Главная » Telefon sirlari » Smartfon suvga tushib ketganda nima qilish kerak?
Smartfon suvga tushib ketganda nima qilish kerak?

Smartfon suvga tushib ketganda nima qilish kerak?

  • Категории: Telefon sirlari
  • Название: Smartfon suvga tushib ketganda nima qilish kerak?
  • Дата релиза: 10-02-16, 22:26
Smartfon suvga tushib ketganda nima qilish kerak?

Smartfonimiz, hozirgi kunda eng "kerakli" narsamiz. Agar unga suv tushib ketsa, undan ayrilishimiz aniq. Ammo, bir qancha choralarni ko'rish mumkin! Bugun saytimizdada smartfonimizni suvdan qanday tozalash bo'yicha maslahatlar beramiz, marhamat!

 

Batareyani olib qo'ying yoki smartfonni o'chiring

Eng birinchi qilinishi kerak bo'lgan ish — smartfonni energiya bilan ta'minlovchi har qanday manbadan uzib tashlash. Suvning o'zi smartfonga zarar keltirmaydi, ammo suv kirishi natijasida sodir bo'ladigan qisqa tutashuv uning mikrosxemasiga zarar keltirishi va telefonni yaroqsiz holatga keltirishi mumkin. Agar smartfonning batareyasini olish imkoni bo'lsa, birinchi bo'lib uni sug'urib tashlang. Mabodo bunday imkoniyat bo'lmasa apparatni batamom o'chirib tashlang.

 

Barcha qismlarini yechib oling
 Smartfonning barcha qismlarini yechishga to'g'ri keladi. Undan SIM-kartani, xotira kartasini, agar imkoni bo'lsa matritsa platasini ham yechib oling. Shleyflarni ulangan yeridan uzib tashlang.

 

Quriting

 Telefon ichiga kirgan suyuqlik yopishqoq (masalan, shirin choy, gazli ichimlik, kefir kabi) yoki yog'li bo'lsa (masalan, sho'rva, yog' bo'lsa) avvalo, uni suv bilan yuvib tashlash lozim bo'ladi.

Quritish jarayonini ikki xil usulda amalga oshirsa bo'ladi. Birinchi usul: uni quritishda changyutgichdan foydalaning. Ammo fendan emas. Chunki fen smartfonning sezgi kuchli qismlariga, masalan dinamikasiga, mikrafoniga va ekraniga zarar keltiradi.

To'planib qolgan suv to'kib tashlanadi va changyutgichda 5-10 daqiqa quritiladi.

Ikkinchi quritish usuli biroz ko'proq vaqt oladi. Guruch yoki oqshoq biror-bir idishga solinib, unga yechib olingan smartfon qismlari aralashtirib qo'yiladi. Bir-ikki kundan so'ng ular olinib, yig'ib chiqiladi. Ishlab ketishiga kafolat bo'lmasada, har holda umid qilsa bo'ladi. :)

Suvdan tozalashning yanada tez usuli, yechib olingan iqsmlarni toza spirtga bir kun davomida solib qo'yish kerak. Suv spirtga aralashib ketadi. Spirtning o'zi esa havoda parlanib ketadi. Ammo unutmaslik kerakki, ekran, dinamika hamda mikrafonni hech qanday suyuqlikka, jumladan, spirtga ham solib bo'lmaydi.

Endi nohush vaziyatga tushib qolganingizda nima qilishni bilasiz! ;)


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: