Главная » SeriaL Xikoyalar » "XAROBADAGI ARVOH" 3-qism
"XAROBADAGI ARVOH" 3-qism

"XAROBADAGI ARVOH" 3-qism

  • Категории: SeriaL Xikoyalar
  • Название: "XAROBADAGI ARVOH" 3-qism
  • Дата релиза: 21-02-16, 21:44
"XAROBADAGI ARVOH" 3-qism
Uch kun. Ham iltimos, ham buyruq ohangida ytilgan bu so’zlar ortimda turgan cholga tegishli edi. - Nega?! –dedim hayratdan va ortimga o’girildim. Chol o’tirgan joyida yo’q edi. Tepalikdan turib pastga olib tushadigan so’qmoqqa, xaroba devorlar orasiga, pastda podasini uyiga yetaklab ketayotgan cho’ponlarga va hatto kun botish arafasida qo’rqinchli tusga kira boshlagan go’ristonga ham qaradim. Chol yerda ham ko’kda ham yo’q. Quloqlarim ostida esa uning oxirgi hayratomuz so’zlari jaranglardi: bu yerdan tezro ket! Bu g’alati cholning hatto ismini ham so’rashga ulgurmadim. O’ylashimcha , kech tushayotgani uchuhn qo’ylarini qo’tongfa haydab ketgan. Juda chaqqon chol ekan , bir pasda ko’zdan g’oyib bo’ldi-ya. Lekin, u nega meni ketishimni xohlayapti? Balki, buning tagida ham qandaydur sir bordur, yoki u meni biron bir xatardan ogohlantirmoqchi bo’ldimi? Buni albatta o’zidan so’rashim kerak! Nima bo’lganda ham men bu sir sinoatlarning oxiriga yetmagunimcha ortimga qaytolmayman. Malikaning arvohini do’zax maxluqidan qutqarish mening yukimga tushgan ekan, buni albatta nihoyasiga yetkazishim kerak. Qolaversa, bu sinoatlarni oxirgi nuqtasigacha yetolsam, kitobxonlarim uchun xarobadagi arvoh haqida yaxshigina hikoya ham yozishim mumkin. Shunday ekan bu yerdagi sarguzashtlarni tashlab ketish borasidfa gap ham bo’lishi mumkin emas! Bu hayollarni boshimdan o’tkazayotganimda atrofni allaqachon qorong’ulik pardasi qoplagan, ortimda qolayotgan tepalik va eski qal’a qorong’uda vahimali tus ola boshlagandi. Tekislikdagi tor so’qmoq yo’ldan tikanaklarni oralab rais hovlisi tomon yaqinlashdim. Uzoqdan mitti chiroqni ko’tarib kelayotgan qora sharpani ilg’adim. U men tomonga qarab kelardi. Nahotki, yana bir arvohni uchratsam?, hayolimdan o’tkazdim. Lekin, tobora yaqinlashganim sari u erkak kishining gavdasi ekanini sezdim. Bu Tursunboy aka edi, u kech qolib ketganim uchun havotir olib meni izlab chiqqan edi. O’zi bilan ko’tarib kelgan ixcham kerosin fonus yorug’ida rais hovlisigacha eson omon yetib oldik. Rais buvanin rafiqasi Xolida achchiq mastava bilan bizni kutib oldi. Kechki ovqatdan so’ng raisdan bugun uchratgan cho’pon qariya haqida so’radim. Ismini bilmasamda, uni harchand tasvirlamay, rais qishloqda bunaqa cho’pon borligini eslolmadi. - Bu yerdagilarning ko’pchiligi chorvachilik bilan shug’ullanadi, balki bo’lsa bordur,lekin, bu atrofda siz tasvirlagan mo’ysafid yashamasligiga ishonchim komil. Rais buvani ortiq qistovga tutmadim. Yaxshisi, ertaga tushdan so’ng yana qal’aga ko’tarilaman, balki, cholni yana uchratarman. Hamma savollarimga faqat u javob beroladi. Ertalab uyg’onganimda o’zimni behol his qilmadim, lekin yaxshi uxlolmadim ham. Tunda yana malikaning arvohi tushimga kirdi. Tong otgach ko’rgan tushimni qanchalik eslashga urinmayin, eslolmadim. Ko’z oldimda qolgani faqat arvohning bilinar –bilinmas xira tasviri, ilang bilang yo’llar va qorong’ulik… Kunning yarmigacha yozishga arzigulik deyarli hech nima ro’y bermadi. Tursunboy aka ham uyda bemalol bo’lishimni, agar xohlasam qishloqni tomosha qilib kelishimni tayinlab, zerikmasligim uchun Nabijon ismli kenja o’g’lini yonimga qo’yib,qayergadur majlisga ketdi. Tushlikgacha Nabijon bilan kompyuterimdan allaqanday mistik filmlarni tomosha qildik,lekin, hayolim o’zimning boshimdan o’tkazayotgan mistikada edi. Hozir men uchun bundan boshqa qiziqarli sinoat yo’q edi. Tushlik qilib bo’lib , qal’a tomon ko’tarilmoqchi bo’ldim,biroq, bu paytda saraton oftobi olamni kuydirar, tepalik va qum bosgan qal’adan jazirama hovurli to’lqin ko’tarilar edi. Bu issiqda qal’adan kechagi cho’ponni topishimga ko’zim yetmadi. Shuning uchun biroz mizg’ib olishni foydadan holi bo’lmaydi deb hisoblab , derazalariga oq surp qoplangan ,qop qorong’u, muzdekkina mehmonxonaga kirib kettim. Ikki soatlar chamasi dam olganimga qaramasdan, yana tush ko’rdim, lekin bus afar tushimda arvoh qizni emas, oppoq soqoli shamolda titrayotgan , rangpar cho’pon qariyani ko’rdim. U eski qal’a ustida turib, meni bu yerdan ketishimni imo qilardi. Nega ketishim kerak, nima uchun? , dedim bor ovozim bilan,lekin , bu ovoz tafakkurimdagina qolib ketti. Men umuman qimirlay olmasdim. Cholni ko’rib turardim, men pastda , u tepada, qal’a ustida edi. Harchand bu da’vatlarning sababini so’rashga urinmay, baribir gapirolmas, og’zimni qimirlatolmasdim. Quyosh peshinga tomon oqqanida uyg’ondim. Ko’rgan tushimning ta’birini o’zimcha izohladim, demak, bugun yana chol bilan ko’risharkanman. Atrofda birmuncha salqin shamol esa boshlaganda, men qal’a ustida, kecha chol bilan gaplashgan joyimda turardim. Qariyaning kelishiga deyarli ishonchim komil edi, bugun meni qiynayotgan, men uchun tushunarsiz, sirli qolayotgan barcha savollarimga undan javob olmoqchi edim. Yo’nilgan tosh ustida o’tirib bu sinoatlar haqida ancha bosh qotirdim. Jazirama haroratdan so’ng esayotgan salqin shamol yaqin orada tosh va qum uyumlari bo’ylab o’sgan yantoqlarni shivirlatardi. Atrof jimlikni , faqat nuragan paxsa devorlarga in qurgan qushlarning chug’urlashi-yu, yaqinorada o’tlab yurgan sanoqsiz qo’y qo’zilarning ma’rashigina buzardi xolos. Pastda yastanib yotgan , ayrim joylari obod qilingan, ayrim joylari esa qarovsiz ahvolda jangal bosgan ko’hna mozor ham sukunat og’ushida edi. O’zbek qabristoni qanchalik vahimali ko’rinsa, shunchalik hokisor va sinoatga boy. Barcha umidlarim chippakka chiqdi, chol bugun kelmadi. Balki, ko’chmanchi cho’pondur-bir zum hayolimdan o’tkazdim. U haqida deyarli hech nima bilmaganim uchun fikrlarim javob izlab har tomonga yetaklay boshladi. Shu yaqin atrofda turaman degandi, uning imkoniyatini hisobga olsam, qo’ylarini uzoqqa olib ketolmaydi. Balki bugun tepalikka chiqishga erinib, pastda, biron yalanglikda boqib yurgandur, degan hayol bilan o’rnimdan turib eng baland xaroba devoir ustiga chiqib oldim va atrofni obdon ko’zdan kechirdim. Barcha qo’ychivonlar yosh yalanglar, o’rta yoshlilar, nari borsa boshiga do’ppi kiygan qariyalar edi. Ularning orasida men izlagan chol ko’rinmasdi. Bugun cholni uchratishimga ishonchim komil ediki, qal’aga ko’tarilganimdan keying o’tgan vaqt ichida ishonchim ehtimolga, ehtimol gumonga aylandi. Shunday bo’lsada uni yana biroz kutishga qaror qildim. Quyosh million yillardan beri takrorlaydigan odatiy mashg’ulotini bus afar ham shoshmasdan bajara boshladi: kun botardi. Ishonchdan gumonga aylangan umid,endi ishonchsizlikka aylandi. Cholning kelishidan umidimni uzdim. Bir zum sevimli manzaramni , quyoshning qizg’ish nurlar og’ushida tog’lar ortiga bosh qo’yishini tomosha qilib turdim. Kun botgach, endi bu yerda turishimdan foyda yo’q edi. Hovliga qaytishim kerak! Rais hovlisiga kechagi paytda yetib bordim. Hali Tursunboy aka majlisdan qaytmagan, ayvonda, xontaxta atrofida raisning rafiqasi va kenja o’g’li Nabijon o’tirardi. Og’ir temir eshikning g’iyqillashidan ular men kelganimni sezishdi, Nabijon yugurib borib ayvondagi vklyuchateldan hovli turidagi chiroqni yoqdi. Ovqatlanib bo’lgach Xolida opaning ilmiy izlanishlar qanday ketayotganligi haqidagi bir necha savoliga naridan beri javob berib, mehmonxonaga shoshildim. Bu qishloqqa kelganimdan beri boshimdan o’tkazgan barcha g’aroyib voqealarni, sinoatlar va dahshatli tushlarimni kunma kun kompyuterda qayd qilib boryapman. Afsuski, bugun hikoyamni boyitish uchun biror sirli hodisaga ,hatto arvohga bo’lsa ham dush kelmadim. Barcha sirlarning kaliti bo’lgan chol esa kelmadi.

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: