Главная » Pazandachilik sirlari / Taomlar » Zraza-qiymali koptokchalar
Zraza-qiymali koptokchalar

Zraza-qiymali koptokchalar

Zraza-qiymali koptokchalar

Zraza taomi ajoib qiymali koptokchalardan iborat bo’lib, ta’mi ajoib va sho’rvasi har qanday garnirni mazali qiladi.

 

Masalliqlar: 4 kishi uchun

-200gr qiyma

-1 bo’lak toster non(yoki 1/4 novvoy non yoki 1bo’lak buxonkanon)

-1dona o’rtacha piyoz

-0.5ta xom tuxum,1ta pishgan tuxum

-0.5litr pomidor soki

-1 cho’mich yog’

-2 osh-qoshiq un

-1 bo’lak sarimsoq

-1 choy-qoshiq shaker

- 1chimdimdan ziravorlar(zira, kashnich)

-ko’kat

 

Tayyorlash:

1.       Nachinka uchun: suvda pishgan tuxumni yarmini 6ta qismga bo’lamiz.
 Sarimsoqni maydalab to’g’rab olamiz  va ko’katni 0.5sm qilib to’g’raymiz.        
                                                                                                                         
2.       Nonni suvda ivitib olamiz. Toster non qolda ham maydalanib ketadi,
novvoy non yoki buxonka nonni blender yoki myasorubkada chiqarish lozim.
3.       Qiymaga ivitib maydalangan non+qirg’ichdan o’tkazilgan piyoz+
0.5ta xom tuxum+2chimdim tuz(ta’bga ko’ra)+ziravorlar solib
aralashtiramiz  va biroz huddi hamirni kaft bilan mushtlagandek mushtlab
qiyma masallig’ini qattiqlashtiramiz. 
                                                                                                                           
4.       Qiyma masallig’ini 3 qismga bo’lib, komptok shakliga keltirib olamiz.            
                                                                                                                           
 Taxtakachga koptokni qoyib,o’rtasiga nachinkadan 2ta tuxum+
1chimdim sarimsoq+biroz ko’kat solamiz va chetlarini bukib-bukib,
sekin nachinkani qiyma bilan o’rab, yana koptok shakliga keltiramiz.
(buni kaftga qo'yib qilinsa osonroq bo'ladi )                                                       
                                                                                                                            
                                                                                                                          
                                                                                                                           
5.       Yog’ni qizitishga qo’yib, koptokni bittadan avval unga bulg’ab,
keyin 0.5ta tuxumga bulg’ab 2ta tomonini ham qovuramiz.  
                                                                                                                          
6.       Qapqoqli qozonga pomildori sokini solib, qaynab chiqqach
1 choy-qoshiq shakar  va 0.5 piyola suv solib, qaynagandan
so’ng qovurilgan koptoklarni solib, 20minga dimlaymiz.                                       
(Man biroz shoshib qilganim sababli soki kam bo'lib qolibti
sok koptoklarining yarmidan kelgani maqul)                                
  1.        Biror garnirning o’rtasiga koptokni qo’yib, ustidan 0.5 cho’mich koptokchalar qaynagan tomatni quyib, dasturxonga tortamiz.

 Yoqimli ishtaha!

 

 

Maslahatlar:

1.Qiyma aralashmasini uning ichiga solinadigan narsalar tayyor bo’lgandagina tayyorlash lozim, sababi qiyma go’shti tarkibidagi narsalar hisobiga yumshoq bo’lib qolishi mumkin va natijada koptokchalar qattiq chiqmaydi.

2. Koptoklarni unga va tuxumga bulg’agandan so’ng keyingisini qilishdan avval qo’lingizni yuvib tashlang, aksholda qo’lga yopishib qolishi mumkin.

3.Qovurishda solingan yog’ qiymani bel qismidan yuqorirog’igacha ko’mib tursa, koptoklar dumaloq chiqadi.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: