Главная » SeriaL Xikoyalar » "XAROBADAGI ARVOH" 5-qism (yakuniy)
"XAROBADAGI ARVOH" 5-qism (yakuniy)

"XAROBADAGI ARVOH" 5-qism (yakuniy)

  • Категории: SeriaL Xikoyalar
  • Название: "XAROBADAGI ARVOH" 5-qism (yakuniy)
  • Дата релиза: 21-02-16, 21:45
"XAROBADAGI ARVOH" 5-qism (yakuniy)
Tush (yakun....) Quyosh olamni beayov kuydira boshladi. Bugun boshimdan o’tkazgan ajabtovur xotiralar og’ushida rais hovlisi tomon ravona bo’ldim. Hovliga yetib borganimda Tursunboy aka oilasi bilan nonushta qilmasdan , ayvonda meni kutib turishgan ekan. Haligacha nonushta qilmaganliklarini ko’rib biroz hijolat bo’ldim. Kayfiyatim chog’ va bugun meni qiytnayotgan ba’zi bir savollarga javob olganim uchun xotirjam edim. Rais buva bilan chaqchaqlashib nonushta qilgandan so’ng, shoshilinch qo’ng’iroq bilan u yana qayoqqadur chiqib ketdi, men esa bugun boshimdan o’tkazgan sinoatlarni yozish, hikoyamga yana bir nechta sahifalarni qo’shish uchun xonamga shoshildim. Bugungi kun juda g’aroyib o’tdi, kutilmagan ajoyib voqealarga boy bo’ldi. Ba’zi bir mavhumliklar ochilgan bo’lishiga qaramay, hali oldinda malikaning ruhi va dahshatli maxluq haqidagi sinoatlar sirliligicha turibdi. Ayolning hikoyasidan dahshatli maxluq men o’ylaganimdan ancha xavfli ekanini, u biloan olishuv hayotim uchun intixo, o’lim bilan tugashi mumkinligini tushundim. Lekin, boshimdan o’tkazayotgan voqealarga shu qadarchuqur kirib ketgan edimki, endi bu sirlarning oxiriga yetmasdan ortga qaytib bo’lmasligini ham yaxshi tushunib turardim. Taqdir taqazosi bilan maxluq bilan olishuvga to’g’ri kelib qolsa, men uning zaif taraflarini bilmayman, uni qanday mag’lub etish kerak? Maknuning arvohini qanday qilib maxluqdan ozod etish kerak/, bu savollarga hali menda javob yo’q edi. Qolaversa, u faqat oy to’lgan yarim tundagina tirik hayvonga aylanadi. Demak , bu jonzotni faqat oy to’lganda mag’lub etish mumkin. Qachon oy to’lishi ham, maxluqni qayerdan toppish mumkinligi ham menga qorong’u qolmoqda edi. Harholda bundan keyin ehtiyotkorlikni kuchaytirishim , meni qanday qudratli dushman kutayotganini his qila bilishim kerak edi. Chol bilan sodir bo’lgan sirli voqea meni dahshatga solamdi, aksincha, qiziqishimni y ana o’n karra oshirib, gumonimni hayratga aylantirdi. To’satdan qal’adagi chol bilan bo’lgan sihbatni telefonim xotirasiga yozib olganligim esimga tushib qoldi. Menyudan ovoz yozadigan dasturni topib, yozilgan ovozlarning eng so’nggisiga kirdim. Dastur faqat meni ovozimni , ya’ni, cholga bergan savollarimnigina yozib olgan edi xolos. Savollarimga javob bergan cholning ovozi o’rnida faqatgina tushunarsiz xishillash yangrardi. Bu holatdan hayratga tushmadim, chunki shunday bo’lishini ko’nglim sezgandi. Nachora, dunyoviy ilm arvohlarni rad etadi. Shunday ekan fanning yutug’I bo’lmish apparatdan foniy dunyodan kelgan arvohning ovoxini eshitishdan umid qilmasa ham bo’ladi. Peshin quyoshi qizara boshlaganda hikoyamning asosiy qismini yozib tugatdim. Bugun qal’ada qiladigan ishim bo’lmagani uchun Nabijon bilan salqinlab qishloq sayriga chiqib ketdik. Bu yerga kelganimdan beri birinchi marta qishloqni aylanishim edi. Qishloqda ko’chaning ikki labida eski yog’och charxpalak g’iyqillab aylanib turadigan ariqlari borligini, yo’l cheti bo’ylab ekilgan mirza teraklar quyosh tig’I olamni kuydirayotganda qishloqga salqinlik bag’ishlab turishini, odamlari sodda, mehribon va mehmondo’st ekanligini , tuproq ko’pchib turgan yo’llarini suruv suruv qo’y qo’zilar changitib tez tez o’tib turishini fahmladim va zavq bilan kuzatdim. Kech tushgach uyga qaytdik. Ovqatlanib bo’lib vujudimda biroz horg’inlikni his qildim. Ichkari mehmonxonaga o’tib uxlash uchun joyimga yottim, hatto kompyuterda ishlashga ham holim yo’q edi. Tezda uyquga ketdim. G’alati tush ko’ra boshladim. Tushning g’alatiligi shunda ediki, ko’rayotganlarimni xuddi real hayotdagidek tiniq va ravshan ko’rar, his qilardim. Avvaliga eshikning g’iyqillashi eshitildi, go’yo uyg’oq edim-u ko’zlarimni yumib yotardim. Quloqlarim ostida ismimni aytib chaqirayotgan qizning qo’ng’iroqdek ovozi jarangladi. Ko’zlarimni ochganimda tepamda qop qora charos ko’zlari havotirli, yordam so’rayotgandek mungli boqib turgan sohibjamol turardi. Ustiga qadimiy, lekin bejirim naqshlar bilan bezatilgan harbiy kiyim kiyib olgan, boshida dubulg’aga o’xshab ketadigan shohona bosh kiyim, hatto belida xanjar bor edi. Oppoq yuziga yarashgan lablari sutda suzib yurgan qulupnayni eslatar, qop qora qosh ko’zlari, uzun kipriklari ham shunga monand edi. Avvaliga tushimga farishta kiryapti deb o’yladim, lekin qizni darrov tanidim. Bu Maknuna edi. Qo’limdan ushlab tashqariga yetaklay boshladi. Yuzida tashvish, chiroyli qora ko’zlarini ma’yuslik egallagandi. Ayvonga chiqqanimizda atrofda bizdan boshqa tirik jon yo’q edi. Osmon dengizida adashib qolgan kemadek to’lin oy suzib yurardi. Yoz oqshomi sutdek oq, kunduzgidek atrofdagi hamma narsani ilg’ash mumkin edi. Maknuna meni hpovli to’riga boshlab ketdi. - Meni qayerga olib ketyapsan dedim nihoyat? - Bugun oy to’lgan kecha, maxluq hayotga qaytadi, meni uning iskanjasidan faqat sen xalos etishing mumkin. - Nega endi men?, dedim hovli devoir ustidan uchib o’tayotganimizni ko’rib hayratlanib qolarkanman. - Chunki sen qo’rqmaysan. - Nega bunday deb o’ylaysan, balki qo’rqarman?, dedim. Bu paytda ariqdan o’tib yantoqzor yalanglikda deyarli oyog’im yerga tegmasdan uchib borardim. - Agar qo’rqqaningda, bugunoq bu yerdan ketgan bo’larding. Bilasanmi Siroj, sen g’ayritabiiy hodisalarni o’zingga ohanrabodek tortasan. Men sendagi bu hislatni birinchi kelgan kuningdayoq sezgandim. Seni birinchi kuniyoq meni qutqarishi mumkiin bo’lgan xaloskor sifatida ko’rdim. Usha kuni to’lin oy kechasi edi. Maxluq doimgidek hayotga qaytdi va menga dahshatli azoblar berish uchun ortimdan ta’qib qila boshladi. Sen qishloqga kelganingni bilar edim, shuning uchun qal’adan pastga qarab qocha boshladim. Maxluq esa ortimdan izma iz kelardi. Shu onda sening uyg’oq ekanligingni va bizni kuzatib turganingni ruhiy sezgim bilan aniqladim hamda sen tomonga oshiqdim. Afsuski mendan qo’rqib ketting va xonangga kirib olding. Aslida men senga hech qanday ziyon qilmasdim, qo’rqish kerak bo’lgan narsa bu – maxluq edi ushanda. Sen ichki xonada biroz vaqt biqinib yotting, menga esa bu fursat maxluqdan yashirinib uyga kirib olish uchun yetarli bo’ldi. Sen derazadan tashqariga qarayotganingda men ortingda turardim. Maxluq hamon tashqarida edi, lekin ajablanarlisi u ichkariga kirolmasdi. Uning uchun paxsa devorlar ko’rinmas pardadek gap, bemalol o’tib ketolardi. Biroq u yerda sen bor eding. Maxluq senga yaqinlasholmadi, faqat deraza ortida turib alamli o’kirish bilangina cheklanib qoldi. Usha paytda meni qutqaradigan yagona xaloskor sen ekaningga ishonchim komil bo’ldi. Afsuski, mendan qo’rqib ketting va hushingni yo’qotding. - Chunki sen usha paytda oq ridoga o’ralgan, havoda muallaq turadigan, yuzining o’rnini xira tuman qoplagan dahshatli arvoh edingda , dedim koyinib. - Also unday emasdim, dedi qat’iy ohangda Maknuna, sen arvohlar haqidagi dahshatli voqealarni eshitganingda, sinoatli kitoblarni o’qiganingda ular haqida senda mana shunday tasavvur paydo bo’lgan. Sengfa bitta sirni ochaman, kimki hayotida arvohni uchratsa, uni xuddi o’zi tasavvur qilganidek ko’radi. Shuning uchun sen ham meni birinchi marta uchratganingda o’zing tasavvur qilganingdek yoningda dahshatli holatda gavdalanganman. - Tushunarli, dedim. Bu paytda tepalik bo’ylab oydin oqshomda vahimali manzara kasb etgan ko’hna qal’a tomon ko’tarilardik. - Unda nega hozir yonimga avvalgidek dahshatli ko’rinishda emas, sohibjamol malika ko’rinishida kelding, axir haliyam arvohsanku? - Buninmg sababi oddiy, sen bu yerga kelganingda men haqimda aniq tasavvurga ega emasding, ruhimni faqat o’zingning dahshatli hayolotlaring bilangina ko’rgansan. Cho’pon bilan suhbatdan so’ng esa, men xotirangda mana shu holatda gavdalanganman. Malikaning so’zlari chin edi, men choldan u haqidagi afsonani eshitganimdan so’ng Maknunaning ko’rinishi tasavvurimda qadimiyu harbiy kiyimdagi sohibjamol pari qiz sifatida chizilgandi. - Cholni sen yuborganmiding? - Yo’q, o’zi kelgan…-biroz sukutdan so’ng davom etdi- seni xavfdan ogohlantirib o’zining dahshatli qismati takrorlanmasligi uchun kelgan. Buni o’zing ham juda yaxshi bilasan. Qulay fursat tug’ilgani uchun Maknunaga arvohlar haqidagi meni qiziqtirgan ba’zi bir savollarni berishga o’tdim. - Aytchi, ruhlar qanday yashaydi? - Biz arvohlar insonning tafakkuri, biz haqimizdagi ishonchi bilan yashaymiz. Ya’ni bizni qancha ko’p yodlasalar, chin dildan ishonsalar biz shuncha ko’p foniy umr ko’ramiz. Mening vafot etganimga ham ikki ming yildan oshdi. Lekin, men avloddan avlodga o’tayotgan hikoya, asotir va afsonalar bilan birga odamlar orasida yashab kelyapman. Insonlarning tafakkuridagi malikaning arvohi borligiga ishonch tuyg’usi mening ruhiy tirikligimni ta’minlaydi. - Arvohlar nimadan qo’rqadi?, dedim uning gaplaridan hayratlanib. - Unutilishdan! , qat’iy javob berdi qiz. Inson o’limidan qanchalik vahimaga tushsa, ruhlar ham bir kun kelib unutilishdan qo’rqishadi. Bu ular uchun o’lim bilan barobar. Ruh yer yuzida uni eslaydigan bitta odam qolgan bo’lsa ham yashashda davom etaveradi. Uni qancha ko’p yodga olishsa odamlar orasidagi umri ham shuncha ko’p davom etaveradi. Odamzodning tushiga nega yuz yillar oldin o’lib ketgan ajdodlarining arvohi emas, bir necha yil oldin vafot etgan yaqinining ruhi kiradi.? Chunki hayot paytida ko’rmagan ajdodlarini u eslash u yoqda tursin tasavvur ham qilolmaydi. O’zi hayoti davomida ko’rgan odamlari vafot etganlarida esa ularni tez tez yodga olib turadi, shuning uchun yaqinlarining ruhlari tushiga dam-badam kirib turadi. Misol uchun sening yoningga mo’ysafid chol ko’rinishida borgan arvohni olaylik, uning vafot etganiga ko’p yillar bo’ldi, nega bo’lmasa haligacha insonlar orasida yuribdi deyishing mumkin, sababi shuki, tiriklar dunyosida uni tez tez yodga olib turadigan yakkayu yolg’iz singlisi bor. hayratdan lol bo’lib qoldim, qiz ruhlar haqidagi haqiqatlarni dalillar bilan shu qadar hikoya qilardiki, ularga ishonmaslikning iloji yo’q edi. Bu paytda biz tepalik ustiga chiqib olgan, ko’hna qal’a xarobalari orasida turardik. Malika pastki qismi nurab, qulash arafasida turgan ko’hna devor panasiga o’tib, kichik darcha orqali mozoristonga qaradi. Uning ko’zlaridagi qo’rquvni ko’rib ,yuragimni hatto arvohni vahimaga soladigan maxluq bilan olishuv manzarasiu cho’chitib yubordi. - Maknuna, dedim birinchi marta uning ismini aytib chaqirarkanman. Malika chiroyli, xomush ko’zlarini menga qadadi. Shunda bir zum o’zimni yo’qotib qo’yayozdim- maxluq nima uchun seni doimo ta’qib qilib yuradi. Unga nima sitam o’tkazgansan-ki, tinch qo’ymaydi? - Bu yirtqich maxluq aslida meni o’limga mahkum etgan mo’g’ul hukumdori Chingizxonning yovuz ruhi. Odamlar uni haligacha qonxo’r hukumdor sifatida yodga olishadi, shuning uchun, uning ruhi haligacha qonxo’r maxluq ko’rinishida insoniyat orasida yashab kelyapti. - U xalqimni qirg’in qildi, oilamni o’ldirdi, meni vahshiylarcha halok qildi. O’limimdan oldin uni qattiq duoibad qildim, yeti avlodiga la’nat o’qidim, begunoh qizning umriga zomin bo’lgani uchun o’zi ham ayol kishining qo’lida dahshatli o’lim topishini bashorat qildim. Qabrini esa bu yorug’ dunyoda hech kim topolmaydigan joyda yop’q bo’lib ketishini, kelajak avlod uni faqat zolim va qonxo’r hukumdor sifatida qoralashini aytdim. Hukumdorning bir tuki ham qimirlamadi, lekin, so’zlarim yuragining ich ichiga kirib borganini, tafakkurining allaqaysi burchagida dahshatli duoibad haqiqatga aylanishidan qo’rquv hissi paydo bo’lganini sezib qoldim…O’limni mardonavor qabul qildim! Shu tobda qarshimda Dabussiya qal’asining nozikta’b, o’jar, otasining erkasi bo’lgan oddiy qizi emas, jasur , mard, or- nomusli malika, dushmanga bosh egishdan ko’ra o’limni afzal biladigan mardonavor qirolichasi turganini his qildim va uni yosh ko’rinishda bo’lgani uchungina senlab murojaat qilayotganimdan biroz hijolat tortdim. Malika meni o’zi kuzatayotgan darcha orqali qabristonga qarashimni aytdi. Avval tasvirlaganimdek qabriston bepoyon edi. Odamlar uning jangal butalari bosgan tashlandiq qismidan hatto kunduzi ham o’tishmasdi. Ko’hna go’riston bu qishl;oqda yashayotgan insonlarni ming yillardan buyon vahimaga solib kelardi. U shu qadar ulkan hududni egallagan edi-ki, unda avvaliga hech qanday harakat sezilmadi. To’lin oy yog’dusida eski qabriston kaftdagidek namoyon bo’ldi. Ko’zlarim atrofni obdon kuzatgach, tikanak qoplagan mozoristonning g’arbiy qismida butalar orasidfagi qora sharpani, qip qizi;l cho’g’dek yonib turgan ikki nuqtani dahshat bilan aniqladim. Maxluq bizdan ancha olis masofada bo’lgani uchun uning faqat qop qora ko’lankasigina ko’rinardi. Aftidan u nimanidur qidirardi, mening nazdimda goh butalar orasidan qabrlarni kovlab, chirigan odam ustixonlarini har yoqqa sochar, goh u yoqdan bu yoqqa yugurib iskovuch itdek nimaningdur hidini olardi. Afsonalardagi maxluq arvohi to’lin oy ta’sirida hayotga qaytgan , haqiqatga aylangandi. Men kabi oddiy bir yosh journalist yigitni hatto sharpasigina yurakni vahimaga solib turgan bu dahshatli maxluq bilan olishguvini aqlga si’g’dirolmasdim. - Mo’g’ul hukumdori xuddi men bashorat qilganimdek ajal topdi, ayol kishining qo’lidan zahar ichib, hayoti dahshatli azob bilan tugadi. Uning qabrini haligacha hech kim topaolgan emas. Hukumdorning arvohi boshidan o’tkazganlarining barchasi uchun meni aybdor deb hisoblardi. Shuning uchun, meni ta’qib qilishni o’limidan keyin ham davom ettirdi. Avvaliga odam qiyofasida bo’lgan xoqonning arvohi yillar, asrlar o’tishi bilan odamlar hayolida dahshatli, qonxo’r maxluq sifatida mixlanib bordi. Yovuz arvoh ham borgan sari qiyofasini yo’qotib dahshatli maxluqga aylana bordi. Men ham maxluq ham bizning borligimizga chin dildan ishongan odamgagina ko’rinamiz. Shu paytgacha meni uchratganlarning ayrimlari yirtqich bilan bo’lgan jangda nobud bo’lishgan. Lekin , ularda sendagi kabi xislat yetishmagandi. - Men maxluqni qanday qilib mag’lub etaman? Ming yillardan beri odamlarni dahshatga solib kelayotgan, o’nlab insonlarning umriga zomin bo’lgan yirtqichni qaysi qurol bilan o’ldiraman? - Yirtqich o’lishi mumkin, lekin yovuz xoqonning ruhi hech qachon o’lmaydi. Kelajak hukumdorni unutmas ekan, uning ruhi yashashda davom etaveradi. Agar sen bugun uni mag’lub etsang u boshqa bu dunyoga qaytmaydi. Hukumdorning ruhi qabrini izlab uzoq uzoqlarga uchib ketadi. Shunda men ozod bo’laman. Maxluq aslida qadimiy asotirlardagi xoqonning odamlar o’ylab topgan yolg’on qiyofasi. Uni ham xuddi men kabi kim qanday tasavvur etsa shunday ko’radi. Agar unga ishonsang , undan qo’rqsang maxluq shunchalik kuchayib boraveradi, keyin uni hech qachon mag’lub etolmaysan. Oxir oqibat esa o’zing qo’rquving bilan tiriltirgan maxluq, o’zingni halok qiladi. Unutma!, yolg’ondan bunyod bo’lgan haqiqat qanchalik ishonarli ko’rinmasin baribir yol’g’onligichga qolaveradi. Maxluq aslida haqiqat emas, agar uning mavjudligiga ishonmasang ,senga hech qanday ziyon yetkazolmaydi. Mana bu xanjarni ol, qulay fursat tug’ilishi bilan uning yuragiga sanch! Maxluqga ko’rinmaydigan tomondan go’riston tomon pastlay boshladim. Malika qal’a ustida qoldi. Agar men bilan borsa, yirtqich uning hidini sezib qolishi mumkin, bu esa mening hayotimni xavf ostiga qo’yadi. Jangalzor butalar orasidan yirtqich tomon sekin harakatlana boshladim o’tib bo’lmas tikanaklar panasida unga yaqinlasharkanman miyamda u haqidagi fikrlarni o’chirib tashlashga, unga ishonmaslikka harakat qilardim. Bu oson ish emas ekan, sendan o’n, o’n besh qadam narida dahshatli qora ko’lankasi sezilib, yo’lbarsdek chuqur chuqur nafas olayotgan hayvonni qanday qilib miyamdan o’chirib tashlash mumikin. Insonb miyasi kompyuter emasku, istagan paytda keraksiz axborotni unutibv yuboradigan. Shu tobda men qanchalik qiyin vazifani bo’ynimga olganimni his qildim. Mendan oldin u bilan olishgan odamlar ham jangdan oldin xuddi shu hayollarni boshidan o’tkazgan bo’lsa ajabmas. Unga qanchalik ishonmaslikka harakat qilsam, u shunchalik bahaybat va qo’rqinchli ko’rina boshlardi nazarimda. Dunyoda insondan qo’rqinchliroq jonzot yo’q, kezi kelganida u misli ko’rilmagan qonli ishlarni qiladi, minglab , millionlab begunohlarning umriga zomin bo’ladi, insoniyat taqdirining kushandasi bo’lgan dahshatli qurollarni yaratadi, xavfli kasalliklarni tarqatadi. Insondek qo’rqinchli maxluq oldida xurofotning maxsuli bo’lgan qayerdagi yirtqich jonzotdan qo’rqish, bu – aqlsizlik! Miyamda tinimsiz jaranglayotgan bu so’zlar g’ayritabiiy ravishda ongimga ta’sir etib, vujudimda qo’rquvdan asar ham qolmadi. Qo’rquvning ustidan g’alaba qozondim! Bu paytda maxluqga ancha yaqin kelib qolgan edim. Uning ko’rinishini aniqlashga qanchalik harakat qilmayin urinishlarim besamar ketardi. Unga yaqin kelib obdon ko’zdan kechirdim. Maxluq faqat qora ko’lanka, soyadan iborat edi. Bamisoli ko’zlari o’rnidagi qip qizil ikki cho’g’ hanuz yonib turardi. U shundoqqina ko’rinib tursada, undan qo’rqmasdim, yuragimni ajib bir sokinloik egallagandi. Malika qo’limga tutqazgan oltin dastali xanjar oy nurida yorqin nur taratardi. Dunyoda maxluqlar bo’lmaydi ,dedim, o’zimni o’zim yana bir marta ishontirarkanman oy nuridagi yirtqich soya tomon tashlandim. U mening hidimni sezdi, oyoq tovushlarimni eshitdi, balki, qo’limda unga qarata niqtab kelayotgan xanjardan malikaning hidini sezgandur. Yashin tezligida menga qarab burildi. Qiziq , uning cho’g’dek ko’zlarida o’zimni ko’rdim. Men maxluqga qarab yugurganim sari u shunchalik uzoqlashayotgandek tuyilaverardi, unga hecham yetolmasdim. Shu tobda men eski qabristonda yugirib ketayotganimni unutib qo’ygandim. Qora ko’lankaga yetay deb qolganimda yog’och qopqog’i nuragan bir mozorni ehtiyotsizlik qilib bosib yubordim. Natijada omonatgina eski qabr o’pirili ichiga qulab ketdim. Mozor ichiga gursillab tushganimda tepamda to’lin oy nur sochib turardi, bir sumda uning yorug’ini qora bulut to’sdi. Qabr og’zini maxluqning tanasi qoplagandi. Men uning maqsadini tezda fahmladim, meni tashqi ko’rinishi bilan dahshatga sololmagan maxluq shu tariqa eski qabrga ko’mib yubormoqchi edi. Uning gavdasi tobora pastlay boshladi, men hech nimani ko’rmasdim, eski mozordan chang aralash tuproq hidi kelardi. Men senga ishonmayman!!!, dedim bor ovozim bilan va shundoqqina tepamda turgan maxluqning yuragini mo’ljallab xanjar urdim… Ko’zimni ochganimda terga botib yotardim, tepamda Xolida opa turardi. Men esa faqat bir so’zni takrorlardim: Senga ishonmayman! Dahshatli tushdan uyg’onganimdan so’ng ham bu so’zlar bir necha soniya miyamda aks sado berib turdi. Xolida opa yon xonaga yumush bilan kelganida mening alaxsirashimni eshitib qolgan va xonamga kirgan. O’zimga kelganimda meni uyg’otishdan tortinib nima qilishini bilmay diqqat bo’lib turgan edi. Xolida opa olib kelgan rayhonli muzdek ayronni ichib biroz hovurim bosilgandek bo’ldi. Dahshatli ayni paytda sinoatli tush ko’rdim, ammo bu tush orqali meni qiynayotgan ko’plab savollarga javob ham oldim. Bu paytda quyosh allaqachon o’zining haroratli nurlarini saxiylik bilan atrofga taratardi. Tashqariga chiqish uchun o’rnimdan turdim, shu paytda qandaydur og’ir narsaning gup etib gilam ustiga tushganini payqadim. Pastga qarab hayratdan yoqa ushladim, gilam ustida oltin dastali xanjar yotardi. Demak men tunda boshimdan o’tkazgan sarguzashtlar tushimda emas, o’ngimda sodir bo’lgan ekan. Haligacha tirik ekanligimga qaraganda maxluq mag’lub etilibdi. Raisning hovlisiga qanday kelganimni, bu xanjar qanday qilib qo’limga tushib qolganini eslolmayman. Aftidan maxluqni yakson qilib , undan ozod qilganim uchun malika menga bu xanjarni tuhfa qilgan ko’rinadi. Dabussiya malikasining oily iltifotini bajonidil qabul qildim. Mehmondo’st rais xonadonida o’n kuncha yashadim, lekin ularning mehr e’tiboriga, o’zbekona g’amxo’rligi, samimiyligiga shu qadar o’rganib qoldimki, bu yerni tashlab ketish men uchun o’gir bo’ldi. Bu xonadonda, bu ko’hna ulug’vor Dabussiya qal’asi xarobalarida boshimdan o’tkazgan g’aroyib voqealarni hech qachon unutmayman. Tusunboy aka mashinasida meni avtovokzalgacha olib borib qo’yadigan bo’ldi. Yo’lga otlanarkanmiz mashina oynasini tushirib yam-yashil qishloqga, mehmondo’st rais hovlisiga, yantoqzor yalanglik va tepalikka, qadrdon qal’a xarobalariga so’ngi bor nazar tashladim. Ko’hna qal’a xarobalari orasidan oppoq libosdagi go’zal Maknuna menga jilmayib qarab turardi. TAMOM

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: