshitila boshladi,bu tepalikda ko’rgan usha bahaybat maxluq ekaniga,va u ayvonda,deraza orqasida,shundoqqina ortimda turganiga hech shubham yo’q edi. Dahshat to’la ko’zlarim faqat bir nuqtaga,haykaldek qimirlamay turgan o’zga dunyo tilsimiga qadalgan edi. Arvoh bir ko’z ochib yumgulik fursatda,yorug’lik tezligida menga yaqinlashdi,shu payt quloqlarim ostida o’zga dunyoning dahshatli biroq,g’alati ovozi yangradi. _Meni qutqar!!! Ko’z oldim qorong’ulashib,xushimni yo’qotdim. Ko’zimni ochganimda tepamda turgan Tursunboy aka va uning rafiqasini kop’rdim. Ular meni tong saharda kiraverish eshigi ostonasida behush ahvolda topishgan, o’zimga kletirish uchun rais oyoq qo’llarimni massaj qilar, turmush o’rtog’I esa yuzimga muzdek suv separdi. O’zimga kelganimda ham quloqlarim ostida usha mudhish ovoz yangrardi:Meni qutqar!!! Tungi dahshatli voqealar tushimda bo’ldimi yoki o’ngimda ,bilolmay garang edim. Rido kiygan arvoh ayol hali hanuz ko’z oldimda turar va dahshatli ohangda so’zlarini takrorlardi. Raisga behush yotganimning sababini kechagi kuchli charchoq va zo’riqish deb tushuntirdim. Rais xonadoni menga nihoyatda g’amxo’rlik ko’rsatishdi, Tursunboy akaning rafiqasi ham juda mehribon,ochiqko’ngil ayol ekan. Ular meni xuddi farzandlaridek uch kun parvarish qilishdi. Shu uch kun meni shu qadar toliqtirdiki,kundan kunga ozib ,arvohdek rangim yo’qola boshladi. Atrofdagila buning sababini qishloqning havosi menga yoqmaganligiga yo’yishsada,aslida, menga nima bo’layotganini o’zomdan boshqa hech kim bilmasdi. Arvohni uchratgan usha kundan keyin na uyqumda halovat bo’ldi,na yegan ichganimda .usha arvoh har kecha tushimga kiradigan,uni qutqarishimni so’rab meni ta’qib qiladfigan,hatto yolvoradigan bo’ldi.Uni kimdan qutqarishimni so’raganimda faqat tepalik va eski qal’ani ko’rsatardi xolos. Bu arvoh mendan niam istaydi? Balki ajalimdur,shu tariqa jonimni olish niyatidamikan? Agar shu ketishda davom etsa jonimdan ayrilib qolishim ham hech gap emas. Yo’q,agar ajal bo’lganidacho’zib o’tirmasdan shu paytgacha o’ldirib qo’ya qolardi. Unda kim bo’ldiykin bu ayol kishining arvohi? Nega u boshqalarga emas aynan menga ko’rinadi? Kimdan yoki nimadan qutqarishimni so’rayapti? Xecham tushunmayapman. Nihoyat o’ylab o’ylab bir qarorga keldim,meni qiynayotgan barcha dahshatli savollarning javobi usha mash’um qal’ada! Hamma sirlarning kaliti usha yerda! O’tgan to’rt kun ichida Tursunboy akadan ham ,uning oilasidan ham bu sirli voqealar haqida bir og’iz so’ramadim. Qal’a asotirlari,ruhlar va afsonaviy maxluqlar haqida ham og’iz ochmadim. Bu gaplarni so’rab ularni cho’chitib qo’yishim mumkin edi. Shu sababli bu qishloqqa kelishimning sababini Dabussiya qal’asini tekshirish va ilmiy maqola yozish maqsadi bilan pardaladim. Nihoyat to’rtinchi kun deganda sabrim tugadi,hammasiga nuqta qo’yib,qal’a sirini ochish maqsadida yolg’iz o’zim tepalik tomon ko’tarildim. Avvaliga Tursunboy aka menga hamroh bo’lmoqchi bo’ldi. lekin,uning imkoniyatlari doirasini chamalab ko’rib,menga faqat halal berishi mumkinligini tushundim. Bu hodisalar menga aloqador ekan,hamma sirni yakka o’zim ochishim kerak edi. Rais hovlisidan tepalik tomon chiqadigan temir eshik borligi uchun ko’cha yo’lga chiqishga hojat qolmadi. Yong’oqzordan o’tib zalvorli temir eshikni ochdim. Qarshimda devor bo’ylab oqib o’tgan chuqur va keng ariq ,ariqdan to tepalikgacha cho’zilgan ,suvsizlikdan qurigan yantoqzor kenglik,tosh va qumdan iborat baland tepalik hamda tepalik ustiga ming yillar oldin bunyod etilgan,hozirda o’zining mash’um sirlari bilan ko’milib yotgan Dabussiya qal’asi peshvoz chiqdi. Yaqin oradagi ko’prikdan o’tib,tepalikka qarab ko’tarilgan tor so’qmoq yo’ldan qal’aga qarab ko’tarildim. Oyog’imga bir ikki jopyda tikon kkirganini va tepalikka ko’tarilayotganimda sirg’alib tushib tizzam lat yeganini aytmaganda qiyinchiliksiz qal’aga ko’tarildim.Yaqin tuyulgan manzil ancha olis bo’lib chiqdi. Yo’lga otlanganimda Dabussiya shundoqqina ro’paramda turar,go’yo bir ikki qadam tashlayman-u osongina unga yetib olaman deb o’ylagandim,lekin,chuchvarani xom sanagan ekanman. Qanchalik unga yaqinlashganim sari,u mendan shunchalik uzoqlashayotgandek tuyulardi. Jazirama oftob kuydirishiga qaramasdan avval tepalikka,undan keyin xarobaga aylanib ulgurgan qal’a devorlariga chiqdim. Bu yerda men ko’rgan manzara quyidagicha: Vaqt hukmini o’tkazgan,bag’rini hashoratlar-u qushlar ilma teshik qilgan ,nuragan paxsa devorlar; saraton oftobida suvsizlikdan jizg’anak bo’lgan,qo’y qo’zilar toptagan tikanaklar va qurigan o’t o’lanlar; Yakkam dukkam do’ppaygan,ko’rinishidan inson qo’li bilan ishlov berilgan zalvorli,dumaloq toshlar. Qadimiy devorlar munkayib qolganiga qaramasdan o’zining ulug’vorligini yo’qotmagan,nuray boshlagan paxsaning har bir qarichi qal’a qachonlardir pishiq va mustahkam qo’rg’on bo’lganidan darak berardi. Tuproq uyumlari va qulagan devorlar ustidan yurib,qal’aning orqa tarafiga o’tdim va bu tomonda ajabtovur manzaraga guvoh bo’ldim. Qal’aning kun botish tomoni tepalik bo’ylab go’ristondan iborat edi. Qabrlar pastdagi tekislikdan to qal’agacha cho’zilgan bo’lib,betartib joylashgandi. Mozorlarning ko’pligiga qaraganda bu yerda qabriston paydo bo’lganiga bir necha asr bo’lgan. Aftidan,shu yaqin atrofdagi barcha qishloq aholisi shu go’ristondan foydalanadi. Munkayib turgan sanoqsiz qabrlar menga yana usha arvohni eslatib yubordi va vujudimni bir lahza mash’um xotiralar chulg’adi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: