Главная » Pazandachilik sirlari / Taomlar » LOSOS BALIG`IDAN ShOHONA TAOM
LOSOS BALIG`IDAN ShOHONA TAOM

LOSOS BALIG`IDAN ShOHONA TAOM

LOSOS BALIG`IDAN ShOHONA TAOM
Zarur masalliqlar: 700 gr. losos balig`i, 4 osh qoshiqdan maydalangan bodom, yong`oq va kunjut, 2 osh qoshiq zaytun yog`i, 1 osh qoshiq dengiz tuzi, yarim choy qoshiq qora murch, kinza; Qayla uchun: 300 gr. mayda qo`ziqorin, 2 bosh qizil piyoz, 2 choy qoshiq sirka, 1 osh qoshiqdan sariyog` va zaytun yog`i, tuz, qora murch, ko`katlar.

Tayyorlanishi: 1. Baliq go`shtini bir xil kattalikdagi 4 bo`lakka bo`ling. Tuz sepib, 5 daqiqa qoldiring. Keyin sovuq suvda yuvib, quruq sochiq bilan arting.

2. Maydalangan bodom va yong`oq mag`ziga maydalangan kinza va qora murch qo`shing. Baliq go`shtlarini pishiriq qog`ozi ustiga qo`yib, yuziga bodomli aralashmadan surting. So`ngra zaytun yog`i seping. 170 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga qo`ying.

3. Piyozni yupqa qilib, halqa shaklida to`g`rang. Qo`ziqorinlarni maydalang. Sariyog` va zaytun yog`ini qizdirib, piyoz va qo`ziqorinlarni 10 daqiqa qovuring. So`ngra 4 osh qoshiq suv bilan sirkani soling-da, yana 10 daqiqa dimlang. Tuz, murch va ko`katlarni soling.

4. Pishgan baliq go`shtini qo`ziqorinli qayla bilan dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.

4 kishilik.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: