Главная » Pazandachilik sirlari / Taomlar » Tvorogli keks tayyorlaymiz
Tvorogli keks tayyorlaymiz

Tvorogli keks tayyorlaymiz

Tvorogli keks tayyorlaymiz
Bu pishiriqni tayyorlash juda oson va arzon. Keksning juda yumshoqligi va qaymoqli-tvorogli mazasi albatta sizga yoqadi degan umiddamiz.

Masalliqlar:

yog‘li tvorog — 270 g
margarin — 150 g
shakar — 250 g
tuxum — 3 ta
vanilin — 1 g
cho‘pidan tozalangan mayiz — 100 g
yumshatuvchi (razrixlitel) — 1 paket
un — 300 g
Yumshatilgan margarinni shakar va vanilin bilan birgalikda bir xil holatga kelguncha aralashtiramiz. Keyin yumshoq tvorogni qo‘shamiz va yana yaxshilab aralashtiramiz.

Aralashmaga tuxumni qo‘shamiz va krem holatiga kelguncha aralashtiramiz.

Massa ustidan yumshatuvchi aralashtirilgan unni sepamiz, unning ustidan esa yuvib quritilgan mayizni solamiz. Ularning hammasini qoshiq bilan shoshilmasdan aralashtiramiz.

Tayyor bo‘lgan xamirni keks uchun formaga joylashtiramiz. Agar sizdagi forma silikondan qilingan bo‘lsa uni yog‘lash kerak emas. Agar oddiy forma bo‘lsa uni margarin bilan yog‘laymiz va un sepamiz. Pishirish vaqtida xamir yaxshi ko‘tariladi, shuning uchun formaning 2/3 qismini to‘ldirsangiz yetarli bo‘ladi.

Keksni oldindan 165—170 darajagacha qizdirilgan duxovkada bir soatga yaqin pishiramiz. Tayyor bo‘lganini bilish uchun yog‘och cho‘pdan foydalanamiz. Agar keks pishgan bo‘lsa, u quruq bo‘lib chiqadi. Keksni forma ichida iliq holga kelguncha saqlaymiz. Keyin uni olamiz va ustidan shakar kukuni sepamiz.

Yoqimli ishtaha!
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: