Norin

Norin

Norin

Masalliqlar(6-7kishi uchun):
-400gr go’sht
-1stakan o’simlik yog’i
-0.5ta piyoz
-1osh-q zira
 
Hamiri uchun:
-1dona tuxum
-1.5stakan suv
-2choy-q tuz
-4.5stakan yuqori navli un
 
Tayyorlash:
Go’shtni 4-5kun avval sho’r qilib tuzlab qo’yiladi. So’ng .52litrga yaqin suvda 15-20daqiqa qaynatiladi.(go’sht juda yumshab ketmasligi kk)

Hohishga ko’ra go’shtni mayda to’g’rash yoki mixerda chiqarish ham mumkin.

Yog’ni qizdirib, piyozni to’g’rab qizarguncha qovurib olamiz va qizargach piyozni yog’dan suzib olamiz va yog’ni sovutamiz.

Tuxum+suv+tuz va un solib hamir qoramiz va hamirni 5daqiqacha yaxshilab mushtlaymiz va 30daqiqa ustini yopib tindiramiz.


Hamirdan 5ta zuvalachalar yasab, unga botirib, sekin-asta 2mm qalinlikda yoyaymiz. (Agar o’qlov katta bo’lsa 2ta zuvala yasasa bo’ladi)

Yoyilgan hamirimizni 15sm kvadrat shaklida kesib olamiz.

Qaynab turgan suvga solib, aralashtiramiz va 1-2daqiqadan pishirib olamiz.

Hamir pishishi bilan idishga solib, ustidan sovuq suv quyamiz va qo’lda olib, kengroq idish chetlariga yoyamiz. Ikkinchi hamirni yoyguncha shu idish chetida qoladi, ikkinchi hamirni suvga solgandan so’ng avval yoyilgan hamirlarni dasturxon ustiga yana yoyib chiqamiz va 5-10daqiqa shundoq qoldiramiz(qurishi uchun)

 

Avval piyoz qovurib, sovutgan yog’imizdan olib lagan ostiga surib, dasturxonga yoyilgan hamirlardan olib qo’yamiz va har bir hamir orasini yaxshilab yog’laymiz.

Yog’langan hamirlarni 4-5tasini birga olib, uzunchoq 2-3sm qilib kesib chiqamiz va har bir kesmani 1mm qalinlikda yana to’g’raymiz.


To’g’ralgan hamir va go’shtimizni solib aralashtiramiz. Agar norinni tuzi kamroq bo’lsa, mayda tuzdan solib aralashtirib yuboramiz.

 

Norin 2-3kunga yetsin desangiz hamir va go’shtni hammasini aralashtirmang, kerakli qismini olib
aralashtirib iste’mol qiling, qolgan qismi shundoq turgani maqul. Alloh hayr va barokot bersin!


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: