Главная » Pazandachilik sirlari / Taomlar » Cho'zma lag'mon hamiri
Cho'zma lag'mon hamiri

Cho'zma lag'mon hamiri

Cho'zma lag'mon hamiri

!!! BISMILLAH!!!
 
Masalliqlar
Hamir uchun:
-0.5stakan suv
-1dona tuxum
-0.5 osh-q tuz
-2stakan un
 
Alohida suyuqlik uchun:
-0.5stakan suv
-0.5 choy-q soda
-0.5 osh-q tuz
 
Tayyorlash
Unning o’rta qismiga tuxum+0.5stakan suv+tuzli aralashmani solamiz va vilkada sekin-astalik bilan atrofdan un olib hamir qoramiz, hamirimiz judayam yumshoq chiqadi.
So’ng hamirni stolga olib, yaxshilab unlab 15daqiqacha mushtlaymiz , ya’ni unni hamirga yediramiz, toki hamir qo’lga yopishmaydigan bo’lguncha davom etamiz.
Hamirimizni selofanga solob, 1soatga sovutgichga qo’yamiz.
0.5stakan suv+soda+tuzli alohida aralashma tayyorlab olamiz. Barmoq-kaftimizni suvga botirib ho’llab, hamirimizni kaftlarimiz orasida ezib, suvini yediramiz va bu jarayonni 7-8marotaba takrorlaymiz.
Suvni yaxshilab yedirib, hamirdan to’g’rito’rtburchak shaklini yasaymiz va qalinligi 1.5smlikda tayoqchalar kesib chiqamiz.
Har bir tayoqchani 30sm uzunlikkacha yoyib, o’rtasidan kesib chiqamiz.
Birorta tarelkaga yog’ quyib, kesilgan tayoqchalarni avval shu yoqqa yaxshilab botirib olib, so’ng osti biroz yog’langan laganga tayoqchalarni aylanma shakl bo’ylab terib chiqamiz.
Tayoqchalarni terib bo’lgach, ustini selofan bilan yaxshilab yopib, 15daqiqa tindirib qo’yamiz.
Har bir tayorchani olib, avval 50sm, so’ng 70sm uzunlikkacha yoyamiz va so’ngra 70smlik tayoqchani ikkiga buklab sekin asta urib cho’zamiz.
O’rtacha olovda qaynab turgan suvga solib, hamirlarimiz suv yuzasiga chiqib suza boshlaganda chovlida suzib olamiz va lag’mon bir-biriga yopishib ketmnasligi uchun yog’lab qo’yamiz.(yoki sovuq suvda bir marta chayib yuboramiz)

 

Alloh barokot bersin! Resept quidagi videoga asoslanib qilingan, shu videoni ko’rib, yuqoridagi reseot ham o’qib chiqilsa, har bir jarayon tushunarli bo’ladi inshaalloh! 

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: