Главная » Pazandachilik sirlari / Taomlar » Tvorogli sharchalar solingan pirog
Tvorogli sharchalar solingan pirog

Tvorogli sharchalar solingan pirog

Tvorogli sharchalar solingan pirog
Sizga mazali va foydali pirog tayyorlashni tavsiya qilamiz. Shirinlikning tarkibi unchalik murakkab emas, mazasiga esa gap yo‘q.

Masalliqlar

Sharchalar uchun:

300 g tvorog (yog‘liligi 1%)
3 dona tuxum sarig‘i
80 g shakar
60 g kokos qirindilari
4 osh q. kraxmal
Xamiri uchun:

5 dona tuxum
50 g shakar
60 g shokolad
3 osh q. un
3 osh q. kraxmal
4 osh q. kakao
½ ch. q. tuz
3 o‘ram vanilli shakar
½ ch. q. yumshatuvchi
Sharchalarni tayyorlash

Boshida tvorogli sharchalarni tayyorlash kerak. Ko‘rsatilgan hamma masalliqlarni olamiz: tvorog, tuxum sariqlari, shakar, kokos qirindilari va kraxmal. Yaxshilab aralashtiramiz va hosil bo‘lgan aralashmadan kattaligi taxminan 3 santimetr bo‘lgan sharchalar yasaymiz.

Xamirini tayyorlash

Tuxumlarni olamiz, sariqlarini ajratamiz va ularni shakar bilan birga tekis va oqish aralashma holiga kelguncha ko‘pirtiramiz. Keyin shokoladni eritamiz va uni shakarli tuxum sarig‘iga qo‘shamiz. Hosil bo‘lgan aralashmaga qolgan masalliqlarni qo‘shamiz. Hammasini yaxshilab aralashtiramiz.

Endi tuxum oqlarini 50 g shakar bilan aralashtiramiz. Bu aralashmani juda ehtiyotkorlik bilan ikki bo‘tqa birlashib ketmaguncha yuqoridan pastga tomon joylashtiramiz.

Pishirish

Pishirish uchun mo‘ljallangan idishga pergament qog‘ozini to‘shaymiz, sharchalarni joylashtiramiz va ularning ustidan shokoladli aralashmani quyamiz.

190 darajada 40-45 daqiqa davomida pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: