Главная » Pazandachilik sirlari / Taomlar » Bayram kuni erkaklar oshxonada eng shimarganda...

Bayram kuni erkaklar oshxonada eng shimarganda...

Binafsha» salati

Zarur masalliqlar: 100 gr. dudlangan go`sht (kolbasa), yarim banka konservalangan ko`k no`xat, 3 donadan qaynatilgan kartoshka va tuxum, 3 ta rediska, bitta bodring, rayhon, kreker pechenesi, mayonez, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Bodring, dudlangan go`sht, qaynatilgan kartoshka va tuxumni to`rtburchak shaklda maydalab to`g`rang. Tuxum sarig`idan ozgina bezak uchun olib qo`yishni unutmang.

2. To`g`ralgan masalliqlarni aralashtirib, konservalangan ko`k no`xat va mayonez qo`shing. Tuz seping.

3. Salatni piyolaga soling. So`ngra likopga piyolani to`ntaring. Endi salat ustiga va atroflariga mayonezdan surting.

4. Salat atrofiga krekerlarni yopishtirib chiqing.

5. Rediskalarni aylana shaklda yupqa qilib to`g`rang-da, salat ustida gullar yasang. «Gul»lar o`rtasiga mayda tishli qirg`ichdan o`tkazilgan tuxum sarig`idan soling. Atrofiga esa yalpiz barglarini qadab chiqing.

30 daqiqa

4 kishilik

-Lo`la kabob-

Zarur masalliqlar: 400 gr. tovuq go`shti (suyaksiz), 1 bosh piyoz, 1 bog` ko`katlar, o`simlik yog`i, tuz, qora murch, ziravorlar; agar gaz pechida pishirmoqchi bo`lsangiz: 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, 1-2 choy qoshiq ajika, bitta tovuq oyog`i; marinadlangan qizil piyoz uchun: 2-3 bosh qizil piyoz, yarimta apelsin sharbati, 1 dona limon, yarim choy qoshiq olma sirkasi, qora murch donalari, 2-3 ta lavr bargi, petrushka; marinadlangan oq piyoz uchun: 2 bosh piyoz, yarim bog` ko`kat, 1 choy qoshiqdan shakar va tuz, 1 osh qoshiq olma sirkasi.

Tayyorlanishi: 1. Qizil piyozni yarim halqa shaklida to`g`rang-da, sovuq suvga solib, 2 daqiqadan so`ng oling. Qaynoq suvga qora murch donalari va lavr bargi bilan birga soling.

2. Limon va apelsin sharbatini ham qizil piyozga qo`shing. So`ngra maydalangan petrushka, tuz va olma sirkasini ham solib aralashtiring-da, bir soatga qoldiring.

3. Oq piyozni yarim halqa shaklida, ko`katlarni maydalab to`g`rang. Tuz, shakar va sirkani qo`shib aralashtiring. 10-15 daqiqa marinadlab qo`ysangiz bo`ldi.

4. Tovuq go`shtini go`shtqiymalagichdan o`tkazing. Piyoz va ko`katlarin maydalab qo`shing. Tuz qa qora murchdan ham sepib aralashtiring. Agar gaz pechida pishirmoqchi bo`lsangiz, yuqorida ko`rsatilgan mahsulotlarni ham qo`shing-da, 1 soatga muzlatkichga qo`ying.

5. Qo`lingizni suv bilan namlab, qiymani sixga torting. So`ngra ozgina o`simlik yog`idan solib qizdirilgan tovada ikkala tomonini ham qizartirib qovuring. Gaz pechida esa har bir tomonini 15 daqiqadan pishirib olasiz. Tayyor kaboblarni marinadlangan piyozlar bilan dasturxonga torting.

4 kishilik

2 soat
Manba: Darakchi.uz



«Bayram kuni erkaklar oshxonada eng shimarganda...»


Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]