Главная » Telefon sirlari » Androiddagi Playmarket dasturi. Bu nima uchun kerak?
Androiddagi Playmarket dasturi. Bu nima uchun kerak?

Androiddagi Playmarket dasturi. Bu nima uchun kerak?

  • Категории: Telefon sirlari
  • Название: Androiddagi Playmarket dasturi. Bu nima uchun kerak?
  • Дата релиза: 10-02-16, 21:58
Androiddagi Playmarket dasturi. Bu nima uchun kerak?
Ko'pchilik foydalanuvchilarimiz Android telefonidan foydalanishi tabiiy. Hozirgi davrda tezkorligi va qulayligi, imkoniyati darajasidan android yetakchilik qilmoqda. PlayMarkat - Bu dastur Android telefonini yuragi desak ham bo'ladi. Ya'ni android uchun pullik va bepul internet magazini. Playmarketning eng qulay tomoni har qanday dasturning yangi versiyasi chiqsa eng avvalo shu dastur ichiga joylanadi. Playmarket Google kompaniyasining bir qismi hisoblanadi. PlayMarketni ishlatish uchun Google pochtasi (Gmail) pochta kerak bo'ladi. Android telefoningiz bor bo'lsa qanday qilib bo'lsa ham uni Playmarketga ulang. Shunda eski programmalaringizni yangisi chiqsa telefoningiz avtomatik ogohlantiradi va uni yangilash haqida buyruq beradi. Saytimizga ba'zi holatlarda PlayMarketga kirib yuklab olinadigan dastur qo'ymoqdamiz. Shunday holatga duch keldimki, saytimiz foydalanuvchilarining asosiy qismi bu programmalarni va o'yinlarni yuklay olmaganligini yozishdi. Endi hulosa qiladigan bo'lsak, saytimizga tashrif buyurgan ro'yhatdan o'tmagan qanchadan qancha foydalanuvchi ushbu programmalarni ko'chira olmadi ekan. Mening birinchi rejam va saytni ochishdan maqsadim, o'yin va programmalarni yozuvini o'zbekchaga tarjima qilolmasamda, uni sizlarga o'zbekcha tushuncha bilan yetkazib berish edi. Shu natijaga erishdim ham. Lekin endi bundan ham murakkab bo'lishni o'rganishimiz kerak. Zamonimiz texnikalar borgan sari murakkablashib borayapti. Biz esa bularni o'rganishimiz kerak. Sizning Playmarketga ulanish imkoningiz yo'qmi? Unda qanday qilib bo'lsa ham biror telefon ustasi yoki telefonni yaxshi tushunadigan tanishingizga ko'rsatib Playmarketni ishga tushuring! Agar qunt bilan harakat qilsangiz buni o'zingiz uddalaysiz. Whatsapp - dasturiga keladigan bo'lsak, juda ko'pchilgimiz bu messenjerdan foydalanamiz. Lekin bu dasturning ishlashi chegaralangan. Eng uzog'i uch oydan so'ng, programma ishlashdan to'xtab qoladi va "Обновить" ya'ni "Yangilang" degan yozuv chiqadi. Chunki Whatsapp har oyda yangilanishi kerak. Playmarketga ham har oy yangi versiyasi joylanadi. Bu birgina android uchun emas Nokia s40 va s60 smartfonlari uchun ham. Ko'pchilik odamlar buni telefonidan ko'rishadi. Aslida esa rus tilini tushunmasligi va "Обновить" degan iborani tarjima qilolmasligidan bo'ladi. Playmarketingiz ishlasa whatsappning va boshqa programmalarning yangi versiyasi haqida habar qilib turadi. Telefoningizda ishlayotgan barcha programmalarni yangi versiyasidan ogohlantiradi. Eslatma: PlayMarket ishlashi uchun biroz tezkor internet kerak bo'ladi. To'lqin yaxshi joylarda 3G va H+ ishlaydigan joylarda ishlatishingizni so'rab qolamiz. Shunda Playmarketdagi fayllarni qiynalmasdan yuklab olasiz! Yoki yangilab olasiz!

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: