Главная » Pazandachilik sirlari / Taomlar » Tez tayyor bo‘ladigan mayin sharlotka (olmali pirog)
Tez tayyor bo‘ladigan mayin sharlotka (olmali pirog)

Tez tayyor bo‘ladigan mayin sharlotka (olmali pirog)

  • Категории: Pazandachilik sirlari / Taomlar
  • Название: Tez tayyor bo‘ladigan mayin sharlotka (olmali pirog)
  • Дата релиза: 27-08-17, 15:21
Tez tayyor bo‘ladigan mayin sharlotka (olmali pirog)
Retsept juda oddiy, masalliqlar esa uyingizda bo‘lmasa, eng yaqiningizdagi do‘kondan topiladi.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, dastlabki retsept ingliz oshpazlari tomonidan qirol Georg III ning rafiqasi Sharlotta uchun o‘ylab topilgan. U vaqtlarda pishiriq ko‘proq tiramisuni eslatgan: biskvit bo‘laklarini siropga botirib olib, olmali nachinka bilan ketma-ket qavatma-qavat qo‘yishgan. O‘tgan yuz yilliklar davomida retsept tubdan o‘zgarib ketdi, ammo bundan sharlotka o‘z mazasini yo‘qotmadi, balki yangi ta’mlarga ham ega bo‘ldi.

Masalliqlar:

4 ta tuxum
1 stakan shakar
1 stakan un
½ choy qoshiq tuz
½ choy qoshiq soda
3—4 ta o‘rtacha kattalikdagi olma
Tayyorlanishi:

Dastlab tuxum oqini sarig‘idan ajrating. Chuqur idishda tuxum oqini ½ stakan shakar bilan qattiq ko‘pik hosil bo‘lgunicha aralashtirib, ko‘pirtiring: bu pirogni mayin qiladi.

Tuxum sarig‘ini qolgan shakar bilan aralashtirib, tuxum oqiga qo‘shib yuboring.

Hosil bo‘lgan aralashmaga elangan unni kam-kamdan soling va yaxshilab aralashtiring. Un quyuqligi bo‘yicha smetanaga o‘xshashi kerak.

Soda va tuzni qo‘shing, aralashtiring.

Olmalarni yuvib, o‘rtasini olib tashlang va tilim-tilim qilib kesing. Sharlotka uchun qattiq navli olmadan foydalangan ma’qul, shunda pishish paytida meva bo‘laklari bo‘tqaga aylanib qolmaydi.

Formani biroz o‘simlik yog‘i bilan yog‘lang. Tubiga olmalarni qo‘ying. So‘ng ustidan xamirni quying, olma bo‘laklari to‘liq yopilsin.

180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 30—45 daqiqa davomida pishiring.

Pirogning ustki qismi och jigarrang tusga kirishi bilan uning pishgan-pishmaganligini gugurt cho‘pi yordamida tekshirib ko‘ring.

Sharlotkani dasturxonga tortishda, ustiga shakar upasi seping, mevalar yoki muzqaymoq bo‘lagi bilan bezating.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: