Главная » Pazandachilik sirlari / Taomlar » Kartoshkali draniklar: tez tayyorlanadigan kechki ovqat retsepti
Kartoshkali draniklar: tez tayyorlanadigan kechki ovqat retsepti

Kartoshkali draniklar: tez tayyorlanadigan kechki ovqat retsepti

  • Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
  • Название: Kartoshkali draniklar: tez tayyorlanadigan kechki ovqat retsepti
  • Дата релиза: 02-06-17, 21:37
Kartoshkali draniklar: tez tayyorlanadigan kechki ovqat retsepti
Bu taom kartoshka, piyoz va unni o‘z ichiga oladi va kartoshkali oladyalar ko‘rinishida bo‘ladi. Biz har bir uy bekalari uchun tayyorlanishi juda oson va arzon bo‘lgan kartoshkali draniklarning retseptini havola qilmoqchimiz.

Masalliqlar:

500 g kartoshka,
2 dona piyoz,
1 dona sabzi,
1 dona tuxum,
2 osh qoshiq un,
1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i,
ta’bga ko‘ra ezilgan kashnich,
ta’bga ko‘ra qora murch,
ta’bga ko‘ra tuz.
Tayyorlash:

Kartoshkani tozalang va qirg‘ichda qiring. Sabzini yirik qirg‘ichda qiring. Piyozni mayda qilib to‘g‘rang.

Agar kartoshkali massa haddan tashqari suyuq bo‘lsa, unda ortiqcha suyuqlikni olib tashlash kerak. Sabzavotlar ustiga tuxum, un, tuz, ziravorlarni qo‘shing va yaxshilab aralashtiring.

O‘simlik yog‘ini tovaga solib qizdiring. Osh qoshiq bilan kartoshkali draniklardan unchalik katta bo‘lmagan yassi shaklchalar yasang va ularni odatdagi oladyalar kabi qovuring. Xom bo‘lib qolmasligi va yaxshi pishishi uchun draniklar uncha katta bo‘lmasligi kerak.

Draniklarning bir tomoni qizargandan so‘ng, ularni ikkinchi tomonga ag‘daring.

Kartoshkali draniklarni qaymoq bilan dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha!
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: