Главная » Pazandachilik sirlari / Taomlar » ​Bulg`orcha dimlama — yangi kartoshka bilan yanada mazali!
​Bulg`orcha dimlama — yangi kartoshka bilan yanada mazali!

​Bulg`orcha dimlama — yangi kartoshka bilan yanada mazali!

  • Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
  • Название: ​Bulg`orcha dimlama — yangi kartoshka bilan yanada mazali!
  • Дата релиза: 05-05-17, 00:35
​Bulg`orcha dimlama — yangi kartoshka bilan yanada mazali!
Zarur masalliqlar: 600 gr. mol go`shti qiymasi, 1 kg. kartoshka, 3 tadan sabzi va pomidor yoki 2 osh qoshiq tomat pastasi, 2 donadan piyoz va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 1 bog` shivit, 1 stakan suv, 1 cho`mich o`simlik yog`i, tuz; qayla uchun: 1 stakan smetana, 1 dona tuxum, 2 osh qoshiq un, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Kartoshka va sabzini to`rtburchak, bulg`or qalampirini somoncha, piyozni esa halqa shaklida to`g`rang. Qizdirligan o`simlik yog`iga avval piyoz, so`ngra qolgan masalliqlarni solib qovuring.

2. Pomidor va ezilgan sarimsoqpiyozni ham taomga qo`shing. Engil aralashtirib, qiymani solasiz. 10 daqiqa o`rtacha olovda qovurib, suv quying va olovni pasaytiring. Taomning asosiy qismi tayyor bo`lgach, quruq tovaga suzib oling.

3. Qayla tayyorlash uchun smetanaga tuxum va un qo`shib, aralashtiring. Tuz namagini sozlang. Qaylani tovadagi masalliq ustidan quyib, yuzasini tekislang. So`ng 25 daqiqaga qizdirilgan gaz pechiga qo`ying.

4. Taom tayyor bo`lgach, likopchalarga suzing-da, to`g`ralgan ko`katlar bilan bezating. Smetana yoki achchiq sous bilan dasturxonga tortsangiz, yanada xushxo`r bo`ladi.

Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa

6 kishilik
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: